Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«MobiDRIVE» aksiyasi

O‘tkazish davri: 2024-yil 1-iyundan 2024-yil 31-dekabrgacha (shu jumladan)

Hududiy qamrov: O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari.

Ishtirok etish shartlari:

Aksiyada ishtirok etish uchun abonent, abonent to‘lovi oyiga 35 000 so‘m yoki undan yuqoriroq bo‘lgan, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan har qanday tarif rejasiga ulanishi kerak.

Ulanish evaziga abonent raqamiga, sovrinlarning o‘ynalishida ishtirok etish uchun bitta imkoniyat (maxsus ID-kod beriladi).

AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yiladiganlar:

  • Abonent – quyidagi talablarga mos keluvchi, jismoniy shaxslar:

  • Abonent O‘zR fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro/fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan)

  • 18 yoshga to‘lgan abonent

  • Abonent – jismoniy shaxslar uchun oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi

  • Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish davrida va Aksiya go‘liblarini aniqlash paytida amalda bo‘lgan

  • Abonentning SIM-kartasi Aksiyani o‘tkazish davrida va g‘oliblarini aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan

Aksiyada ishtirok eta olmaydigan va Aksiya doirasida sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydiganlar:

  • Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

  • 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar

  • Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari)

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari

  • «UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar)

  • Abonentlar - Yuridik shaxslar

Qo‘shimcha: 

  • Aksiyani o‘tkazish davrida tarif aksiyada ishtirok etayotganga o‘zgartirilganda, tarmoqga ulanish evaziga olingan aksiya doirasidagi imkoniyat, abonentda saqlanib qoladi
  • Aksiya davrida tarif rejasi, aksiyada ishtirok etmayotgan tarif rejasiga o‘zgartirilganda, imkoniyat bekor qilinadi va tiklanmaydi
  • Abonentning shartnomasi bekor qilinganda, sovrinlar o‘ynalishida ishtirok etish uchun imkoniyat bekor qilinadi
  • Aksiya davrida ulangan raqam egasi o‘zgartirilganda yoki tiklanganda, sovrinlar o‘ynalishida ishtirok etish uchun imkoniyat saqlanib qoladi 

Abonentning sovrinlar o‘ynalishida ishtirok etish uchun imkoniyati ID-kod – bu 7 ta raqamdan iborat bo‘lgan, maxsus son.

ID-kodlar 0000001 sonidan boshlab, ketma-ket beriladi. 

Abonent imkoniyat mavjud ekanligini va maxsus ID-kodni *2024# USSD-buyrug‘i yordamida tekshirishi mumkin. 

AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI 

Aksiyaning sovrin jamg‘armasi

Bosqich

Sovrin*

G‘oliblar soni

Ishtirok etuvchi ID

1-bosqich

BYD SONG PLUS Champion avtomobili

1 ta g‘olib

1.06.2024y. dan 31.08.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda to‘plangan

2-bosqich

BYD SONG PLUS Champion avtomobili

1 ta g‘olib

1.06.2024y. dan 30.11.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda to‘plangan

3-bosqich

BYD SONG PLUS Champion avtomobili

1 ta g‘olib

1.06.2024y. dan 31.12.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda to‘plangan

*Avtomobilning rangi va butlanishi, reklamada taqdim qilingan namunadan farq qilishi mumkin

G‘OLIBLARNI ANIQLASH

Sovrinlarning o‘ynalishi va g‘oliblarni aniqlash uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – 2024-yil sentabrda, 1.06.2024y. dan 31.08.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda olingan ID orasida

2-bosqich – 2024-yil dekabrda, 1.06.2024y. dan 30.11.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda olingan ID orasida

3-bosqich - 2025-yil yanvarda, 1.06.2024y. dan 31.12.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda olingan ID orasida

  • Marosimlarning joyi, sanasi va vaqti haqidagi ma’lumot, Aksiya Ishtirokchilariga ma’lumotni saytda va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish orqali qo‘shimcha tarzda yetkaziladi va Kompaniya tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin.

  • G‘oliblarni aniqlash tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiyaning shartlarini bajargan, ishtirokchilar ID-kodlarining butun ko‘lami orasida o‘tkaziladi.

  • Abonent raqami bosqichlardan birida g‘olib bo‘lgan ishtirokchining ID-raqami, boshqa ikkita sovrinlarning o‘ynalishida ishtirok etmaydi.

  • Aksiya davrida olingan, qolgan barcha ID-raqamlar, sovrinlar o‘ynalishi bosqichlarining har birida ishtirok etishlari mumkin (aksiyaning barcha shartlariga mos kelganda).

  • G‘oliblarni aniqlash keng jamoatchilikni jalb qilgan holda va videoyozuvni qo‘llash bilan o‘tkaziladi.

  • Aksiyaning g‘oliblarini aniqlash jarayoni Mustaqil komissiya tomonidan kuzatib turiladi.

  • Kompaniya barcha abonentlar – Aksiya g‘oliblarini, g‘oliblar aniqlangan paytdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi. Aksiya g‘oliblariga qo‘ng‘iroq qilish AXKD mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Sovrinlarni topshirish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi. 

SOVRINNI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYI VA SHARTLARI

1. Aksiya G‘oliblari, uning natijasi chiqgan kundan boshlab 25 (yigirma besh) ish kuni ichida, sovrinni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (6-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

2. Kompaniya sovrin hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab, 3 kalendar oyi ichida Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni topshirish majburiyatini oladi.

3. Sovrinni olish uchun faqat Aksiya g‘olibi– yutuqli ID-kod biriktirilgan Mobiuz abonent raqami nomida bo‘lgan, jismoniy shaxs da’vogarlik qilishi mumkin.

4. Avtomobil uni «UMS» MChJdan jismoniy shaxs – Aksiya g‘olibining nomiga o‘tkazish yo‘li bilan beriladi. Notarial rasmiylashtirish va YHXDX organlarida egalik huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha barcha xarajatlar, G‘olibning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Notarial idorani tanlash «UMS» MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.

5. Go‘liblar sovrinlarni faqat Amir Temur ko‘ch., 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan, «UMS» MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga murojaat qilib olishlari mumkin.

Agar G‘olib belgilangan muddatlarda (1-bandni qarang) “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Temur ko‘ch., 24-uy) sovrinni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Ushbu holatda sovrin “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va Kompaniya sovrinni takroran o‘ynash huquqini o‘zida qoldiradi.

6. Sovrinni olishdan oldin G‘olib “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Temur ko‘ch., 24-uy) shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning, shaxsni tasdiqlovchi hujjati);

  • STIR;

  • g‘olibning imzolangan tilxati.

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi;

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (Aksiya g‘olibi) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishi kerak.

Da’vogarning (Aksiya g‘olibi) "UMS" MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yoki "UMS" MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Aksiya doirasida sovrin taqdim qilingandan keyin da’vogar tomonidan har qanday ishonchsiz ma’lumot taqdim qilish holati aniqlanganda – Kompaniya aksiyaning natijalarini bekor qilish va sovrinni qaytarib berishni talab qilish huquqini o‘zida qoldiradi. Sovrinning o‘zini qaytarishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan holatda, qaytarib olish sovrinning qiymati miqdorida amalga oshiriladi.

7.  Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning aksiyadagi natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 6-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 6-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Aksiyaning natijalari bekor qilingan holatda, sovrin “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va Kompaniya sovrinni takroran o‘ynash huquqini o‘zida qoldiradi.

8.  G‘olib sovrinni rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (sovrinni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.

Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan sovrinni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, G‘olibning sovrinni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

9.  “UMS” MChJ soliqlar, notarial rasmiylashtirish va YHXDX organlarida egalik huquqini rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

10. “UMS” MChJ sovrinni pul ko‘rinishda yoki Aksiyaning sovrin jamg‘armasida nazarda tutilmagan, boshqa har qanday ko‘rinishda berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

11. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida istiqomat qilmaydigan bo‘lsa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi (Toshkent shahrigacha borish/kelish uchun yo‘l haqqi,mehmonxonada joylashtirish, ovqatlanish va boshq.) hamda sovrinni g‘olibning istiqomat qilish joyi yoki boshqa belgilangan nuqtaga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xarajatlarni qoplash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.

12. Aksiya g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra sovrinni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda sovrin “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bunday holatda Kompaniya sovrinni takroran o‘ynash huquqini o‘zida qoldiradi.

13. “UMS” MChJ G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning barcha talablari va shartlari bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

14. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarda mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘olib ID raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;

  • g‘olibning yutuqli ID kodi biriktirilgan abonent raqami, qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish paytida bandlangan holatda bo‘lishi.

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan, Sovrinlarni olish qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

15. Aksiya g‘olibi avtomobil kuzovida joylashtirilgan, MOBIUZ savdo markasi va logotipini yoki boshqa har qanday brendlashni, avtomobil olingan sanadan boshlab kamida 6 oy davomida olib tashlamaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

IZOHLAR

1. Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, har qanday taqiqlanmagan shakldagi - qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi.

2. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni, mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

3. “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g‘oliblari – Aksiya Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4.  “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5.  “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

6.  Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali, Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Sovrinlarni olish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7.  “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi.

8.  Aksiya o‘tkazilishi to‘xtatilgan holatda “UMS” MChJ mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.

Ro'yxatga qaytish