“Mobiuz’dan bahorgi syurprizlar” tanlovi

Chop etish versiyasi

Tanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB).

O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

Tanlov o‘tkazilish muddatlari:

Tanlov 2022-yil 7-martdan 25-martgacha 1-jadvalga muvofiq 4 ta bosqichda oʻtkaziladi:

№1 Jadval

Bosqich

Tarmoq

Bosqich boshlangan sana va vaqti

Bosqich tugashi sana va vaqti

G’oliblarni aniqlash sanasi va vaqti

Sovrin va g’oliblar soni

Yutuq summasi

Umumiy yutuq fondi

1

Telegram

7 mart, soat 11:00

11 mart, soat 16:59

11 mart,

soat 17:00

1

4 000 000 so’m

4 000 000 so’m

2

Instagram

8 mart, soat 11:00

13 mart, soat 23:59

15 mart,

soat 15:00

1

4 000 000 so’m

4 000 000 so’m

3

Telegram

15 mart, soat 11:00

21 mart, soat 16:59

21 mart,

soat 17:00

2

4 000 000 so’m

8 000 000 so’m

4

Instagram

18 mart, soat 11:00

23 mart, soat 23:59

25 mart,

soat 15:00

2

4 000 000 so’m

8 000 000 so’m

* Pul sovrinlari G‘oliblarga naqdsiz shaklda beriladi, hamda to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlovda ishtirok eta olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilmaydigan shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.

Tanlov tavsifi va shartlari

“Mobiuzdan bahor syurprizlari” tanlovi “UMS” MChJ’ning Telegram messenjerida va Instagram dagi sahifasida o‘tkaziladi.

Telegram messenjeri shartlari:

@MyMobiuz Telegram kanali administratorlari tomonidan @VoterBibot Telegram boti yordamida kanalda tanlov qisqacha shartlari haqida e’lon joylashtiriladi. Tanlov batafsil shartlari www.mobi.uz veb-saytiga havolani joylashtiradilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

1) @MyMobiuz rasmiy Telegram-kanaliga obuna bo‘lish kerak;

2) Kanaldagi ushbu post ostidagi "Ishtirok etaman” tugmasini bosish kerak;

3) Telegram’dagi birinchi bosqichda 5 ta xotin-qiz do‘stingizni, uchinchi bosqichda - 5ta do'stingizni bu tanlovda ishtirok etish uchun taklif etish kerak.

G’oliblarni aniqlash kuni soat 17:00 da ushbu post ostida @VoterBiBot avtomatik ravishda tasodifiy g‘olib ismini (profilini) aniqlab beradi.

Instagram uchun shartlar:

Instagramdagi @mobiuz.uzbekistan akkaunti administratorlari tomonidan sahifada tanlov qisqacha shartlari haqida e’lon joylashtiriladi. Tanlov batafsil shartlari www.mobi.uz veb-saytiga havolani joylashtiradilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

1) @MyMobiuz rasmiy Telegram-kanaliga obuna bo‘lish kerak;

2) Instagram’dagi @mobiuz.uzbekistan akkaunti obuna bo’lish kerak;

3) Instagram’dagi ikkinchi bosqichda 3 ta xotin-qiz do‘stingizni, to'rtinchi bosqichda - 3ta do'stingizni izohlarda belgilash kerak.

G‘oliblar aniqlanadigan kuni ikkita g'olib aniqlanadi. G'oliblarni aniqlash Lizaonair (https://lizaonair.com) servisi yordamida Instagram orqali online tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar xizmatda tanlov posti havolasini ko'rsatadilar, shartlarning bajarilganligini tekshirishni belgilaydilar va tasodifiy g'oliblarni aniqlash tugmachasini bosadilar. Xizmat g'oliblarning ismlarini (profillarini) ko'rsatadi.

Tanlov g'oliblarini aniqlashni komissiya nazorat qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

1. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlovning barcha shartlarini to'g'ri bajarishlari kerak.

2. Instagramdagi tanlovda kompaniyalar, firmalar, tashkilotlar va boshqalar profillari/sahifalari (shu jumladan kompaniyalar, firmalar, faoliyat sohalari ko'rsatilgan profillar) bilan foydalanuvchilar ishtirok etishi taqiqlangan. Bunday foydalanuvchilar ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

3. Instagramdagi tanlovda bitta ishtirokchining (shu jumladan, nomlari o'xshash profillarga ega bo'lganlarning) bitta davr ichida takroriy ishtirokiga yo'l qo'yilmaydi. Agar qayta ishtirok etishga urinish bo'lsa, Administratorlar oxirgi sharhni o'chirishga va/yoki ishtirokchini tanlovdan chetlashtirishga haqlidirlar.

4. Tanlov davrda Instagramdagi tanlov ishtirokchilarining akkauntlari ochiq bo’lishi kerak.

VoterBibot va Lizaonair xizmatlari haqida ma’lumot

VoterBibot – bu "Ishtirok etish" tugmachasini bosgan foydalanuvchilarning obunalarini avtomatik tekshirish va Telegramning tasodifiy akkauntlarini aniqlash uchun bepul Telegram bot. «UMS» MchJning VoterBibot servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, uning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi

Lizaonair – bu Instagramda tasodifiy g'oliblarni avtomatik aniqlash uchun bepul onlayn xizmat. «UMS» MchJning Lizaonair servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

 

Sovrinlarni olish tartibi, muddatlari, joylari va shartlari

1. Tanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs – tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.

2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida yashamaydigan shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;

Agar tanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.

3. Kompaniya yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, tanlov G‘oliblariga yutuq hajmidagi pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

4. Tanlov g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, yutuqni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (9-bandni qarang) taqdim qilishlari shart. 9 banda ko’rsatilgan barcha hujjatlarni Instagram sahifasi, elektron pochta yoki Telegram-akkaunt orqali taqdim etishlari kerak (skan, rasm shaklida).

5. “UMS” MChJ soliq va yig‘imlarni, tanlov sovrin jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi;

6. Sovrinlarni ko‘lga kiritish uchun g‘oliblar sovrinlarni olib ketishlari uchun taklif qilingandan keyin 10 (o‘n) ish kuni davomida kompaniyaning quyidagi ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin:


Hudud

XKM nomi

Manzil

Toshkent shahri

Markaziy ofis

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy

Andijaon viloyati

Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy

(mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi)

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy

Shahrisabzdagi Xizmat ko‘rsatish markazi

Qashqadaryo viloyati, Kitob sh., Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 1-uy

Navoiy viloyati

Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy

Namangan viloyati

Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy

Surxondaryo viloyati

Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy

Sirdaryo viloyati

Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy

Toshkent viloyati

Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy


7. Agar G‘olib belgilangan muddatlarda “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga yutuqni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

8. Yutuq pul mablag‘idan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, tanlov G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

9. Sovrinni olishdan oldin tanlov g‘olibi “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun).

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun).

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun).

  • STIR.

  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisob varag‘i.

  • JShShIR.

  • G‘olib nomiga ochilgan bank hisob raqamining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (G‘olib va unga xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘rtasidagi shartnoma yoki xizmat ko‘rsatuvchi bankdan tegishli ma’lumotnoma).

  • bank hisob raqamining rekvizitlari.

  • G‘olibning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazishga rozilik haqidagi tilxat.

  • jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza.

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (pul mablag’lari o’ynalishining g’olibi) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma'lumotlarni berishi kerak.

Da’vogarning (pul mablag’lari o’ynalishining g’olibi) "UMS" MChJ bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki UMS» MChJ yoki uning vakolatli dilerlari bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani tanlov doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

10. Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning tanlovda ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 9-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 9-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

  • Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

11. G‘olib pul yutug‘ini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida g’olib to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.

Tanlov G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

12. Pul sovrinini rasmiylashtirish/olish jarayonini foto va videotasvirga olinishga va rasm/videoalrni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirishga o‘z roziligini beradi.

13. “UMS” MChJ pul mablag‘i va sovrinlarni naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

14.  Tanlov g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

15. “UMS” MChJ G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

16. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas :

  • ishtirokchilarda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan g‘olib ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • tanlov ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, tanlov G‘oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

17. Sovrinni berishdan bosh tortilganda yoki G‘olibning yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag‘lari va boshqa sovrinlar “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

Boshqa shartlar:

1. «UMS» MChJ VoterBibot va lizaonair.com g‘oliblarni aniqlash servisi faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.

2.  Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. «UMS» MChJ ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.

3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.

4. Sovrinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar «UMS» MChJ iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari «UMS» MChJ tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, sovrinlarni topshirish uchun «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.

5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun «UMS» MChJ g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar «UMS» MChJga tegishli (agar boshqa hollar «UMS» MChJ va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).

6.  Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va sovrinlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.

7.  «UMS» MChJ uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).

8.  “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda tanlov g‘oliblari – tanlov Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

9. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov sovrinlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

10. Tanlov g‘oliblari «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxsizlantirish, bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.

11. “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, tanlov ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

12. “UMS” MChJ tanlov qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Tanlov shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni www.mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi