«SIMni eSIMga onlayn tarzda almashtirish» xizmati - ofisga tashrif buyurmagan holda, joriy SIM-karta yoki eSIMni yangisiga almashtirish imkoniyati.
Talabnomani rasmiylashtirish uchun quyidagi shaklni to‘g‘ri to‘ldirish, kerakli fayllarni ilova qilish va imzo qo‘yish kerak. Arizangizni to‘ldirganingizdan va yuborganingizdan so‘ng, siz ko‘rsatgan elektron pochta manziliga tasdiqlovchi elektron pochta xabarini olasiz. Iltimos, elektron pochta manzilingiz to‘g‘ri ko‘rsatilganini tekshiring.
- SIM-kartani almashtirishning narxi 20 000 so‘m (QQS bilan). To‘lovni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ bo‘lgan holatda, balansdan yechib olinadi.
- Raqam bloklangan holatda bo‘lgan holatda, "SIM-kartani almashtirish" xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
- Balansda xizmat uchun to‘lovni yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak.
- «Faxriy», «Mobiuz bilan birga» TR va yillik tariflar uchun SIM-kartani almashtirishning narxi - 0 so‘m.
- Skanerlangan nusxalar va rasmlar yaxshi sifatda bo‘lishi kerak.
- Talabnomani ko‘rib chiqish muddati uch ish kunini tashkil qiladi. Operator uch ish kuni ichida elektron pochta yoki qo‘ng‘iroq yordamida Siz bilan bog‘lanadi.
- Operator berilgan QR-kodning abonent tomonidan toʻgʻri faollashtirilishi va eSIM profilining yuklanishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.