Hukumat aloqasi

Chop etish versiyasi

Hukumat mobil aloqa tizimi 2018-yilning 18-aprelida qabul qilingan PQ-3673-sonli “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, 2018-yilning 21-noyabrida qabul qilingan PQ-4022-sonli “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va 2018-yilning 13-dekabrida qabul qilingan PF-5598-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida joriy qilingan. Hukumat mobil aloqasini joriy qilish bo‘yicha mas’ul organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

Maxsus hukumat mobil aloqasi foydalanuvchilarning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularga telefon qo‘ng‘iroqlari, yuborilayotgan va olinayotgan ma’lumotlarni himoyalovchi, abonentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ochiqlanishidan saqlovchi yagona platformada xizmat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan byudjet mablag‘larining tejalishi ta’minlanadi.

Hukumat mobil aloqasini joriy qilish va PF-5598-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 7 bandini bajarish maqsadida «Universal Mobile Systems» MChJ tomonidan davlat xizmatchilarini hukumat mobil aloqasiga ulash uchun uchta imtiyozli tarif rejalari tayyorlandi. Ularni ishlab chiqishda davlat organlari xizmatchilarining qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va mobil Internetdan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olindi. Davlat xizmatchilari «Xizmat 1», «Xizmat 2», «Xizmat 4», «Xizmat 5» tarif rejalariga ulanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat mobil aloqasi tizimi, shuningdek, maxsus messenjerdan foydalanishni nazarda tutadi. U tezkor aloqaning idoralararo timizi bo‘lib, messenjerda barcha idoralarning tuzilmaviy joylashuvi shakllangandan so‘ng tashkilot profili yaratilishi natijasida qo‘shimcha xizmat sifatida taqdim etiladi.

PF-5598-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, hukumat mobil aloqasi tizimi davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanilishi majburiy hisoblanadi.

Davlat xizmatchilari uchun “Xizmat 1”, “Xizmat 2”, “Xizmat 4”, “Xizmat 5” tarif rejalari

Tarif rejasi

Har oyda taqdim etiladi

 Abonent to‘lovi

Daq.

MB

SMS

Xizmat 1

500

4 000

500

420 000 so‘m/yiliga    

Xizmat 2

1 500

12 000

1 500

840 000 so‘m/yiliga  

Xizmat 4

500

4000

500

35 000 so‘m/oyiga 

Xizmat 5

1500

12000

1500

70 000 so‘m/oyiga 



Qo‘shimcha ma’lumot

 

O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi (berilgan miqdordan tashqari)

105,26  so‘m 

MOBIUZ abonentlariga

105,26 so‘m 

O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

105,26 so‘m 

Shahar raqamlariga

O‘zbekiston bo‘yicha 1 ta SMS-xabar (berilgan miqdordan tashqari)

0 so‘m 

Kiruvchi SMS-xabar

84,2 so‘m 

Chiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga

84,2 so‘m 

Chiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

631 so‘m 

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*

 

Internetning 1 MB trafigi

210,52 so‘m 

Internetning 1 MB trafigi

Shartlar:

- Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

-Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi.Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.

- Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB

- Daqiqa, MB va SMS to‘plamlari (TR abonent to‘lovi doirasidagi) 1 kalendar oylik muddatga taqdim etiladi. Yangi to‘plamlar har oyning birinchi sanasida beriladi.

- Foydalanilmagan MB,SMS va daqiqalar keyingi oyga o‘tkazilmaydi.

-«Xizmat» tarif rejalaridan boshqa tariflarga o‘tilganda, tarif rejasiga kiritilgan  Mb, SMS va daqiqalar bekor qilinadi.

- Agar raqam 90 kalendar kuni davomida bloklangan (balans  manfiy bo‘lgan )bo‘lsa, kompaniya abonent bilan kompaniya o‘rtasidagi shartnomani bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi va bu holatda xizmatlarni ko‘rsatish tugatiladi;

- «Xizmat» tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud. Abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan tariflarga o‘tish narxi - 0 so‘m, abonent to‘lovi kamroq bo‘lgan tariflarga o‘tish narxi – 4210,35 so‘m.  

- «Xizmat 4», «Xizmat 5» tarif rejalaridagi abonent to‘lovi oyiga bir marta, har kalendar oyining birinchi kunida yechib olinadi.  Ushbu tarif rejalariga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda, abonent to‘lovi kalendar oyida qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda yechib olinadi.

  - «Xizmat 1», «Xizmat 2» tarif rejalarida abonent to‘lovi yiliga bir marta, ulanish amalga oshirilgan kunda- to‘liq hajmda yechib olinadi. «Xizmat 1», «Xizmat 2» tarif rejalariga yangi ulanilganda, tarif rejasiga kiritilgan  Mb, SMS va daqiqalar  joriy kalendar oyida qolgan kunlarga mutanosib ravishda beriladi. Keyin 12 oy davomida oyning har birinchi kunida beriladi.

- «Xizmat 1», «Xizmat 2» tarif rejalaridan tarif rejasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish muddati tugamasidan oldin  har qanday boshqa tarif rejasiga o‘tilganda, yechib olingan abonent to‘lovi qaytarilmaydi, ushbu tarif rejasining shartlari bo‘yicha berilgan megabaytlar, SMS va daqiqalar bekor qilinadi va boshqa tarif rejasining xizmatlar to‘plami bilan qo‘shilmaydi ;

- Abonentlik shartnomasi «Xizmat 1», «Xizmat 2» tarif rejalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish muddati tugamasidan oldin bekor qilinsa, yechib olingan abonent to‘lovi  to‘g’irlanmaydi va qaytarilmaydi, ushbu tarif rejasining shartlari bo‘yicha berilgan megabaytlar, SMS va daqiqalar bekor qilinadi, ishlatilmagan xizmatlar hajmi,pul mablag’lari bilan qoplab to‘lanmaydi.