Va’da qilingan to‘lov
Chop etish versiyasiUshbu xizmat aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun, o‘z hisob varag‘iga kelgusidagi to'lov hisobidan 3 kunlik muddatga mablag‘ olish imkonini beradi.
Xizmatni faollashtirishning narxi va usuli:
Hisob varag‘iga tushadigan mablag‘ (so‘m) |
Faollashtirish narxi (so‘m) |
Faollashtirish kodi |
---|---|---|
2 500 |
500 |
*111*32*2500# |
5 000 |
1000 |
*111*32*5000# |
10 000 |
2000 |
*111*32*10000# |
15 000 |
2500 |
*111*32*15000# |
Xizmatni faollashtirgandan keyin Siz:
«Va’da qilingan to‘lov" xizmatidan foydalanishga so'rov yubordingiz.Siz bu xizmatdan foydalanganingizda qarzni qaytarish majburiyatini olasiz. Yoqish uchun 1 raqamini kiriting» degan SMS-xabar olasiz.
Holatni tekshirish uchun *111*320# USSD buyrug‘ini terish zarur.
Javob variantlari:
«Va’da qilingan to‘lov» uchun qarzingiz yo‘q.
«Va’da qilingan to‘lov» xizmati faol holatda. Xizmatdan foydalanish uchun to‘lov,faollashtirish sanasidan 3 kun o‘tgach, sizning hisob varag‘ingizdan yechib olinadi.
- «Va’da qilingan to‘lov» xizmatining amal qilish muddati tugagandan keyin (yoki hisob to’ldirilganda) o’tkazib berilgan mablag’ va xizmatni faollashtirish uchun belgilangan to’lov hisob varag’idan yechib olinadi va balans ko‘rsatib o‘tilgan summaga kamayadi.
- Abonentlar ushbu xizmatdan bloklangan holatda (oldindan to‘lov amalga oshirilmagan) ham balansdagi mablag' -1000 so‘mdan ko'proq bo’lsa foydalanishlari mumkin.
- Abonentning balansida -1000 so‘m va/yoki undan kamroq mablag‘ bo‘lsa, xizmatni faollashtirish imkoniyati bo’lmaydi.
-
Avvalgi «Va’da qilingan to‘lov» bo‘yicha belgilangan to‘lov qoplanmaguncha, «Va’da qilingan to‘lov» xizmatini takroran faollashtirishning imkoniyati mavjud emas.
-
Barcha tarif rejalaridagi yangi abonentlar uchun, «Yengil» va «Omad Plus» tarif rejalaridan tashqari, xizmatdan ulangan paytdan boshlab 30 kun davomida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
«Omad Plus» tarif rejasidagi yangi abonentlar uchun xizmatdan ulangan paytdan boshlab 60 kun davomida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
«Yengil» tarif rejasidagi yangi abonentlar uchun xizmatdan ulangan paytdan boshlab 90 kun davomida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
«Tourist SIM», «Tourist SIM +», «Tourist SIM Lite», «Tourist SIM Lite+», «Tourist SIM 90», «Tourist SIM 120» tarif rejalaridagi abonetlarda xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud emas.