Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Qo‘shimcha!» aksiyasi

Aksiyaning amal qilish davri: 10.06.2024y. dan 30.06.2024y. gacha (shu jumladan).

Aksiyadan Toshkent, Andijon, Guliston, Termiz, Jizzax, Namangan, Qarshi shaharlarida foydalanish imkoniyati mavjud.

     Abonentga «Jozibali 35», «Jozibali 50», «Shunchaki 35», «Shunchaki 40», «Shunchaki 50», «Xotirjam 40», «Xotirjam 60», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100» tarif rejalariga ulanganda, qo‘shimcha ravishda, xuddi shunday tarif rejasiga yana bitta abonent raqamini, birinchi oy uchun abonent to‘lovi qiymatiga 100% chegirma taqdim etilishi bilan ulash imkoniyati taqdim etiladi.

  • Ikkinchi SIM-kartadagi tarif rejasiga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlari to‘liq hajmda beriladi.

  • Raqam faollashtirilgandan keyin, 24 soat davomida, tarif rejasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.  

  • Ikkinchi SIM-kartani ulagan paytdan, to‘liq bir oy muddat o‘tgandan so‘ng, barcha keyingi oylar/kunlar uchun abonent to‘lovi to‘liqligicha (chegirma taqdim etilmagan holda) hisoblanadi. Abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlari oy/kun uchun belgilangan to‘liq hajmda beriladi.

  • Tarif rejasi aksiyadan ishtirok etuvchi tariflardan boshqalariga o‘zgartirilganda, yangi tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘liqligicha to‘lanadi.

   

Ro'yxatga qaytish