Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun «Welcome 500 Mb» internet-to‘plami!

Foydalanuvchi Mobiuz mobil ilovasida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tganda, 500 MB bonusli to‘plamini ulashi mumkinligini, ma’lum qilishdan mamnunmiz!

To‘plamni ilovada ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir hafta ichida faollashtirish mumkin.

To‘plamning amal qilish muddati, ulangan paytdan boshlab 30 kun.

To‘plamdagi trafik qoldig‘ini *102*0# USSD buyrug‘ini terib tekshirish mumkin.

Mobil ilovani Play market va Appstore orqali yuklab olish mumkin.

Ilovani yuklab olish 

 

Shartlar:

  • «Welcome 500 Mb» to‘plamidan foydalanish imkoniyati, faqat ilovada birinchi marta ro‘yxatdan o‘tayotgan foydalanuvchilarda mavjud.

  • «Welcome 500 Mb» to‘plamidan foydalanish imkoniyati  faqat jismoniy shaxslarda mavjud.

  • To‘plamni ilovada ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir hafta ichida faollashtirish mumkin.

  • Internet-toplamlardan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.

  • «Welcome 500 Mb» internet-to‘plami trafikining hajmi, boshqa ulangan to‘plamlarning hajmi bilan qo‘shilmaydi.

  • Belgilangan trafik tugaganidan keyin, trafik belgilangan narxlar bo‘yicha narxlanadi.

  • Bir vaqtning o‘zida tarif rejasi va Internet-to‘plami bo‘yicha beriladigan, ishlatilmagan megabaytlar mavjud bo‘lsa, avval tarif rejasidagi megabaytlar sarflanadi.

Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

  • Kunlik internet-to‘plam - > Tarif rejasi doirasidagi trafik - > OnNet xizmati doirasidagi trafik -> Oylik internet-to‘plam > Welcome 500 Mb> boshqa to‘plamlar

       Internet-to‘plamlarning 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

  • Tungi internet-to‘plam -> Kunlik internet-to‘plam-> Tarif rejasi doirasidagi trafik-> OnNet bo‘yicha trafik -> Oylik internet-to‘plam -> Welcome 500 Mb> boshqa to‘plamlar

  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda to‘plamlarni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.

  • To‘plamlar abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina amal qiladi.

  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Ro'yxatga qaytish