Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«Mobi Bonus» aksiyasi

Ushbu xizmat aksiya shaklida o‘yin mexanikasi bilan interaktiv web-portalni taqdim etadi.

“Mobi Bonus” aksiyasi sizga balansingizni to‘ldirish va veb-portalga kundalik obuna orqali ballar va sovrinli skretch-kartalar shaklida mukofotlar olish imkonini beradi.

Shuningdek, xizmat obunachilariga har kuni xizmatning kundalik narxi to‘langandan so‘ng, kunning fakti va motivatsion matnni o‘z ichiga olgan bitta SMS-xabar yuboriladi.

mobibonus.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, mobil qurilmangiz ekranida virtual himoya qatlamini o‘chirib, sovriningizni olishingiz mumkin. Sovrin jamg‘armasi 3 darajaga bo‘linadi (Klassik jamg‘arma, Elit jamg‘arma, Premium jamg‘arma).

Xizmat barcha brauzerlarda mavjud va o‘rnatishni talab qilmaydi.

Xizmat o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

“Mobi Bonus” xizmati kundalik pullik obuna asosida amalga oshiriladi (2199 so‘m/kun, QQS bilan hisoblanganda). Xizmatga obuna har kuni abonent to‘lovi evaziga yangilanadi, bu to‘lov evaziga foydalanuvchi 3 ta skretch-karta, 900 ball va sovrinlar olish uchun skretch-kartalardan foydalanish huquqini oladi. Xizmat qoidalari, shartlari va narxi haqidagi ma’lumotlar xizmat portalining “Shartlar” bo‘limida joylashtirilgan.

Agar balansda obunaning to‘liq narxi 2199 so‘mni yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, to‘lov qisman yechib olinadi va har bir muvaffaqiyatli yechib olingan 733 so‘m uchun foydalanuvchiga 1 ta skretch-karta va 300 ball beriladi.

To‘ldirishlar uchun hisoblanadigan ballar soni to‘ldirish summasiga bog‘liq. Skretch-kartalar va to‘ldirish uchun ballar quyidagi jadvalga muvofiq hisoblanadi:

To‘ldirish summasi (so‘m)

Skretch-kartalar va Ballar

20 000 dan 40 000 gacha

1 skretch-karta, 100 ball

40 001 dan 60 000 gacha

1 skretch-karta, 200 ball

60 001 va undan yuqori

1 skretch-karta, 300 ball

Xizmatga faol obuna bo‘lgan holda, siz to‘ldirishlaringiz uchun 2 barobar ko‘proq ball olasiz va to‘liq obuna narxi uchun kuniga qo‘shimcha 3 ta skretch-karta, qisman yechib olish uchun esa 1 ta skretch-karta olasiz.

Xizmatga obuna bo‘lganlarga quyidagi jadvalga muvofiq ballar va skretch-kartalar taqdim etiladi:


Summa

To‘ldirish (so‘m)

Skretch-kartalar va Ballar (obunachi emas)

Skretch-kartalar va Ballar (obunachi)

20 000 dan 40 000 gacha

1 skretch-karta, 100 ball

2 skretch-karta, 200 ball

40 001 dan 60 000 gacha

1 skretch-karta, 200 ball

2 skretch-karta, 400 ball

60 001 va undan yuqori

1 skretch-karta, 300 ball

2 skretch-karta, 600 ball


To‘plangan ballar va skretch-kartalar sonini bilish uchun 7000 qisqa raqamiga INFO buyrug‘i bilan SMS-xabar yuboring. Bu ma’lumot foydalanuvchi tizimga kirganda va uning profil sahifasida ham ko‘rsatiladi.

Skretch-kartalarning amal qilish muddati 24 soatni tashkil qiladi. 24 soat o‘tgandan so‘ng, undan oldingi 24 soat ichida ishlab topilgan foydalanilmagan/yoki ishlatilgan skretch-kartalar bekor qilinadi. To‘plangan ballar bekor qilinmaydi.

To‘ldirishlar uchun ballar to‘ldirishdan keyin bir muncha vaqt o‘tib hisobingizga tushadi va siz olingan ballar va sovrinli skretch-kartalar haqida SMS-xabar orqali xabardor qilinasiz.

Agar siz to‘ldirishdan so‘ng ballar yoki aksiya haqidagi SMS-xabarlarni olishni xohlamasangiz, 7000 qisqa raqamiga “SMS Off” matni bilan SMS yuborib, SMS-xabarlarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, yoki yana qayta ulash uchun “SMS On” matni bilan SMS yuboring.

Xizmatni boshqarish jarayoni.

Obunani faollashtirish:

  • WEB-portal orqali: http://mobibonus.uz/ saytiga o‘tish orqali;
  • SMS orqali: 7000 qisqa raqamiga “Start” yoki “Bonus” matnini yuborish.
  • USSD-so‘rov orqali: *7000# kodini terish.

Obunani bekor qilish:

  • mobibonus.uz portalidagi “Profil” bo‘limi orqali.
  • SMS orqali: 7000 qisqa raqamiga “Stop” matnini yuborish;
  • USSD-so‘rov orqali: 70000# kodini terish.

Xizmat raqamlari 7000 (SMS), *7000# (USSD) axborot xabarlarni yetkazish va kontent xizmatini boshqarish (obuna bo‘lish, obunadan chiqish) uchun ishlatiladi.

Obuna tariflanishi 77011 (SMS) va 77012 (SMS) servis raqamlari orqali amalga oshiriladi.

Mavjudlik: jismoniy shaxslar uchun tarif rejalarida.

Internet-trafikni sarflash ustuvorligi:

  • Soat 8:00 dan 00:00 gacha sarflash ustuvorligi:

Kundalik internet-to‘plam -> haftalik internet-to‘plam (“Mobi Bonus” aksiyasi doirasidagi to‘plam) -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam (sotib olingan) -> oylik internet-to‘plam (“Mobi Bonus” aksiyasi doirasidagi to‘plam) -> boshqa to‘plamlar.

  • Soat 00:00 dan 8:00 gacha foydalanish ustuvorligi:

Tungi internet-to‘plam -> kundalik internet-to‘plam -> haftalik internet-to‘plam (“Mobi Bonus” aksiyasi doirasidagi to‘plam) -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam (sotib olingan) -> oylik internet-to‘plam (“Mobi Bonus” aksiyasi doirasidagi to‘plam) -> boshqa to‘plamlar.

SMS-trafik sarflash ustuvorligi:

Haftalik SMS-to‘plami (Mobi Bonus aksiyasi doirasidagi to‘plam) → tarif rejasi doirasidagi SMS-trafik → boshqa bonus SMS-to‘plamlari.

Shartlar:

  • Faollashtirilgan Internet-to‘plamdagi qolgan trafik hajmini bilish uchun *102*0# USSD-kodini yuborish yoki 616019 raqamiga 3 raqami bilan SMS-xabar yuborish kerak;
  • Faollashtirilgan SMS-to‘plamdagi qolgan SMS hajmini bilish uchun *104*0# USSD-kodini yuborish kerak;
  • Internet-to‘plamdan foydalanish uchun, agar u avval o‘chirilgan bo‘lsa, “Mobil internet” xizmatini faollashtirish kerak;
  • SMS-to‘plamdan foydalanish uchun, agar u avval o‘chirilgan bo‘lsa, “Qisqa xabarlar xizmati”ni faollashtirish kerak;
  • To‘plamlarni ulash faqat to‘plam faollashtirilgandan so‘ng abonent hisobi musbat bo‘lsa mumkin;
  • Ushbu aksiya doirasidagi bonus MB va SMS hajmi keyingi faollashtirilgan bonus SMS va internet-to‘plamlar bilan qo‘shiladi;
  • Foydalanish muddati oxirgi faollashtirilgan to‘plamning tugash muddatigacha uzaytiriladi;
  • Xizmat ko‘rsatish rejasini o‘zgartirganda to‘plamlarni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi;
  • Bonus MB va SMS soni cheklangan. Operator SMS va internet-to‘plamlarni faollashtirishni muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati telefoni: 0890.
Ro‘yxatga qaytish