Mobiuz mobil ilovasidagi bonuslar

Chop etish versiyasi

Bonusli tizim – Mobiuz mobil ilovasidagi sodiqlik dasturi bo‘lib, foydalanuvchi uning doirasida ballarni to‘plashi va ularni MB to‘plamlariga almashtirishi mumkin.

Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?

Mobil ilovani yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va ilovada bajarilgan amallar evaziga ballar to‘plang.

Bonus ballari nima?

Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tganda va profil yaratilganda, foydalanuvchida ma’lum bir amallarni bajarish evaziga beriladigan ballar bo‘lgan qo‘shimcha balans yaratiladi.

  • Ballarni ilovada promo-to‘plamlarni ulash uchun sarflash mumkin

  • Ballarni boshqa valyutaga almashtirish mumkin emas

  • Ballarni boshqa foydalanuvchi/abonentga berish mumkin emas

Ballar qanday hisoblanadi?

Ilovada ballar quyidagi amallar uchun hisoblanadi:

Amal

Ballar soni

Shartlar

Ilovada birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish

500 ball

bir martalik bonus

Ilovada birinchi marta bank kartasini (UZCARD, HUMO) bog‘lash

500 ball

bir martalik bonus

Mobiuz abonentlarining balansini to‘ldirish

har bir 1000 so‘m evaziga 15 ball

har bir to‘ldirish uchun bonus

Taklif etilgan abonent uchun bonus

150 ball

har bir taklif etilgan uchun bir martalik bonus

Avval taklif qilingan abonent tomonidan bank kartasi (UZCARD, HUMO) bog‘langanidan keyingi bonus

500 ball

har bir bog‘lash uchun bir martalik bonus

 

Men to‘plangan ballarni qanday sarflashim mumkin?

Siz to‘plangan ballarni internet-to‘plamlarga almashtirishingiz mumkin*.

Internet-to‘plamlarni foydalanuvchining abonent raqamiga ham, boshqa Mobiuz abonentining raqamiga ham ulash mumkin.

Ulash uchun quyidagi internet-to‘plamlar mavjud:

To‘plam

Trafik hajmi

Ballardagi narxi

Amal qilish muddati

Internet-to‘plam 100 MB

100 MB

500

30 kun

Internet-to‘plam 200 MB

200 MB

800

30 kun

Internet-to‘plam 300 MB

300 MB

1000

30 kun

Internet-to‘plam 500 MB

500 MB

1500

30 kun

Mobil ilovani yuklab olish:

Ilova Play market va Appstore da mavjud

Ilovani yuklab olish

*Izohlar

  • Internet-toplamlardan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.

  • Mobil ilova doirasidagi internet-toplamlari trafikining hajmi boshqa ulangan to‘plamlarning hajmi bilan qo‘shilmaydi.

  • Mobil ilova doirasidagi internet-toplamlari trafikining hajmi xuddi shunday to‘plamlar bilan qo‘shiladi.

  • Kiritilgan trafik tugagandan keyin, trafik belgilangan narxlarga muvofiq narxlanadi.

  • Bir vaqtning o‘zida tarif rejasi va Internet-to‘plami bo‘yicha beriladigan, ishlatilmagan megabaytlar mavjud bo‘lsa, avval tarif rejasidagi megabaytlar sarflanadi.

Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

  • Kunlik internet-to‘plam - > TR doirasidagi trafik - > OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam > Mobil ilova doirasidagi to‘plamlar > boshqa to‘plamlar

Internet-to‘plamlarning 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

  • Tungi internet-to‘plam -> Kunlik internet-to‘plam -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet bo‘yicha trafik -> Oylik internet-to‘plam -> Mobil ilova doirasidagi to‘plamlar > boshqa to‘plamlar.

  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda to‘plamlarni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.

  • To‘plamlar abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina amal qiladi.

  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.