Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«MOBImania» aksiyasi

O‘tkazish davri: 03.10.2023y. dan 03.04.2024y. gacha (shu jumladan).

Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  • Mobiuz mobil ilovasini yuklab olish va unda ro‘yxatdan o‘tish

  • Sodiqlik dasturida to‘plangan Mobicoin’larni bonus xizmatlarga almashtirish

  • Mobiticket – pul sovrinlarining o‘ynalishidagi imkoniyatga ega bo‘lish!

  • Pul sovrinlarining o‘ynalishini kutish!

MOBIL ILOVADAGI SODIQLIK DASTURI

Sodiqlik dasturi – mobil ilovadagi, foydalanuvchi uning doirasida ballarni (Mobicoin’lar) to‘plashi va ularni aloqa xizmatlariga almashtirishi mumkin bo‘lgan, bonusli tizim.

Sodiqlik dasturining amal qilish davri: 03.10.2023y. dan 03.04.2024y. gacha (shu jumladan)

Mobicoin’larni to‘plash

Abonent ilovada amalga oshirilgan harakatlar evaziga Mobicoin’larni to‘playdi:

Ilovadagi harakat

Abonentga hisoblanadigan Mobicoin’lar

Ilovada birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish

50

Ilovaga do‘stini taklif qilish

10

Ilovada birinchi marta bank kartasini (UZCARD, HUMO) bog‘lash

10

Avval taklif qilingan abonent tomonidan bank kartasining (UZCARD, HUMO) bog‘lanishi

5

Balansni to‘ldirish (har qanday Mobiuz abonentlik raqami) (har bir to‘liq 10 000 so‘m evaziga)

20

Boshqa yetkazib beruvchilarga to‘lovlar – har bir to‘liq 10 000 so‘m evaziga

5

Ilovada quyidagi xizmatlarni ulash evaziga:

Xizmat

Narxi (so‘m)

Abonentga hisoblanadigan Mobicoin’lar

Oylik internet-to‘plam 1 000 MB

11 000

35

Oylik internet-to‘plam 2 000 MB

17 000

50

Oylik internet-to‘plam 3 000 MB

25 000

75

Oylik internet-to‘plam 5 000 MB

33 000

100

Oylik internet-to‘plam 10 000 MB

50 000

150

Oylik internet-to‘plam 20 000 MB

55 000

165

Oylik internet-to‘plam 30 000 MB

65 000

195

Oylik internet-to‘plam 50 000 MB

75 000

225

Oylik internet-to‘plam 100 000 MB

90 000

270

Kunlik Unlim

9 000

25

Unlim "Premium''

20 000

60

Unlim "Youtube''

12 000

40

Unlim "Biznes''

12 000

40

Unlim "Messenjerlar''

10 000

30

Unlim "Ijtimoiy tarmoqlar''

10 000

30

Tungi DRIVE 1

5 000

15

Tungi DRIVE 7

20 000

60

Tungi DRIVE 30

60 000

180

Tungi internet-to‘plam 1 000 MB

5 000

15

Tungi internet-to‘plam 2 000 MB

9 500

25

Tungi internet-to‘plam 3 000 MB

12 500

40

Tungi internet-to‘plam 5 000 MB

17 000

50

Tungi internet-to‘plam 10 000 MB

22 000

65

Tungi internet-to‘plam 20 000 MB

33 000

100

Tungi internet-to‘plam 50 000 MB

44 000

130

Kunlik internet-to‘plam 200 MB

2 000

5

Kunlik internet-to‘plam 300 MB

3 000

10

Kunlik internet-to‘plam 500 MB

4 000

10

Kunlik internet-to‘plam 1 000 MB

5 000

15

Kunlik internet-to‘plam 2 000 MB

9 000

25

Kunlik internet-to‘plam 3 000 MB

12 000

40

Kunlik internet-to‘plam 5 000 MB

16 500

50

Kunlik internet-to‘plam 10 000 MB

25 000

75

Daqiqalar to‘plami 60

4 000

10

Daqiqalar to‘plami 120

7 000

20

Daqiqalar to‘plami 180

10 000

30

Daqiqalar to‘plami 300

16 000

50

Daqiqalar to‘plami 900

37 000

110

Daqiqalar to‘plami 1200

45 000

135

Daqiqalar to‘plami 1800

62 000

185

SMS –to‘plam 100

4 500

15

SMS –to‘plam 300

10 500

30

«Mobi cinema Milliy» 1 kunga xizmati

1 999

5

«Mobi cinema – Premium» 1 kunga xizmati

4 999

15

«Mobi TV» 30 kunga xizmati

17 999

50

«Mobi cinema – Premium» 30 kunga xizmati

33 999

100

«Mobi cinema Milliy» 30 kunga xizmati

13 999

45

«Gap ko‘p» xizmati

10 000

30


Mobicoin’lardan foydalanish shartlari     

  • Mobicoin’larni boshqa foydalanuvchiga/abonentga berish mumkin emas

  • Mobicoin’lar abonentlik raqami ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ilovadagi harakatlar raqamida amalga oshirilayotgan abonentga hisoblanadi

  • Mobicoin’lar abonentga pul ko‘rinishida berilmaydi

  • Mobicoin’larni bonus xizmatlarni ulash uchun almashtirish mumkin

  • Mobicoin’lar faqat sodiqlik dasturining amal qilish davrida to‘planishi mumkin

  • Sodiqlik dasturining amal qilish davrida to‘plangan Mobicoin’larni, u tugagandan keyin 2 oy davomida xizmatlarga almashtirish mumkin.

  • Foydalanuvchi to‘plangan Mobicoin’lar soni va ularni almashtirish tarixini mobil ilovada ko‘rish imkoniyatiga ega

  • To‘lov amalga oshirilgandan keyin abonentga ushbu to‘lov uchun Mobicoin’lar hisoblansa, abonent mablag‘larni qaytarishni talab qilgan holatda, ushbu to‘lov uchun Mobicoin’larni hisoblash bekor qilinadi.

  • To‘lov amalga oshirilgandan keyin abonentga Mobicoin’lar hisoblansa va abonent ularni bonus xizmatlarni ulash uchun almashtirgan holatda, mablag‘larni qaytarishga so‘rov berilganda, mablag‘lar qaytarilmaydi.

  • Abonent o‘zining mobil ilovadagi profilini o‘chirib tashlagan holatda («hisobni o‘chirish» funksiyasi), aksiya davrida to‘plangan barcha Mobicoin’lar bekor qilinadi.

  • Raqamning egasi o‘zgartirilganda yoki raqam bekor qilingandan keyin tiklangan holatda, abonentlik raqamida avvalroq to‘plangan Mobicoin’lar bekor qilinadi.

  • Abonent tarif rejasini, sodiqlik dasturida ishtirok etmayotgan tarif rejasiga o‘zgartirgan holatda, avvalroq to‘plangan Mobicoin’lar bekor qilinadi.  

  • Mobiuz kompaniyasi sodiqlik dasturining talablari va shartlariga mos kelmaslik, texnik nomuvofiqliklar va abonent tomonidan frod aniqlangan holatda, Mobicoin’larni hisoblashni, abonentdagi mavjud Mobicoin’larni bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi.

Mobicoin’larni bonus xizmatlarga almashtirish

Foydalanuvchilar to‘plangan Mobicoin’larni chegirmali bonus xizmatlarga almashtirishlari mumkin.

  • Xizmatni ulash imkoniyatining mavjudligi, abonentning tarif rejasiga bog‘liq.

  • Mobicoin’lar xizmatlardan birini ulash uchun yechib olingandan keyin sarflangan Mobicoin’larni qaytarish imkoniyati mavjud emas.

  • Mobicoin’lar evaziga ulash imkoniyati mavjud bo‘lgan barcha xizmatlar, mobil ilovadagi alohida varaqada (ro‘yxat) ko‘rsatiladi.

  • Xizmatlarni ulash evaziga, foydalanuvchidan 2-jadvalga muvofiq, ma’lum bir miqdordagi Mobicoin’lar yechib olinadi.

2-jadval. Chegirmali bonus xizmatlarning ro‘yxati

Xizmat

Mobicoin’lardagi narxi

Oylik internet-to‘plam 1 000 MB

175

Oylik internet-to‘plam 2 000 MB

250

Oylik internet-to‘plam 3 000 MB

375

Oylik internet-to‘plam 5 000 MB

500

Oylik internet-to‘plam 10 000 MB

750

Oylik internet-to‘plam 20 000 MB

825

Oylik internet-to‘plam 30 000 MB

975

Oylik internet-to‘plam 50 000 MB

1125

Oylik internet-to‘plam 100 000 MB

1350

Kunlik internet-to‘plam 200 MB

25

Kunlik internet-to‘plam 300 MB

50

Kunlik internet-to‘plam 500 MB

50

Kunlik internet-to‘plam 1 000 MB

75

Kunlik internet-to‘plam 2 000 MB

125

Kunlik internet-to‘plam 3 000 MB

200

Kunlik internet-to‘plam 5 000 MB

250

Kunlik internet-to‘plam 10 000 MB

375

Tungi internet-to‘plam 1 000 MB

75

Tungi internet-to‘plam 2 000 MB

125

Tungi internet-to‘plam 3 000 MB

200

Tungi internet-to‘plam 5 000 MB

250

Tungi internet-to‘plam 10 000 MB

325

Tungi internet-to‘plam 20 000 MB

500

Tungi internet-to‘plam 50 000 MB

650

Tungi DRIVE 1

75

Tungi DRIVE 7

300

Tungi DRIVE 30

900

Kunlik Unlim

125

Unlim "Premium''

300

Unlim "Youtube''

200

Unlim "Biznes''

200

Unlim "Messenjerlar''

150

Unlim "Ijtimoiy tarmoqlar''

150

Daqiqalar to‘plami 60

50

Daqiqalar to‘plami 120

100

Daqiqalar to‘plami 180

150

Daqiqalar to‘plami 300

250

Daqiqalar to‘plami 900

550

Daqiqalar to‘plami 1200

675

Daqiqalar to‘plami 1800

925

SMS – to‘plam 100

75

SMS – to‘plam 300

150

Xizmat

Chegirma miqdori

Chegirmaning Mobicoin’lardagi narxi

Xizmatning chegirmasiz narxi (so‘m)

Xizmatning chegirma bilan narxi ( so‘m )

Mobi cinema milliy 30 kunga

21%

50

13 999

11 000

Mobi cinema Premium 30 kunga

21%

100

33 999

27 000

Mobi TV 30 kunga

22%

75

17 999

14 000


Xizmatlardan foydalanishning texnik xususiyatlari va shartlari

Internet-to‘plamlardan foydalanish shartlari

  • To‘plamlar 100% chegirma bilan taqdim etiladi.

  • To‘plamlarni jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalarida («My Mobiuz» va «Mobiuz 8 yil» tariflaridan tashqari) ulash imkoniyati mavjud.

  • Trafikning qolgan hajmi haqida ma’lumot olish uchun *102# USSD-buyrug‘ini yuborish yoki 616019 raqamiga 3 sonli SMS-xabarni yuborish kerak.

  • Internet-to‘plamlardan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, agar u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.

  • Oylik va tungi internet-to‘plamlarda kiritilgan trafikning tegishli hajmini taqdim qilish muddati, oylik va tungi to‘plamlar uchun 30 kunni va kunlik to‘plamlar uchun 1 sutkani tashkil qiladi.

  • Xarid qilingan internet-to‘plamlarning hajmi qo‘shiladi. Foydalanish muddati oxirgi xarid qilingan to‘plamning muddati tugaguncha uzaytiriladi va oylik va tungi to‘plamlar uchun xarid qilingan paytdan boshlab 30 kunni va kunlik to‘plamlar uchun 1 sutkani tashkil qiladi.

  • 8:00 dan 00:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

  • Kunlik internet – to‘plam (Mobicoin evaziga to‘plam) -> TR doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet to‘plam (Mobicoin evaziga to‘plam) -> boshqa to‘plamlar.

  • 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

  • Tungi internet – to‘plam (Mobicoin evaziga to‘plam) -> Kunlik internet-to‘plam (Mobicoin evaziga to‘plam) -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet trafiki -> Oylik internet to‘plam (Mobicoin evaziga to‘plam) -> boshqa to‘plamlar.

  • Kiritilgan trafik tugagandan keyin trafik o‘rnatilgan tariflarga muvofiq narxlanadi.

  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda, to‘plamlarni taqdim qilish shartlari o‘zgarmaydi.

  • To‘plamlar abonent O‘zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina amal qiladi.

Ovozli to‘plamlardan (daqiqalar to‘plami) foydalanish shartlari:

  • To‘plamlar 100% chegirma bilan taqdim etiladi

  • Daqiqalar to‘plamini barcha tarif rejalaridagi jismoniy shaxslar («My Mobiuz» va O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz daqiqalar bo‘lgan yoki ovozli aloqa bo‘lmagan tariflardan tashqari (Xotirjam TT, Mobi 110/150(Yillik), Mobi Special TT, VIP Yillik, Terminal Yillik) ulashlari mumkin.

  • To‘plamga kiritilgan daqiqalar hajmi, abonentning bu davrda vaqtincha bloklashda bo‘lish muddatidan qat’iy nazar, to‘plam faollashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida sarflanishi kerak.

  • To‘plam muvaffaqiyatli faollashtirilganda SMS-bildirishnoma keladi.

  • Xarid qilingan barcha bir martalik to‘plamlar hajmi qo‘shiladi, ishlatish muddati esa oxirgi xarid qilingan to‘plamning muddati tugaguncha uzaytiriladi va xarid qilingan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

  • Tarif rejasi doirasida hisoblanadigan daqiqalar tugaganda yoki daqiqalar to‘plamining muddati o‘tganda, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.

  • Tarif rejasi o‘zgartirilganda, xarid qilingan to‘plamlarni ishlatish shartlari o‘zgarmaydi.

  • Daqiqalar to‘plamlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi.

  • Daqiqalar to‘plamlari abonent O‘zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina amal qiladi.

  • Xalqaro chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va kontent-provayderlarning xizmatlariga qo‘ng‘iroqlar belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.

  • Sarflanish tartibi: «Gap ko‘p» xizmati -> Tarif rejasi doirasidagi daqiqalar -> Xarid qilingan daqiqalar to‘plamidagi daqiqalar (Mobicoin evaziga to‘plam) -> boshqa bonus daqiqa to‘plamlari.

SMS-to‘plamlardan foydalanish shartlari:

  • SMS-to‘plam 100% chegirma bilan taqdim etiladi

  • Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tariflarda foydalanish imkoniyati mavjud («My Mobiuz» tarifidan tashqari)

  • Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va kontent-provayderlarning xizmatlariga SMS-so‘rovlar belgilangan tariflar bo‘yicha narxlanadi.

  • SMS-xabarlarning tegishli hajmi abonentning bu davrda vaqtincha bloklashda bo‘lish muddatidan qat’iy nazar, faollashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida sarflanishi mumkin.

  • To‘plamlarni xarid qilish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i kamida 10 daqiqa bo‘lishi kerak.

  • Xarid qilingan barcha to‘plamlar hajmi qo‘shiladi, ishlatish muddati esa oxirgi xarid qilingan to‘plamning muddati tugaguncha uzaytiriladi va xarid qilingan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

  • To‘plamlar abonent O‘zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina va faqat O‘zbekiston aloqa operatorlarining abonentlariga yuborish uchun amal qiladi.

  • Faollashtirilgan «SMS-to‘plam» xabarlarining qoldig‘ini bilish uchun USSD-buyruqni: 104 yoki 616018 raqamiga 3 sonli SMS-xabarni yuborish kerak.

  • Sarflanish tartibi: Tarif rejasi doirasidagi SMS -> SMS – OnNet xizmati doirasidagi SMS -> Xarid qilingan to‘plamdagi SMS (Mobicoin evaziga to‘plam) -> boshqa bonus SMS to‘plamlari.

«Tungi Drive» xizmatidan foydalanish shartlari

  • Har qanday Tungi Drive opsiyasi 100% chegirma bilan taqdim etiladi.

  • Xizmatdan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarfilarda foydalanish imkoniyati mavjud (My Mobiuz, Mobiuz 8 yil tariflaridan tashqari).

  • Xizmatning amal qilish muddati – muvofiq ravishda 1, 7 va 30 kun.

  • Bir vaqtning o‘zida uchtadan faqat bitta opsiya ulangan bo‘lishi mumkin, opsiyalar bir-birini va pullik Tungi Drive xizmatlarini istisno qiladi.

  • «Tungi DRIVE 1», «Tungi DRIVE 7» va «Tungi DRIVE 30» xizmatidan foydalanish paytida (0:00 dan 8:00 gacha) xarid qilingan internet-to‘plamlar va tarif rejalari doirasidagi to‘plamlardan MB yechib olish amalga oshirilmaydi.

  • «Tungi DRIVE» xizmatini ulash uchun abonentning balansi ijobiy bo‘lishi kerak.

  • «Tungi DRIVE» xizmati faqat bloklanmagan holatda ishlashi mumkin.

  • Tarif o‘zgartirilganda «Tungi DRIVE» xizmati saqlanib qoladi.

  • Xizmat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

  • «Tungi DRIVE» xizmati to‘g‘ri ishlashi uchun joriy sessiyani tugatish va 00:00 dan keyingi davrda yangisini boshlash kerak. Aks holda «Tungi DRIVE» xizmatining to‘g‘ri ishlashi kafolatlanmaydi.

  • «Tungi DRIVE» xizmati o‘chirilgan holatda, tariflash to‘g‘ri bo‘lishi uchun avval barcha faol Internet sessiyalarni yakunlash kerak.

  • «Tungi DRIVE» xizmati 0:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda o‘chirilgan holatda, Internet –trafik tarif rejasiga muvofiq narxlanishni boshlaydi yoki Internet-to‘plamdan (mavjud bo‘lganda) sarflanadi.

Kunlik Unlim xizmatidan foydalanish shartlari

  • «Kunlik Unlim» xizmati 100 % chegirma bilan taqdim etiladi.

  • Chegirmali «Kunlik Unlim» xizmati jismoniy shaxslar uchun pullik Kunlik Unlim xizmati bilan bir-birini istisno qiladi. Bu xizmatlardan biri faol bo‘lsa, boshqasini ulash imkoniyati mavjud emas.

  • Xizmat faol bo‘lganda, abonentga internet tarmog‘iga 1 sutka davomida cheksiz kirish imkoniyati taqdim etiladi.

  • Xizmatning amal qilish davrida, kirish tezligi 1 Mbit/s gacha cheklanadi.

  • Mobil TV, Mobicinema, Mobi music va boshqa nollik tariflash manbalaridan foydalanganda, internet tezligi 1 Mbit/s gacha cheklanmaydi.

  • Xizmatning amal qilish muddati – ulangan paytdan boshlab bir sutka. Amal qilish muddati tugagandan keyin internet sarfi belgilangan tariflar yoki ulangan to‘plamlarga muvofiq narxlanadi.

  • Xizmat ulanganda trafikni sarflash ustuvorligi – birinchi.

  • Roumingda internet belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi

  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda, xizmatni taqdim qilish shartlari o‘zgarmaydi (Istisno: Mobiuz 8 yil tarif rejasiga o‘zgartirilganda, xizmat o‘chirib tashlanadi)

  • Xizmatni ulash/o‘chirish paytida abonentning faol internet-sessiyalari uziladi.

  • Abonent bloklangan holatda, ushbu xizmat doirasida internetga kirish taqdim etilmaydi.

«Unlim» servisidan foydalanish shartlari

  • «Unlim» servisining opsiyalari 100% chegirma bilan taqdim etiladi.

  • Servis opsiyasining amal qilish muddati – ulangan paytdan boshlab 1 oy.

  • Servisning aksiya doirasida chegirma bilan ulangan opsiyalari Unlim servisining xuddi shunday pullik opsiyalari bilan bir-birini istisno qilishadi. Aksiya doirasida chegirma bilan ulangan xizmat mavjud bo‘lganda – xuddi shunday pullik xizmat ulanmaydi.

  • Servis opsiyalaridan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tariflarda foydalanish imkoniyati mavjud (My Mobiuz, Mobiuz 8 yil tariflaridan tashqari). Shuningdek:

  • Chegirmali Unlim "Messenjerlar" opsiyasidan Xotirjam 25, Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • Chegirmali Unlim "Ijtimoiy tarmoqlar" opsiyasidan Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • Chegirmali Unlim "Youtube" opsiyasidan Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • Chegirmali Unlim "Biznes" opsiyasidan Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • Chegirmali Unlim "Premium" opsiyasidan Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • Unlim servisining boshqa internet-to‘plamlar va opsiyalar orasida ishlatilish ustuvorligi – birinchi

  • Aksiya doirasida chegirma bilan ulangan Unlim servisi opsiyasining muddati tugaganda, xizmat o‘chirib tashlanadi va avtomatik ravishda uzaytirilmaydi.

  • Abonentda bir vaqtning o‘zida servisning bir nechta opsiyalari ulangan bo‘lishi mumkin.

  • Servis faqat manbalarning rasmiy mobil ilovalari va brauzerdagi rasmiy mobil versiyasida internetdan foydalanish uchun taqdim etiladi.

  • Ushbu servisdan foydalanganda ma’lumotlarni uzatish tezligi cheklanmaydi.

  • Roumingda internet belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.

  • Abonent bloklangan holatda, ushbu xizmat doirasida internetga kirish taqdim etilmaydi

  • Opsiya doirasida cheksiz manbalardan proksi-serverlar, VPN, vositachilik saytlari orqali foydalanganda trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq narxlanadi

  • Ushbu servisdan GPRS/EDGE/3G/4G/5G tarmoqlarida foydalanish imkoniyati mavjud.

  • «Kunlik Unlim» xizmati va «Unlim» servisi opsiyalaridan biri bir vaqtning o‘zida ulanganda «Kunlik Unlim» xizmati doirasidagi tezlik faqat ulangan opsiyaga kirmagan manbalar uchun cheklanadi.

  • Smartfonlar oldindan o‘rnatilgan sozlamalar bo‘yicha fon tarzida quyidagi amallarga mobil trafikni sarflashadi: tizim yangilanishlari, ilovalarning yangilanishlari, vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshq.) va ijtimoiy tarmoqlarnining ma’lumotlarini moslashtirish, hamda tahlillovchi-hisoblagichlarga. Ushbu yo‘nalishlarga internet-trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq tariflanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim qilinadigan, amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.

Mobi Cinema + TV xizmatlaridan foydalanish shartlari

  • Xizmatlar 3-jadvalga muvofiq, qisman chegirma bilan taqdim etiladi.

  • Xizmatdan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tariflarda foydalanish imkoniyati mavjud (My Mobiuz tarifidan tashqari).

  • Obuna (xizmat) faollashtirilganda abonent «mobi cinema» ilovasi doirasidagi kontentga cheklanmagan kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  • Obuna faollashtirilgan paytdan boshlab, muddati tugagunga qadar amal qiladi va Abonent holatiga bog‘liq emas.

  • Obuna faol bo‘lgan paytda, mobi cinema ilovasi va mobicinema.uz portalining web-versiyasi doirasidagi internet trafik, faol obuna ishlatilayotgan, har qanday 3 ta qurilmalarda narxlanmaydi.

  • Faol obuna (Mobi cinema-Premium, Mobi cinema-Milliy, Mobi TV) mavjud bo‘lgan holatda, xuddi shunday xizmat aksiya doirasida chegirma bilan ulangandan keyin obunaning amal qilish muddati qo‘shiladi va oxirgi ulangan xizmat muddati tugaguncha amal qiladi.

  • Aksiya doirasida chegirma bilan ulangan har qanday obunaning (Mobi cinema-Premium, Mobi cinema-Milliy, Mobi TV) amal qilish muddati tugagandan keyin xizmat o‘chirib tashlanadi va avtomatik ravishda uzaytirilmaydi.

«MOBIMANIA» AKSIYASINING TARTIBI

1.  Agar jismoniy shaxs «UMS» MCHJ abonenti bo‘lmasa, aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulanib, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishi, sodiqlik dasturining ishtirokchisiga aylanishi va pul sovrinlarining o‘ynalishida ishtirok etish uchun Mobiticket sohibi bo‘lishi kerak.

2.   Agar jismoniy shaxs «UMS» MCHJ abonenti bo‘lsa, aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishi, sodiqlik dasturining ishtirokchisiga aylanishi va pul sovrinlarining o‘ynalishida ishtirok etish uchun Mobiticket sohibi bo‘lishi kerak.

3.  Pul sovrinlarining o‘ynalishida ishtirok etish uchun abonent, sovrinlar o‘ynalishida bitta imkoniyatga teng bo‘lgan Mobiticket sohibi bo‘lishi kerak.

Mobiticket abonentga, sodiqlik dasturi doirasida to‘plangan 50 ta to‘liq Mobicoin’lar bonus xizmatlarini (sodiqlik dasturi shartlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan) ulashga bir martada almashtirilganda, avtomatik ravishda hisoblanadi.

1 ta Mobiticket = 50 ta sarflangan (bonus xizmatlarga almashtirilgan) Mobicoin’lar.

1 ta Mobiticket = noyob ID beriladigan, pul sovrinlarining o‘ynalishidagi 1 ta imkoniyat.

Mobiticket’dan foydalanish shartlari

  • bitta Mobiticket pul sovrinlarining o‘ynalishida bitta noyob imkoniyatga teng

  • Mobiticket faqat bir martada sarflangan to‘liq 50 ta Mobicoin’lar evaziga taqdim etiladi. (Agar abonent 100 ta Mobicoin’lar evaziga bonus xizmatni ulagan bo‘lsa, unga ikkita Mobiticket hisoblanadi. Agar u xizmatni 175 Mobicoin’lar evaziga ulagan bo‘lsa, unga 3 ta Mobiticket hisoblanadi).

  • abonentga evaziga Mobiticket hisoblanganda sarflangan Mobicon’lar qaytarilmaydi va tiklanmaydi

  • aksiyaning bir oyi davomida to‘plangan Mobiticket’lar faqat shu oyning pul sovrinlari o‘ynalishida ishtirok etadi

  • sovrinlar o‘ynalgandan keyin bir oyning Mobiticket’lari keyingi oyning pul sovrinlari o‘ynalishida ishtirok etmaydi

  • har bir Mobiticket o‘zining noyob ID-kodiga ega

  • har bir davr pul sovrinlarining o‘ynalishi randomayzer yordamida, aksiyaning amaldagi davrining barcha ID-raqamlari orasida o‘tkaziladi

  • aksiyaning butun davri davomida 24 ta va undan ko‘proq Mobiticket’larni to‘plagan abonentlar bosh sovrinning o‘ynalishida ishtirok etishadi. Bosh sovrinning o‘ynalishida, aksiyaning butun davri davomida to‘plangan har bir Mobiticket’ning ID-kodi qatnashadi, bu yerda bitta chipta = bitta noyob imkoniyat (masalan, abonent aksiyaning butun davri davomida 30 ta Mobiticket’larni to‘plagan, shunga muvofiq unda bosh sovrinning o‘ynalishida 30 ta noyob imkoniyat mavjud).

  • Amalga oshirilgan to‘lovdan keyin abonentga Mobicoin’lar hisoblangan va abonent ularni bonus xizmatlarini ulashga almashtirgan va buning evaziga Mobiticket olgan holatda, mablag‘larni qaytarishga so‘rov berilganda, mablag‘lar qaytarilmaydi.

  • Abonent o‘zining mobil ilovadagi profilini o‘chirib tashlagan holatda («hisobni o‘chirish» funksiyasi), aksiya davri davomida to‘plangan barcha Mobiticket’lar bekor qilinadi.

  • Raqamning egasi o‘zgartirilganda yoki raqam bekor qilingandan keyin tiklangan holatda, abonentlik raqamida avvalroq to‘plangan Mobiticket’lar bekor qilinadi va tiklanmaydi.

  • Abonent tarif rejasini, sodiqlik dasturida ishtirok etmayotgan tarif rejasiga o‘zgartirgan holatda, avvalroq to‘plangan Mobiticket’lar bekor qilinadi.  

  • Mobiuz kompaniyasi sodiqlik dasturining talablari va shartlariga mos kelmaslik, ularning buzilishi, texnik nomuvofiqliklar va abonent tomonidan frod aniqlangan holatda, abonentdagi Mobiticket’larni hisoblashni bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi.

AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

Pul sovrinlari Mobiticket’larning sohibi bo‘lgan abonentlar-ishtirokchilar o‘rtasida har oyda (aksiyaning butun davri davomida 6 marta) o‘ynaladi.

Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 000 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

  • Har oyda umumiy qiymati 150 000 000 so‘m bo‘lgan 20 ta pul sovrinlari o‘ynaladi.

  • Butun aksiyaning natijalari bo‘yicha bosh sovrin: 100 000 000 so‘m.

  • G‘oliblarning umumiy soni: 121 ta (6 oy davomida har oyda 20 ta g‘oliblar va 1 ta bosh sovrin).

  • Pul sovrinlarining o‘ynalishi, aksiya boshlangan paytdan boshlab, har kalendar oyining natijalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

  • Pul sovrinlarining o‘ynalishi, tegishli kalendar oyi davomida Mobiticket sohibi bo‘lgan barcha abonent-ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi (masalan, ikkinchi oy sovrinlari o‘ynalishining natijalari, aksiya davrining ikkinchi oyi davomida Mobiticket’lar sohibi bo‘lgan abonentlar o‘rtasida o‘tkaziladi).

Har oydagi pul sovrinlari

Pul sovrini, so‘m

G‘oliblar soni

Jami mablag‘

(so‘m)

Pul sovrini 2 000 000

5

10 000 000

Pul sovrini 3 000 000

5

15 000 000

Pul sovrini 5 000 000

5

25 000 000

Pul sovrini 10 000 000

3

30 000 000

Pul sovrini 20 000 000

1

20 000 000

Pul sovrini 50 000 000

1

50 000 000

Bir oyda jami

20

150 000 000

6 oyda jami

120

900 000 000

Bosh sovrin 100 000 000 so‘m

1

100 000 000

Aksiyaning butun davri davomida jami

121

1 000 000 000

AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Aksiyada – mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan, sodiqlik dasturining ishtirokchisi bo‘lgan va quyidagi talablarga mos keladigan abonentlar ishtirok etishlari mumkin:

  • Abonent O‘zR fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar/fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan)

  • 18 yoshga to‘lgan abonent

  • Abonent – jismoniy shaxslar uchun oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi

  • Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish davrida va Aksiya go‘liblarini aniqlash paytida amalda bo‘lgan

  • Abonentning SIM-kartasi Aksiya g‘oliblarini aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan

  • Aksiyada faqat ilovada ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy abonentlik raqamlari ishtirok etadi

  • Abonent aksiyani o‘tkazish davrida va g‘oliblarni aniqlash paytida mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan va faol foydalanuvchi bo‘lishi kerak

Aksiyada ishtirok eta olmaydiganlar:

  • Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

  • 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar

  • Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari)

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari

  • «UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar)

  • Abonentlar - Yuridik shaxslar

AKSIYANING G‘OLIBLARINI ANIQLASH

1.      Aksiya o‘tkazilgan butun davr davomida aksiya shartlarni bajargan abonentlar, pul sovrinlarining o‘ynalishida ishtirok etishadi.

2.      Bir oydagi bitta pul sovrining sohibi bo‘lgan abonent, randomayzerda uning noyob ID tanlangan holatda, boshqa pul sovrinini ham yutib olishi mumkin (joriy sovrinlar o‘ynalishi yoki boshqa oydagisida).

3.      Abonentlar aksiya haqidagi ma’lumotlar va bildirishnomalar, imkoniyatlarning soni va noyob ID kodlarni mobil ilovadagi profilda ko‘rishlari mumkin.

Har oydagi pul sovrinlarining g‘oliblarini aniqlash

  • G‘oliblar kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda, jonli efirda aniqlanadi

  • Jonli efirning sanasi va vaqti kompaniya saytida e’lon qilinadi.

  • G‘oliblarni aniqlash tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning Mobiticket ID-kodlari butun ko‘lami orasida o‘tkaziladi.

  • Har bir toifadagi pul sovrinlarining (2, 3, 5, 10, 20, 50 mln.) g‘oliblari navbatma-navbat aniqlanadi, tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga «takrorlashlarsiz» tugmasi bosilgan holda, barcha ID-kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi. Sovrinli ID kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – pul sovrinining sohibi hisoblanadi. Shuningdek, barcha yutuqli ID-kodlar navbatma-navbat ekranda ko‘rsatiladi.

  • Pul sovrinlarining bitta toifasida g‘olib bo‘lgan ID-kod, boshqa toifada ham g‘olib bo‘lishi mumkin, bir oy natijalari doirasida pul sovrinlarining keyingi toifasi o‘ynalishida, hech qanday ID-kodlar o‘chirib tashlanmaydi.

  • Pul sovrinlarining har bir toifasida (2, 3, 5, 10, 20, 50 mln.) g‘oliblar aniqlangandan keyin boshlovchi ularning biri yoki bir nechtasi bilan telefon orqali bog‘lanadi.

  • Aksiya oxirgi oyining g‘oliblari, 100 000 000 so‘m bosh sovrinning sohibi bilan birga aniqlanadi.

Bosh pul sovrini go‘libi - 100 000 000 so‘m sohibini aniqlash va aksiya oxirgi oyining natijalarini chiqarish.

  • Bosh sovrin sohibi va oxirgi oy g‘oliblarini aniqlash, aksiyaning butun davri tugagandan keyin o‘tkaziladi.

  • Joy va vaqt Operator tomonidan belgilanadi, o‘tkazish sanasi haqidagi ma’lumot saytda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki mobil ilovada e’lon qilinadi.

  • Har bir toifadagi pul sovrinlarining (2, 3, 5, 10, 20, 50 mln.) g‘olbilari navbatma-navbat aniqlanadi, tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga «takrorlashlarsiz» tugmasi bosilgan holda, barcha ID-kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi. Sovrinli ID kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – pul sovrinining sohibi hisoblanadi. Shuningdek, barcha yutuqli ID-kodlar navbatma-navbat ekranda ko‘rsatiladi.

  • Pul sovrinlarining bitta toifasida g‘olib bo‘lgan ID-kod, boshqa toifada ham g‘olib bo‘lishi mumkin, bir oy natijalari doirasida pul sovrinlarining keyingi toifasi o‘ynalishida, hech qanday ID-kodlar o‘chirib tashlanmaydi.

  • Pul sovrinlarining har bir toifasida (2, 3, 5, 10, 20, 50 mln.) g‘oliblar aniqlangandan keyin boshlovchi ularning biri yoki bir nechtasi bilan telefon orqali bog‘lanadi.

  • Pul sovrinlarining (2, 3, 5, 10, 20, 50 mln. so‘m) g‘oliblari aniqlangandan keyin g‘olib - 100 mln. so‘m bosh pul sovrini sohibi aniqlanadi.

  • Bosh sovrinning o‘ynalishida aksiyaning butun davri davomida 24 ta va undan ko‘proq Mobiticket’larni to‘plagan abonentlar ishtirok etishadi. Sovrin o‘ynalishida, aksiyaning qaysi oyida olinganidan qat’iy nazar, Mobiticket’larning barcha noyob ID-kodlari ishtirok etadi.

  • Avvalgi davrlarda har qanday pul sovrinlarini yutib olgan abonent ham, bosh sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega.

  • Aksiyaning g‘olibi – bosh sovrin sohibini aniqlash ham tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

  • Boshlovchi shartlarga mos keladigan barcha ID-kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi. G‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib-ID kod yutuqli hisoblanadi.

  • Sovrinli ID-kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – 100 mln. so‘mlik bosh sovrinning sohibi hisoblanadi.

G‘oliblarni aniqlash jarayonining qo‘shimcha shartlari:

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlashning butun jarayoni Mobiuz ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda uzatiladi.

  • Aksiyaning g‘oliblarini aniqlash jarayoni Mustaqil komissiya tomonidan kuzatib turiladi.

PUL SOVRINLARINI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYI VA SHARTLARI

1. Kompaniya yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, Aksiya G‘oliblariga yutuq hajmidagi pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2. Aksiya g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, yutuqni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (7-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

3. Yutuqni olish uchun faqat Aksiya g‘olibi– yutuqli ID kod biriktirilgan Mobiuz abonent raqami nomida bo‘lgan, jismoniy shaxs da’vogarlik qilishi mumkin.

4. “UMS” MChJ soliq va yig‘imlarni, Aksiya sovrin jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, yutuqdan ushlab qolinadi.

5. Aksiya g‘olibi pul sovrinlarini olish haqidagi xohishini, o‘zi bilan barcha kerakli hujjatlari bo‘lgan holda (7-bandni qarang), faqat “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga bildirishi mumkin.

6. Agar G‘olib belgilangan muddatlarda “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga yutuqni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi. Yutuq pul mablag‘idan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, Aksiya G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

7. Sovrinni olishdan oldin Aksiya g‘olibi “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun) yoki ID-karta.

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun) yoki ID-karta.

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun)

  • JShShIR

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi

  • bank hisob raqamining rekvizitlari

  • G‘olibning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazishga rozilik haqidagi shaklni jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza bilan birga

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishi kerak.

Video/foto tasvirga olishga rozilik haqidagi, qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar, bank rekvizitlari va G‘olibning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini, jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza bilan birga o‘tkazishga rozilik shakllari abonent tomonidan kompaniya ofisida to‘ldiriladi.

Da’vogarning (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) "UMS" MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar bilan qarindoshligi, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani Aksiya doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

8. Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

9. G‘olib pul sovrinini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart. Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

10. Pul sovrinini rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

11. “UMS” MChJ pul mablag‘i va sovrinlarni naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

12. Aksiya g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda, yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

13. “UMS” MChJ G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

14. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarda mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘olib ID raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;

  • g‘olibning yutuqli ID kodi biriktirilgan abonent raqami, qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish paytida bandlangan holatda bo‘lishi.

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

IZOHLAR

1. Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, har qanday taqiqlanmagan shakldagi- qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi.

2. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni, mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

3. “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g‘oliblari – Aksiya Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4. “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5. “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

6. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali, Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Sovrinlarni olish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7.  “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi.

8.  Aksiya o‘tkazilishi to‘xtatilgan holatda “UMS” MChJ mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.

Ro'yxatga qaytish