Xizmat tarmoq qamrovi hududiga kiruvchi manzilda yashovchi jismoniy shaxslar — yangi abonentlar, amaldagi abonentlar hamda «Xotirjam100» tarif rejasiga o‘tgan abonentlar uchun mavjud. FTTx tarmog‘i qamrovi xaritasi
Ma’lumotlar uzatish tezligi — 100 Mbit/s gacha.
«Mobiuz’dan uy interneti» xizmatini ulash uchun jismoniy shaxslar — abonentlar «Xotirjam 100» tarif rejasiga ulanishlari yoki ushbu tarif rejasiga o‘tishlari lozim;
«Xotirjam 100» tarif rejasida «Mobiuz’dan uy interneti» xizmatidan foydalanuvchi abonentlar uchun quyidagilar mavjud emas:
- tarif rejasini o‘zgartirish;
- abonent to‘loviga har qanday chegirmalarni taqdim etish;
- raqam egasini o‘zgartirish;
- «Yillik abonent to‘lovi» xizmati;
- MNP orqali raqamni ko‘chirish;
FTTx texnologiyasi asosidagi «Mobiuz’dan uy interneti» xizmati 0 so‘m narxda taqdim etiladi.
Abonent faqat «Xotirjam 100» tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini to‘laydi — oyiga 100 000 so‘m.



