«Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llashga kiritilishni taqiqlash»

Chop etish versiyasi

Mobiuz tarmog’idagi boshqa abonentlar tomonidan raqaminizga yanglishib boshqa manzilga yo‘llash o‘rnatilishini xohlamasangiz, «Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llashga kiritilishni taqiqlash» xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Xizmatni faollashtirish kodi

*111*004*1#

O‘rnatilganligini tekshirish kodi

*111*004#

Xizmatni o‘chirish kodi

*111*004*0#

Shartlar:

  • Xizmatning narxi oyiga 1000 so‘mni tashkil qiladi.

  • Oylik abonent to‘lovi har oy, xizmat ulangan sanada yechib olinadi.

  • Agar abonent qisman bloklangan holatda bo‘lsa, abonent to‘lovi yechilmaydi.  

  • Abonent raqamiga xizmat ulangan paytgacha o‘rnatilgan boshqa manzilga yo‘llashlar, amal qilishda davom etadi.

  • Xizmatning amal qilish muddati – muddatsiz, o‘chiriladigan paytga qadar.

  • Xizmatni balansda abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag’ bo‘lganda ulash mumkin.

  • Xizmat barcha tarif rejalaridagi abonentlarga taqdim etiladi.

  • Yuridik shaxslarga xizmat faqat xat orqali ulanishi mumkin.