Xizmat barcha suhbatlar, qabul qilingan va jo‘natilgan SMS-xabarlar (ularning mazmuni EMAS), sarflangan Internet-trafik va turli foydalanilgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi.
Qanday qilib olish mumkin?Jismoniy shaxslar.
- Kompaniya markaziy ofislarida, shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda.
Yuridik shaxslar.
Kompaniya markaziy ofislarida, quyidagi hujjatlar mavjud bo’lganda:
- Firma blankasida rahbar imzosi va muhr bilan xat
- Xizmatga murojaat qilgan shaxsga berilgan ishonchnoma
- Ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Narxi qancha?
Jismoniy shaxslar.- Ofisda - 150 000 so‘m (oyning 1-sanasidan 31-sanasigacha bo‘lgan istalgan o‘tgan davr uchun)
Yuridik shaxslar.
- Ofisda - 150 000 so‘m (oyning 1-sanasidan 31-sanasigacha bo‘lgan istalgan o‘tgan davr uchun)
Izohlar
Hisob tafsilotlarini ofisda oyning 1-sanasidan 31-sanasigacha bo‘lgan istalgan o‘tgan davr uchun buyurtma qilish mumkin.
Agar abonentga 31 kundan ortiq muddat uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobot kerak bo'lsa, u bir nechta davr uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotga buyurtma berishi va har biri uchun alohida to'lov amalga oshirishi mumkin.
Abonent Operator bilan tuzilgan Shartnomaning amal qilish muddati davomida o’zining Operatorga yo’llangan yozma arizasi asosida, foydalanilgan aloqa xizmatlari va Shaxsiy (elektron) hisobidagi mablag'larning sarflanishi haqida Operator tomonidan belgilangan tariflar bo’yicha batafsil ma'lumotlarni olishga haqli.
Narxlar barcha soliqlarni inobatga olgan holda ko’rsatilgan.