Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«Smartfon uchun chegirma» aksiyasi

Endi Samsung, Apple, Honor, Xiaomi va Infinix elektron qurilmalarini Mobiuz savdo ofisida yanada qulay shartlarda xarid qilishingiz mumkin!

Samsung, Apple, Honor, Xiaomi yoki Infinix smartfonini Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy (Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi) manzilidagi promo nuqtada xarid qilganingizda, Sizga «Mazza 70» tarif rejasiga ulanish uchun 3 oy davomida abonent to‘lovi 100% chegirma bilan taqdim etiladigan sertifikat beriladi.

Aksiya 2026-yil 19-maydan 2026-yil 31-avgustgacha (shu jumladan) amal qiladi.

Bonusni qanday olish mumkin:

1.  Smartfonni maxsus savdo nuqtasidan xarid qiling.

2.  Sertifikatni oling.

3.  «Mazza 70» tarif rejasiga 100% chegirma bilan ulanish uchun Mobiuzning istalgan savdo va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qiling hamda sertifikatni taqdim eting.

Aksiya bo‘yicha smartfonni qayerdan xarid qilish mumkin:

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy (Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi).

Aksiya shartlari:

  • «UMS» MChJ savdo nuqtalarida beriladigan qo‘shimcha sovg‘alar uchun javobgar hisoblanmaydi;
  • yangi abonentlarga «Smartfon uchun chegirma» aksiyasi doirasidagi chegirma raqam ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab taqdim etiladi;
  • amaldagi abonentlarga «Smartfon uchun chegirma» aksiyasi doirasidagi chegirma keyingi abonent to‘lovi yechib olinganidan boshlab taqdim etiladi;
  • telefon yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi savdo nuqtasiga qaytarilgan taqdirda, «Smartfon uchun chegirma» aksiyasi doirasidagi chegirma bekor qilinadi. Keyingi abonent to‘lovlari tarif rejasi shartlariga muvofiq to‘liq hajmda yechib olinadi;
  • «Smartfon uchun chegirma» aksiyasi doirasidagi chegirma mavjud bo‘lganda «Restart» xizmatini faollashtirish imkoniyati mavjud emas;
  • chegirma faollashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) to‘liq oy o‘tgach, abonent to‘lovi tarif rejasi shartlariga muvofiq to‘liq hajmda yechib olinadi;
  • «Smartfon uchun chegirma» aksiyasi doirasidagi chegirma mavjud bo‘lganda tarif rejasini o‘zgartirish faqat kompaniya ofislarida yoki +998 97 130 09 09 hamda 0890 raqamlari orqali Call-markazga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Yangi tanlangan tarif rejasiga chegirma taqdim etilmaydi;
  • aksiya doirasidagi ulanish Mobiuzning o‘z ofisiga murojaat qilingan paytda ulanish uchun mavjud bo‘lgan tarif rejasiga amalga oshiriladi.

Aksiya doirasidagi abonent to‘loviga 100% chegirma quyidagi xizmatlar bilan bir vaqtda taqdim etilmaydi:

1. «Yillik abonent to‘lovi»;

2. «Raqamni egasini o‘zgartirish»;

3. «Raqamni tiklash».

Mobiuz abonentlari uchun qo‘shimcha imkoniyat

«Mazza 70» tarif rejasiga yangi ulanishda abonentlarga HONOR 400 yoki HONOR 600 smartfonlarini Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy manzilidagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazida xarid qilish uchun 300 000 so‘m chegirma taqdim etiladi.

Taklif 2026-yil 31-avgustgacha (shu jumladan) amal qiladi.

Muhim! 300 000 so‘mlik chegirma va «Mazza 70» tarif rejasidan 3 oy davomida bepul foydalanish uchun sertifikatdan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Abonent ushbu takliflardan faqat bittasidan foydalanishi mumkin.

Ro‘yxatga qaytish