«ORZU UCHUN MILLIONLAR!» AKSIYASI!

Chop etish versiyasi

«ORZU UCHUN MILLIONLAR!» AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyani o‘tkazish davri:

Boshlanishi: 15.11.2021y.

Tugashi: 10.02.2022y. (shu jumladan).

Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagi shartlardan birini bajarish zarur:

  • 2021-yil 15-noyabrdan 2022-yil 10-fevralgacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida aksiyadagi «5000 Mb» internet-to‘plamni ulash.

    Har bir xarid qilingan to‘plam – aksiya doirasida yana bir imkoniyatning qo‘shilishidir.

    Ulanadigan to‘plamlarning soni cheklanmagan.

Aksiyadagi 5000 Mb to‘plamini *2022# buyrug‘ini terib yoki 6162022 raqamiga «5000» matnli SMS-xabarni yuborish orqali ulash mumkin. To‘plamining narxi- 30 000 so‘m.

  • abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘m va yuqoriroq bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulanish. Buning evaziga abonentga aksiya doirasida bitta imkoniyat beriladi. 

AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

Sovrin jamg‘armasi

Sovrin jamg‘armasi

Yig‘indi

Sovrinlar soni

Jami mablag‘:

Pul sovrini 5 000 000 so‘m

5 000 000 so‘m

6

30 000 000 so‘m

Pul sovrini 10 000 000 so‘m

10 000 000 so‘m

5

50 000 000 so‘m

Pul sovrini 50 000 000 so‘m

50 000 000 so‘m

4

200 000 000 so‘m

Pul sovrini 100 000 000 so‘m

100 000 000 so‘m

4

400 000 000 so‘m

Bosh sovrin

Bosh sovrin

Yig‘indi

Soni

Jami

Pul sovrini 300 000 000 so‘m

300 000 000 so‘m

1

300 000 000 so‘m

Shuningdek 2021-yil 31-dekabrda 4 ta qo‘shimcha sovrin – Dubayga ikki kishilik sayohat o‘ynaladi!


Sovrin

Soni

Dubayga ikki kishilik sayohat

4

Pul sovrinlari G‘oliblarga naqdsiz shaklda beriladi, hamda to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Aksiya ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

Aksiyada - quyidagi talablarga mos keladigan, 18 yoshga to‘lgan «UMS» MChJ abonentlari, O‘zR fuqarolari - jismoniy shaxslar, hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishi mumkin:

  • Abonent - «5000 Mb» to‘plamini xarid qilgan, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi.

  • Aksiyani o‘tkazish davrida tarmoqga abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘m va yuqoriroq bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulangan (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) abonent.

  • Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish va Aksiya go‘liblarini aniqlash paytida amalda bo‘lgan.

  • Abonentning SIM-kartasi Aksiya g‘oliblarni aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan.

Aksiya doirasida sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydigan shaxslar:

  • Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar.

  • 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.

  • Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari).

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari.

  • «UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar).

  • Yuridik shaxs bo‘lgan abonentlar, hamda turistlar uchun mo‘ljallangan tarif rejalaridagi abonentlar.

Aksiyada ishtirok etish shartlari :

  • Agar jismoniy shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lmasa, aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida:

  • jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulanishi (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) va aksiyadagi «5000 Mb» internet-to‘plamini xarid qilishi.

  • yoki abonent to‘lovi 30 000 so‘m/oy va yuqoriroq bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulanishi (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) kerak.

  • Agar jismoniy shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lsa (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida aksiyadagi «5000 Mb» internet-to‘plamni xarid qilishi kerak.

  • Abonentga har bir xarid qilingan aksiyadagi «5000 Mb» internet-to‘plam uchun bitta imkoniyat beriladi. Qancha ko‘p to‘plam xarid qilingan bo‘lsa, abonentda shuncha ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi.

  • Tarmoqga abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘m va yuqoriroq bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasida ulanish (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) evaziga abonentga aksiya doirasida bitta imkoniyat taqdim etiladi.

Aksiyadagi «5000 Mb» internet to‘plamini xarid qilish uchun buyruqlar: *2022# USSD-kodi yoki 6162022 raqamiga «5000» SMS-xabarini yuborish.

Aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamida qolgan trafikning hajmini tekshirish - *102#, yoki 616019 raqamiga 3 sonli SMS-xabarni yuborish.

Sovrinlar o‘ynalishida to‘plangan imkoniyatlar sonini tekshirish uchun buyruq – *161#.

«5000 Mb» internet-to‘plamining ta’rifi

  • Aksiyadagi «5000 Mb» internet-to‘plamining narxi- 30 000 so‘m.

  • Aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamini USSD, SMS orqali, Mobiuz shaxsiy ofislari va vakolatli dilerlarning ofislarida ulash imkoniyati mavjud.

  • Aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamini faqat «Orzu uchun millionlar!» aksiyasini o‘tkazish davrida ulash mumkin (2021y. 15-noyabrdan 2022y. 10-fevralgacha (shu jumladan)).

«5000 MB» to‘plamini ulash va undan foydalanish shartlari

  • Aksiyadagi to‘plamni u faollashtirilgandan so‘ng abonent hisobida 42,10 so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ qolishi sharti bilan ulash mumkin.

  • Aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamini jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalaridagi (turistlar uchun tariflardan tashqari) abonentlar xarid qilishlari mumkin.

  • Aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamini turistlar, hamda yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalarida, xarid qilish imkoniyati MAVJUD EMAS.

  • Aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamining amal qilish muddati - faollashtirilgan paytdan boshlab 30 kun.

  • Xarid qilingan «5000 Mb» to‘plamlarning hajmi boshqa bir martalik oylik internet-to‘plamlar bilan qo‘shiladi. Qo‘shilgan megabaytlarning amal qilish muddati, oxirgi xarid qilingan to‘plamning davriga qarab uzaytiriladi.

  • Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan har qanday tariflarga (turistlar uchun tariflardan tashqari) o‘tilganda – abonentning to‘plamlari va imkoniyatlari saqlanib qoladi.

  • Yuridik shaxslar yoki turistlar uchun mo‘ljallangan har qanday tarif rejasiga o‘tilganda - to‘plamlar saqlanib qoladi; ularni taqdim qilish shartlari o‘zgarmaydi. Biroq abonentning barcha imkoniyatlari bekor qilinadi va g‘oliblarni aniqlash jarayonida ishtirok etmaydi.

  • Megabaytlarning sarflanish tartibi:

Kunlik to‘plam -> tarif rejasi doirasidagi trafik -> xarid qilingan On-net to‘plamlar trafigi -> Boshqa barcha to‘plamlar (aksiyadagi «5000 Mb» to‘plam + bir martalik oylik internet- to‘plam, promo internet-to‘plamlar, saqlab qolish bo‘yicha to‘plamlar va boshq.).

Aksiyada ishtirok etish uchun tarmoqga ulanishning shartlari

  • Abonent jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan (turistlar uchun mo‘ljallangan tariflardan tashqari) abonent to‘lovi 30 000 so‘m/oy va yuqoriroq bo‘lgan tarif rejasiga yangi ulanganda aksiya ishtirokchisiga aylanishi va bitta imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

  • «UMS» MChJ yangi abonentiga, tarifning abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan taqdirda tarmoqga yangi ulanish evaziga bitta imkoniyat taqdim etiladi.

  • Aksiya doirasidagi tarmoqga ulanish evaziga berilgan imkoniyat, tarif rejasi aksiyani o‘tkazish davrida o‘zgartirilganda ham abonentda saqlanib qoladi.

  • Abonent «Qo‘shimcha»  aksiyasi doirasida qo‘shimcha raqam ulanganda, tarmoqga ulanish uchun imkoniyat taqdim etilmaydi.

  • Abonent tomonidan «Qo‘shimcha» aksiyasi doirasida abonent to‘lovi 30 000 so‘m va yuqoriroq bo‘lgan tarif rejasiga qo‘shimcha raqam ulanganda,tarmoqga ulanish uchun imkoniyat taqdim etilmaydi. «Qo‘shimcha» aksiyasi bo‘yicha qo‘shimcha raqamni ulagan abonentlar, aksiyadagi «5000 Mb» to‘plamni xarid qilib ishtirokchiga aylanishlari mumkin.

«Orzu uchun millionlar!» aksiyasi doirasida g‘oliblarni aniqlashning shartlari 

1. Aksiya o‘tkazilgan davr davomida shartlarni bajargan har bir abonentga, har bir imkoniyat uchun alohida ID kod beriladi.

2. Bitta ID kod – bu bitta imkoniyat. Bitta abonentda bir nechta ID kod bo‘lishi mumkin.

3. «Dubayga ikki kishilik sayohat» sovrinining 4 ta g‘olibini aniqlash jarayoni uchun birinchi raqamlari «01» bo‘lgan 8-xonali ID-kodlardan foydalaniladi. Qolgan oltita raqam – 0 raqamidan boshlangan raqamlar ketma-ketligidir. «01» raqamidan keyin keladigan sonlar ko‘lami barcha aksiya ishtirokchilari imkoniyatlarining umumiy soniga teng.

4. Pul sovrinlarining g‘oliblarini aniqlash jarayoni uchun birinchi raqamlari «02» bo‘lgan 8-xonali ID-kodlardan foydalaniladi. Qolgan oltita raqam – 0 raqamidan boshlangan raqamlar ketma-ketligidir. «02» raqamidan keyin keladigan sonlar ko‘lami barcha aksiya ishtirokchilari imkoniyatlarining umumiy soniga teng.

Misollar:
«Dubayga ikki kishilik sayohat» sovrinlari o‘ynalishidagi barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining umumiy soni 30135 ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami – 01000001 dan 01030135 gacha.

Pul sovrinlarining o‘ynlishidagi barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining umumiy soni 60125 ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami –02000001 dan 02060125 gacha.

Aksiya g‘oliblarini aniqlash

5.1 Dubayga ikki kishilik sayohat – sovrinining g‘oliblarini aniqlash

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlash sanasi: 31.12.2021y.

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlash joyi: Mobiuz ijtimoiy tarmoqlarining sahifalarida jonli efir.

  • G‘oliblarn aniqlash tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

  • Buning uchun abonentlarga berilgan ID-kodlardan foydalaniladi.

  • Jonli efirda ID (aksiya ishtirokchilari) umumiy soni e’lon qilinadi. G‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID-kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi. Barcha yutuqli ID (4 go‘lib) ekranda ko‘rsatiladi.


5.2 |Pul sovrinlarining g‘oliblarini aniqlash

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlash sanasi: 28.02.2022y.

  • G‘oliblarni aniqlash jarayonini o‘tkazish joyi Operator tomonidan belgilanadi.

  • G‘oliblarni aniqlash tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning butun davlat bo‘yicha barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

Buning uchun abonentlarga pul sovrinlarining o‘ynalishi uchun berilgan ID-kodlarning o‘zidan foydalaniladi. Dubayga sayohat o‘ynalishi uchun berilgan ID-kodlardan foydalanilmaydi. Abonentning aksiya doirasida 15.11.2021y. dan 10.02.2022y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida to‘plangan barcha imkoniyatlari hisobga olinadi.

  • Boshlovchi ID-kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi. G‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi. Sovrinli ID kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – pul sovrinining sohibi hisoblanadi. Shuningdek barcha yutuqli ID-kodlar navbatma-navbat ekranda ko‘rsatiladi. Sovrinli ID kodlarni aniqlashning to‘liq jarayoni onlayn ravishda katta ekranda uzatiladi.

  • Pul sovrinlarining har bir toifasida (5, 10, 50, 100 milion so‘m) go‘liblar aniqlangandan keyin, boshlovchi ularning biri yoki bir nechtasi bilan telefon orqali bog‘lanadi.

  • G‘olib bilan aloqaga chiqish uchun sovrinli ID-kodga tegishli bo‘lgan abonent raqamiga 3 (uch) martadan ortiq bo‘lmagan holda, qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilinadi. Ushbu g‘olibga qilingan qo‘ng‘iroq muvaffaqiyatli bo‘lganda, boshlovchi ovozni baland qilgan holda uni tabriklaydi.

Bosh pul sovrini go‘libi - 300 000 000 so‘m sohibini aniqlash.

  • 5 mln. so‘m, 10 mln. so‘m, 50 mln. so‘m, 100 mln. so‘m pul sovrinlarining sohiblari aniqlangandan keyin, g‘olib – 300 mln. so‘m bosh sovrinining sohibi aniqlanadi.

  • Buning uchun abonentlarga pul sovrinlarining o‘ynalishi uchun berilgan ID-kodlarning o‘zidan foydalaniladi. 5 mln. so‘m, 10 mln. so‘m, 50 mln. so‘m, 100 mln. so‘mlik har qanday sovrinlarni yutib olgan abonent ham bosh sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega.

  • Aksiyaning g‘olibi – bosh sovrin sohibini aniqlash ham tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

  • Boshlovchi ID-kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi. G‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib-ID kod yutuqli hisoblanadi.

  • Sovrinli ID-kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – 300 mln. so‘mlik bosh sovrinning sohibi hisoblanadi.

  • Sovrinli ID-kodlarni aniqlashning to‘liq jarayoni onlayn ravishda katta ekranda uzatiladi. Shuningdek, ekranda sovrinli ID ham ko‘rsatiladi.

  • Aksiya g‘olibi – bosh sovrinning sohibi aniqlangandan keyin ham boshlovchi u bilan telefon orqali bog‘lanadi. G‘olib bilan aloqaga chiqish uchun sovrinli ID-kodga tegishli bo‘lgan abonent raqamiga 3 (uch) martadan ortiq bo‘lmagan holda, qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilinadi. Ushbu g‘olibga qilingan qo‘ng‘iroq muvaffaqiyatli bo‘lganda, boshlovchi ovozni baland qilgan holda uni tabriklaydi.

G‘oliblarni aniqlash jarayonining qo‘shimcha shartlari:

  • G‘oliblarni aniqlash keng jamoatchilikni jalb qilib va video-yozuvdan foydalangan holda o‘tkaziladi.

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlashning butun jarayoni Mobiuz rasmiy sahifalarida jonli efirda uzatiladi.

  • Aksiyaning g‘oliblarini aniqlash jarayoni Mustaqil komissiya tomonidan kuzatib turiladi.

  • Aksiya G‘oliblarini tabriklash marosimi “UMS” MChJ tomonidan qo‘shimcha ravishda belgilangan joyda o‘tkaziladi. Aksiya Ishtirokchilariga marosimlarni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida www.mobi.uz. saytida ma’lumot joylashtirish va tegishli SMS-tarqatmalarni yuborish orqali xabar beriladi.

  • Kompaniya Aksiya g‘olibi bo‘lgan barcha abonentlarni – g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi.

  • Sovrinlarni topshirish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.

5.3 Dubayga ikki kishilik sayohat – sovrinini olish tartibi, muddatlari, joyi va shartlari

1. Aksiya g‘olibi sovrindan (turizm kompaniyasi xizmatlari) barcha kerakli hujjatlarni taqdim qilganda, 1-fevraldan 31-martgacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida foydalanishi mumkin.

2.  Aksiya g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, sovrinni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (9-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

3. Aksiya g‘olibi bo‘lgan, yutuqli ID-kod biriktirilgan abonentlik raqami nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxs, sovrinni topshirishga yozma ariza asosida sovrinni uchinchi shaxsga, uchinchi shaxsda yutuqni rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar mavjud bo‘lganda, berish huquqiga ega.

4. «Dubayga ikki kishilik sayohat » sovrini Toshkent-Dubay-Toshkent avia-uchish, mehmonxona va aeroportgacha olib borish va mehmonxonada istiqomat qilishni o‘z ichiga oladi. Barcha qolgan xarajatlar uchun to‘lov g‘olib tomonidan amalga oshiriladi.

5. “UMS” MChJ soliq va yig‘imlarni o‘z mablag‘laridan to‘lashni zimmasiga oladi.

6. Aksiya g‘olibi pul sovrinlarini olish haqidagi xohishini, o‘zi bilan barcha kerakli hujjatlari bo‘lgan holda (9-bandni qarang), faqat “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) bildirishi mumkin.

7. Aksiya g‘olibi yoki sovrindan foydalanish huquqi berilgan uchunchi shaxs, barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda (9-bandni ko‘ring) sovrindan foydalanishi mumkin.

8. Kompaniya bozorda bo‘sh aviachiptalar, turistik yo‘llanmalarning mavjdligi, Aksiya g‘olibida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish uchun tegishli organlarning ruxsati mavjudligidan kelib chiqqan holda, bir tomonlama tartibda sovrinlarni berish muddatlari va sovrindan bosh tortishni o‘rnatish huquqiga ega.

9. Sovrinni olishdan oldin Aksiya g‘olibi “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun);

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun);

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun);

  • STIR;

  • JShShIR;

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi;

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (g‘olib) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma'lumotlarni berishi kerak.

Da’vogarning "UMS" MChJ bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani Aksiya doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

10. Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda.

  • Mazkur Qoidalarning 9-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 9-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

11. G‘olib Sovrinni rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.

Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

12. Sovrinni rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

13. “UMS” MChJ pul mablag‘i va sovrinlarni naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

14. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida istiqomat qilmaydigan bo‘lsa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xarajatlarni (Toshkent shahrigacha borish/kelish uchun yo‘l haqqi, mehmonxonada joylashtirish, ovqatlanish va boshq.) qoplash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.

15. Aksiya g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

16. “UMS” MChJ G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

17. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarda www.mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘olib ID raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi.

  • g‘olibning yutuqli ID kodi biriktirilgan abonent raqami, qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish paytida bandlangan holatda bo‘lishi.

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani.

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani).

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan olinmagani.

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

  • G‘olibda “UMS” MChJga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar (chiqishga taqiq, xorijiy pasportning mavjud emasligi, PZR-test va boshq.) sababli sovrindan foydalanish imkoniyati bo‘lmasligi.

18. Sovrinni berishdan bosh tortilganda yoki G‘olibning yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

Pul sovrinlarini olish tartibi, muddatlari, joyi va shartlari:

1. Kompaniya yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, Aksiya G‘oliblariga yutuq hajmidagi pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2. Aksiya g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, yutuqni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (7-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

3. Yutuqni olish uchun faqat Aksiya g‘olibi– yutuqli ID kod biriktirilgan Mobiuz abonent raqami nomida bo‘lgan, jismoniy shaxs da’vogarlik qilishi mumkin.

4. “UMS” MChJ soliq va yig‘imlarni, Aksiya sovrin jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi;

5. Aksiya g‘olibi pul sovrinlarini olish haqidagi xohishini, o‘zi bilan barcha kerakli hujjatlari bo‘lgan holda (7-bandni qarang), faqat “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) bildirishi mumkin.

Agar G‘olib belgilangan muddatlarda “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) yutuqni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

6. Yutuq pul mablag‘idan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, Aksiya G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

7. Sovrinni olishdan oldin Aksiya g‘olibi “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun).

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun).

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun).

  • STIR.

  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisob varag‘i.

  • JShShIR.

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi;

  • G‘olib nomiga ochilgan bank hisob raqamining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (G‘olib va unga xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘rtasidagi shartnoma yoki xizmat ko‘rsatuvchi bankdan tegishli ma’lumotnoma).

  • bank hisob raqamining rekvizitlari.

  • G‘olibning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazishga rozilik haqidagi tilxat.

  • jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza.

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (pul mablag’lari o’ynalishining g’olibi) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma'lumotlarni berishi kerak.

Da’vogarning (pul mablag’lari o’ynalishining g’olibi) "UMS" MChJ bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki UMS» MChJ yoki uning vakolatli dilerlari bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani Aksiya doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

8. Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

9. G‘olib pul yutug‘ini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.

Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

10. Pul sovrinini rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

11. “UMS” MChJ pul mablag‘i va sovrinlarni naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

12. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida istiqomat qilmaydigan bo‘lsa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xarajatlarni (Toshkent shahrigacha borish/kelish uchun yo‘l haqqi, mehmonxonada joylashtirish, ovqatlanish va boshq.) qoplash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.

13. Aksiya g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

14. “UMS” MChJ G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

15. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas :

  • ishtirokchilarda www.mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘olib ID raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;

  • g‘olibning yutuqli ID kodi biriktirilgan abonent raqami, qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish paytida bandlangan holatda bo‘lishi.

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

16. Sovrinni berishdan bosh tortilganda yoki G‘olibning yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag‘lari va boshqa sovrinlar “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

17. Sovrinni rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

IZOHLAR

1. Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, har qanday taqiqlanmagan shakldagi- qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi.

2. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni, mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

3. “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g‘oliblari – Aksiya Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4. “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5. “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda,Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

6. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali, Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Sovrinlarni olish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7. “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni www.mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi

8. Aksiya o‘tkazilishi to‘xtatilgan holatda “UMS” MChJ www.mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.