Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«Mutaxassis chaqirish» xizmati

Qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, raqam ulash uchun sotuv ofisiga tashrif buyurish zaruratini istisno etgan holda vaqtni tejash imkonini beradi.

Raqam ulash uchun ariza qoldirishning o‘zi kifoya, shundan so‘ng mutaxassis qulay vaqtda ko‘rsatilgan manzilga tashrif buyurib, SIM-kartani yetkazib beradi. Joyning o‘zida ulanishni rasmiylashtirish, maslahat olish va raqamni faollashtirish mumkin.

Raqam ulash uchun arizani 97 130 09 09 raqami orqali Ma’lumot-axborot bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilish orqali rasmiylashtirish mumkin. 

Xizmatning narxi

«Mutaxassis chaqirish» xizmatining narxi — 50 000 so‘m

  • Xizmat uchun to‘lov SIM-karta yetkazib berilishidan oldin amalga oshiriladi
  • Buyurtma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab SIM-karta 1-5 ish kuni ichida yetkazib beriladi

Xizmatni taqdim etish shartlari:

  • SIM-karta faqat buyurtmani rasmiylashtirgan shaxsga topshiriladi
  • Yetkazib berish vaqtida abonent ko‘rsatilgan manzilda bo‘lishi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak
  • Vakolatli xodim SIM-karta topshirilganligini tasdiqlash maqsadida suratga oladi
  • Kompaniya xodimi yetib kelganida abonent ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmasa yoki aloqaga chiqmasa, ariza bekor qilinadi. «Mutaxassis chaqirish» xizmati uchun to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi