Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Raqamni aniqlashga qarshilik

Raqamni aniqlashga qarshilik xizmati abonentga istalgan Mobiuz abonenti telefon raqamiga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarda o‘z tеlеfon raqamini aniqlashni taqiqlash yoki ruxsat berish imkonini beradi. Boshqa tarmoqlar abonеntlariga, jumladan, shahar umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarda raqamni aniqlashni taqiqlash kafolatlanmaydi.

   Chaqiruvchi abonеntda  raqamni aniqlashga qarshilik xizmati faollashganda chaqiriluvchi abonеnt uning tеlеfon raqamini aniqlay olmaydi.

Narxi qancha?

«Raqamni aniqlashga qarshilik»xizmatidan foydalanish:

Abonentlik to‘lovi- kuniga 500 so‘m 

«Raqamni aniqlashga qarshilik» ulanish/xizmatni o‘chirish - bepul.

Xizmatga qanday ulanish mumkin ?

  • USSD-buyruq – *111*0101#
  • SMS-yordamchi –616010 raqamiga 1 raqami
  • Internet-yordamchi;

Xizmatni o‘chirish

  • USSD-buyruq – *111*0100#
  • SMS-yordamchi –616010 raqamiga 0 raqami
  • Internet-yordamchi;

Agar xizmat uchun to‘lovni amalga oshirishga balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xizmat vaqtincha taqdim etilmaydi. Bunda raqam faol holatda qoladi va bloklanmaydi.

Balans zarur miqdorga to‘ldirilgandan so‘ng xizmat qayta taqdim etila boshlaydi va undan foydalanish imkoniyati tiklanadi.

Agar mablag‘ yetishmasligi sababli xizmat vaqtincha taqdim etilmasa, uni istalgan vaqtda o‘chirish mumkin.

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Ro‘yxatga qaytish