«Mobiuz bilan baxtli millionlar» AKSIYASI!

Chop etish versiyasi

“Mobiuz bilan baxtli millionlar” AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyani o‘tkazish davri:

Boshlanishi: 10.12.2020y.

Tugashi: 10.02.2021y. (shu jumladan).

AKSIYANING SOVRIN JAMG’ARMASI

Har bir hududdagi sovrin jamg’armasi

Har bir hududdagi sovrin jamg’armasi

Yig’indi

Bitta hududdagi sovrinlar soni

Barcha hudular bo‘yicha jami sovrinlar soni

Jami mablag’:

1   

Pul sovrini

1 000 000 so‘m

1 000 000 so‘m
(har bir hududda 5 ta)    

5

70

70 000 000 so‘m

2   

Pul sovrini

10 000 000 so‘m

10 000 000 so‘m

1

14

140 000 000 so‘m

3   

Pul sovrini

20 000 000 so‘m

20 000 000 so‘m

1

14

280 000 000 so‘m

4

Pul sovrini

50 000 000 so‘m

50 000 000 so‘m

1

14

700 000 000 so‘m

Jami har bitta hududda

85 000 000 so‘m

8

112

1 190 000 000 so‘m

Bosh sovrin

Bosh sovrin

(butun Respublikadagi aksiya ishtirokchilari orasida)

Yig’indi

Soni

Jami soni

Jami:

Pul sovrini

350 000 000 so‘m

350 000 000 so‘m

1

1

350 000 000 so‘m

Jami:

350 000 000 so‘m

1

1

350 000 000 so‘m

Aksiyaning sovrin jamg’armasi jami: 1 540 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

Pul mablag’lari - sovrinlar G’oliblarga naqdsiz ko‘rinishda beriladi, hamda to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G’oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Har bir hudud uchun pul sovrinlari: 1 mln. so‘m – 5 ta, 10 mln. so‘m – 1 ta, 20 mln. so‘m – 1 ta., 50 mln. so‘m - 1 ta. (har bitta hudud uchun jami 8 tadan pul sovrini).

Butun Respublika uchun bosh pul sovrini: 1 ta – 350 mln. so‘m.

Aksiya ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

  • Aksiyada - quyidagi talablarga mos keladigan, 18 yoshga to‘lgan «UMS» MChJ abonentlari, O‘zR fuqarolari - jismoniy shaxslar, hamda O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishi mumkin:
  • Abonent - «5555 MB» to‘plamini xarid qilgan, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi.

  • Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish paytida amalda bo‘lgan;

  • Abonentning SIM-kartasi g’oliblarni aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan;

Aksiya doirasida sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydigan shaxslar:

Jismoniy shaxslar – xorijiy fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, fuqaroligi yo‘q shaxslar;

18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug’ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog'i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog’ining ota-onasi, tug'ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari );

«UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari;

«UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar);

Yuridik shaxs bo‘lgan abonentlar, hamda turistlar uchun mo‘ljallangan tarif rejalaridagi abonentlar.

Aksiyada ishtirok etish shartlari :

1. Agar jismoniy shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lmasa, aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida jismoniy shasxlar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulanishi, turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari, hamda «5555 MB» internet-to‘plam xarid qilishi kerak.

2. Agar jismoniy shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lsa (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida «5555 MB» internet-to‘plam xarid qilishi kerak.

3. Abonentga har bir xarid qilingan «5555 MB» internet-to‘plam uchun bitta imkoniyat beriladi. Qancha ko‘p to‘plam xarid qilingan bo‘lsa, abonentda shuncha ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi.

«5555 MB» internet to‘plamini xarid qilish uchun buyruqlar: *102*5555# USSD-kodi yoki 616019 raqamiga «5555» SMS xabarini yuborish.

«5555 MB» to‘plamida qolgan trafikning hajmini tekshirish - *102# yoki 616019 raqamiga 3 sonli SMS xabar yuborish.

To‘plangan imkoniyatlar sonini tekshirish uchun buyruq: *161#

«5555 MB» internet-to‘plamining ta’rifi:

«5555 MB» internet-to‘plamining narxi- 35 000 so‘m.

«5555 MB» to‘plamini faqat “Mobiuz bilan baxtli millionlar” aksiyasini o‘tkazish davrida ulash mumkin (2020 y. 10-dekabrdan 2021 y. 10-fevralgacha (shu jumladan)).

«5555 MB» to‘plamini ulash va undan foydalanish shartlari :

  • «5555 MB» to‘plamini jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalaridagi (turistlar uchun tariflardan tashqari) abonentlar xarid qilishlari mumkin.

«5555 MB» to‘plamini turistlar, hamda yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalarida, xarid qilish imkoniyati MAVJUD EMAS.

  • «5555 MB» to‘plamining amal qilish muddati - faollashtirilgan paytdan boshlab 30 kun.

  • Xarid qilingan «5555 MB» to‘plamlarning hajmi boshqa bir martalik oylik internet-to‘plamlar bilan qo‘shiladi. Qo‘shilgan megabaytlarning amal qilish muddati, oxirgi xarid qilingan to‘plamning davriga qarab uzaytiriladi.

  • Megabaytlarning sarflanish tartibi:

Kunlik to‘plam -> tarif rejasi doirasidagi trafik -> xarid qilingan On-net to‘plamlar trafigi -> Boshqa barcha to‘plamlar (xarid qilingan «5555 MB» to‘plam + bir martalik oylik internet- to‘plam, promo internet- to‘plamlar, saqlab qolish bo‘yicha to‘plamlar va boshq.).

  • To‘plamni u faollashtirilgandan so‘ng abonent hisobida 42,10 so‘mdan kam bo‘lmagan mablag’ qolishi sharti bilan ulash mumkin.

  • Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan har qanday tariflarga (turistlar uchun tariflardan tashqari) o‘tilganda – abonentning to‘plamlari va imkoniyatlari saqlanib qoladi.

  • Yuridik shaxslar yoki turistlar uchun mo‘ljallangan har qanday tarif rejasiga o‘tilganda - to‘plamlar saqlanib qoladi; ularni taqdim qilish shartlari o‘zgarmaydi. Lekin abonentning barcha imkoniyatlari bekor qilinadi va g’olibni aniqlash jarayonida ishtirok etmaydi.

“Mobiuz bilan baxtli millionlar” aksiyasi doirasida g’oliblarni aniqlashning shartlari

1. Aksiya o‘tkazilgan davr davomida shartlarni bajargan har bir abonentga, har bir imkoniyat uchun alohida ID kod beriladi.

2. Bitta ID kod – bu bitta imkoniyat. Bitta abonentda bir nechta ID kod bo‘lishi mumkin.

3. Aksiya ishtirokchisining ma’lum bir hududga mansubligi, uning abonent raqami qaysi hududga tegishli ekanligiga qarab belgilanadi.

Misol: agar aksiya ishtirokchisi Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Shartnomani Toshkent shahrida tuzgan bo‘lsa , biroq shu bilan birga,Andijon shahriga qarashli bo‘lgan raqam bo‘lsa, bu holda abonent g’olib – Andijon viloyatidagi abonentlar orasidagi sovrin egasini aniqlashda ishtirok etadi.

4. Aksiya ishtirokchisining har bir ID kodi 8 raqamdan iborat bo‘lib, dastlabki ikkita raqam har bir hududning o‘ziga xos kodi hisoblanadi (Masalan, Andijon viloyatidagi ishtirokchilarning ID kodi 01– – – – – –, Buxoro viloyatidagi ishtirokchilarning ID kodi 02– – – – – –, va h.k.)

5. Qolgan oltita raqam (hudud kodidan keyingi) – 0 raqamidan boshlangan raqamlar ketma-ketligidir. Hudud kodidan keyin keladigan son, aksiya ishtirokchilarining ma’lum hududdagi umumiy soniga teng.

Misollar:

Andijon viloyatida barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining umumiy soni 30135 ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, Andijon viloyatidagi aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami – 01000001 dan 01030135 gacha.

Toshkent shahrida barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining umumiy soni 125005 ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, Toshkent shahridagi aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami – 14000001 dan 14125005 gacha.

6. Imkoniyatlarning umumiy soni – xarid qilingan «5555 MB» to‘plamlarning umumiy sonidir.

Aksiya g’oliblarini aniqlash

1. Aksiya g’oliblarini aniqlash sanasi: 26.02.2021y. 11:00 da.

2. Aksiya g'oliblarini aniqlash joyi: 

- Mobiuz rasmiy Youtube-kanalida onlayn-efir: https://youtube.com/mobiuz/live

- Mobiuz Instagram rasmiy sahifasida onlayn-efir: https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan

3. Har bir hudud uchun, belgilangan qiymatdagi har bir pul sovrinining (1 mln. so‘m, 10 mln. so‘m, 20 mln. so‘m, 50 mln. so‘m) sohibini aniqlash alohida o‘tkaziladi.

Har bir alohida hududdagi g‘olibni aniqlash tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga viloyatning barcha ishtirokchilarning ID kodlarini kiritish yordamida, alohida o‘tkaziladi.

Buning uchun abonentlarga berilgan ID kodlar ishlatiladi.

Boshlovchi ushbu hududdagi ID kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi.

Har bir alohida hududdagi g‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga hududning barcha ID kodlari kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi.

Sovrinli ID kod biriktirilgan abonent aksiya g’olibi – pul sovrinining sohibi hisoblanadi.

4. Barcha hududlarning g’oliblari – 1 mln. so‘m, 10 mln. so‘m, 20 mln. so‘m, 50 mln. so‘m pul sovrinlarining sohiblari aniqlangandan keyin, g’olib – 350 mln. so‘m sovrinining sohibi aniqlanadi.

Ushbu jarayonda bir vaqtning o‘zida aksiya shartlarini bajargan, hamma abonentlarning barcha ID-kodlari ishtirok etadi. O‘sha abonentlarga biriktirilgan ID kodlar ishlatiladi.

1 mln. so‘m, 10 mln. so‘m, 20 mln. so‘m, 50 mln. so‘mlik har qanday sovrinlarni yutib olgan abonent ham bosh sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega.

Aksiyaning g’olibi – bosh sovrin sohibini aniqlash ham tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

Boshlovchi ID kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi (butun Respublikadagi ishtirokchilar).

G’olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi.

Sovrinli ID kod biriktirilgan abonent aksiya g’olibi – 350 mln. so‘mlik bosh sovrinning sohibi hisoblanadi.

Sovrinli ID kodlarni aniqlashning to‘liq jarayoni onlayn ravishda katta ekranda uzatiladi. Shuningdek, ekranda sovrinli ID ham ko‘rsatiladi.

Aksiya g’olibi – bosh sovrinning sohibi aniqlangandan keyin ham boshlovchi u bilan telefon orqali bog’lanadi.

G’olib bilan aloqaga chiqish uchun sovrinli ID-kodga tegishli bo‘lgan abonent raqamiga 3 (uch) martadan ortiq bo‘lmagan holda, qo‘ng’iroq qilib tushishga harakat qilinadi. Ushbu g’olibga qilingan qo‘ng’iroq muvaffaqiyatli bo‘lganda, boshlovchi ovozni baland qilgan holda uni tabriklaydi.

5. G’oliblarni aniqlash keng jamoatchilikni jalb qilib va video-yozuvdan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Aksiya g’oliblarini aniqlashning butun jarayoni Mobiuz rasmiy sahifalarida jonli efirda uzatiladi.

- Mobiuz rasmiy Youtube-kanali : https://youtube.com/mobiuz/live

- Mobiuz Instagram rasmiy sahifasi : https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan

6. Aksiyaning g’oliblarini aniqlash jarayoni Mustaqil komissiya tomonidan kuzatib turiladi.

7. Aksiya G’oliblarini tabriklash marosimi “UMS” MChJ tomonidan qo‘shimcha ravishda belgilangan joyda o‘tkaziladi. Marosimlarni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida Aksiya Ishtirokchilariga ma’lumot beriladi.

8. Kompaniya Aksiya g’olibi bo‘lgan barcha abonentlarni – go‘liblar aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi.

9. Sovrinlarni topshirish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.

Pul sovrinlarini olish tartibi, muddatlari, joyi va shartlari:

1. Kompaniya yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Aksiya G’oliblariga yutuq hajmidagi pul mablag’larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2. Aksiya g’oliblari, g’oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, yutuqni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (7-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

3. Yutuqni olish uchun faqat Aksiya g’olibi– yutuqli ID kod biriktirilgan Mobiuz abonent raqami nomida bo‘lgan, jismoniy shaxs da’vogarlik qilishi mumkin.

4. “UMS” MChJ soliq va yig’imlarni, Aksiya sovrin jamarg’armasida nazarda tutilmagan, o‘z hisobidan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi;

5. Aksiya g’olibi pul sovrinlarini olish haqidagi xohishini, o‘zi bilan barcha kerakli hujjatlari bo‘lgan holda (7-bandni qarang) “UMS” MCHJ shaxsiy ofisiga murojaat qilish orqali bildirishi mumkin. Hujjatlar qabul qilinadigan joyning aniq manzili Operator tomonidan belgilanadi va aksiya g’olibiga aksiya g'oliblari aniqlangan kundan keyin qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Agar G’olib belgilangan muddatlarda («Sovrinlarni rasmiylashtirish va berish muddatlari» bandini qarang) “UMS” MChJga yutuqni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Pul mablag’lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

6. Yutuq pul mablag’idan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, Aksiya G’olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

7. Sovrinni olish uchun Aksiya g’olibi “UMS” MCHJ shaxsiy ofisiga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun);

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun);

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun);

  • STIR;

  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisob varag‘i;

  • abonent (Aksiya G’olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi;

  • G’olib nomiga ochilgan bank hisob raqamining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (G’olib va unga xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘rtasidagi shartnoma yoki xizmat ko‘rsatuvchi bankdan tegishli ma’lumotnoma);

  • bank hisob raqamining rekvizitlari;

  • G’olibning bank hisob raqamiga pul mablag’larini o‘tkazishga rozilik haqidagi tilxat;

  • jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza;

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (Aksiya g’olibi ) tegishli shaklini to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug’ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog'i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog’ining ota-onasi, tug'ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ); haqidagi ma'lumotlarni berishi kerak.

Da’vogarning (Aksiya g’olibi ) "UMS" MChJ bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani Aksiya doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

8. Kompaniya quyidagi holatlarda G’olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G’olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g’ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 7 bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G’olib tomonidan mazkur Qoidalarning 7 bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg’on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag’lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

9. G’olib pul yutug’ini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g’risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog'liq) barcha zarur hujjatlarni imzolashi shart.

Aksiya G’olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G’olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

10. “UMS” MChJ pul mablag’ini naxd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

11. Agar Aksiya G’olibi hujjatlar qabul qilinadigan shaharda istiqomat qilmaydigan bo‘lsa, “UMS” MChJ G’olibning belgilangan joyga kelishi bilan bog’liq bo‘lgan har qanday xarajatlarni (borish/kelish uchun yo‘l haqqi, mehmonxonada joylashtirish, ovqatlanish va boshq.) qoplash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.

12. Aksiya g’oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul mablag’lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

13. “UMS” MChJ G’olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G’olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

14. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas :

  • ishtirokchilarda www.mobi.uz saytida joylashtirilgan g’olib ID raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;

  • g’olibning yutuqli ID kodi biriktirilgan abonent raqami, qo‘ng'iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish paytida bandlangan holatda bo‘lishi.

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G’oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G’oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

13. Sovrinni berishdan bosh tortilganda yoki G’olibning yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag’lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

Izohlar:

1. Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, har qanday taqiqlanmagan shakldagi- qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi.

2. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog’liq bo‘lgan barcha harakatlarni, mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

3. “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g’oliblari – Aksiya Sovrin jamg’armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4. “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g’risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5. “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

6. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali, Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Sovrinlarni olish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7. “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni www.mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi.

8. Aksiya o‘tkazilishi to‘xtatilgan holatda “UMS” MChJ www.mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.