Barcha uchun ovozli pochta

Chop etish versiyasi

Ushbu xizmat chaqirilayotgan abonentga quyidagi holatlarda ovozli xabar qoldirish imkoniyatini taqdim qiladi:

  • chaqirilayotgan abonent javob bermasa

  • chaqirilayotgan abonentning telefoni o‘chirilgan bo‘lsa

  • chaqirilayotgan abonentning telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa

  • chaqirilayotgan abonentning telefoni band bo‘lsa

  • chaqirilayotgan abonent chaqiriqni rad qilsa

Abonentga ovozli pochta xabari kelgani haqida bepul SMS yordamida xabar qilinadi.

Ovozli pochtadagi xabarni 6757 qisqa raqami bo‘yicha tinglash mumkin.          

Xizmatning narxi

  • Abonent to‘lovi – 0 so‘m

  • 6757 raqami bo‘yicha kelib tushgan ovozli xabarni tinglashning narxi- 0 so‘m  

  • Shaxsiy salomlashishni yozib olishning narxi- 0 so‘m

  • «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatini ulash/o‘chirish – 0 so‘m

  • Bitta ovozli xabarni (60 soniyadan ko‘p bo‘lmagan) yozib olishning narxi –240 so‘mi (QQS bilan) tashkil qiladi va ovozli xabarni qoldirayotgan, abonentning hisobidan yechib olinadi.

  • Qo‘ng’iroq qiluvchi abonent uchun chiquvchi qo‘ng’iroqning avtomatik javob beruvchining signalidan keyingi narxi, chiquvchi qo‘ng’iroqlarga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi yoki abonentda mavjud bo‘lgan daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.

Xizmatni boshqarish

  • Abonentda ushbu xizmatni mustaqil ravishda faollashtirish va o‘chirish imkoniyati mavjud.

  • Xizmatni ulash uchun *111*0301# raqamiga USSD-so‘rov yuborish kerak

  • Xizmatni o‘chirish uchun *111*0300# raqamiga USSD- so‘rov yuborish kerak

  • Xizmatning holatini tekshirish uchun *111*030# USSD- raqamiga USSD- so‘rov yuborish kerak

Xizmatdan foydalanish imkoniyati

  • Xizmat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan va «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati faollashtirilmagan, barcha amaldagi abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi.

  • Xizmat yangi raqam ulangan paytdagi boshlang’ich xizmatlar to‘plamiga qo‘shiladi.

  • Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlarda ovozli pochtaga xabarlarni olish imkoniyati mavjud emas.

  • Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulangan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.

  • Abonent tomonidan «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulanganda, abonentda «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi (agar u faollashtirilgan bo‘lsa). Xuddi shunday tartibda, «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati ulanganda, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi.

  • «Sizga qo‘ng’iroq qilishdi» xizmati ulangan abonentlar, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulangan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.

Izohlar

  • Bitta ovozli xabarni yozib olishning maksimal davomiyligi – 60 soniya.

  • Saqlab qo‘yiladigan ovozli xabarlarning eng ko‘p soni – 10 ta. 11 ta yoki undan ko‘proq xabarlar kelib tushganda, ular 1-xabardan boshlab o‘chiriladi.

  • Barcha xabarlarning eng uzoq saqlanadigan muddati – 72 soat.

  • Ovozli xabarni yozib olish va narxlash avtomatik javob beruvchining signalidan keyin boshlanadi.

  • Xabarni yozib olishning qiymati qo‘ng’iroq qilayotgan abonentning hisobida yetarli mablag’ bo‘lmaganda ham yechib olinadi.

  • Abonent tomonidan sozlangan, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmatining ustuvorligi «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatidan yuqoriroq.

  • Xizmatdan faqat «UMS» MChJ tarmog’i ichida foydalanish mumkin.

  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

  • Xizmat «Telecom Lab» MChJ kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.