Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Absolut tarif rejasini taqdim etish shartlarini o‘zgartirish

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi ommaviy shartnoma shartlariga ko‘ra:

Abonent aloqa xizmatlaridan vijdonan foydalanilishini ta’minlashi shart.

Agar Operatorda Abonent aloqa xizmatlaridan vijdonan foydalanayotgani xususida shubha uyg‘onsa, Operator abonentdan aloqa xizmatlaridan foydalanish tafsilotlari to‘g‘risida tushuntirish xati talab qilishga haqli. Tegishli abonent Operator xabar yuborgan kundan e’tiboran 3 (uch) kalendar kun ichida Operatorning bosh ofisiga tashrif buyurishi hamda o‘zi aloqa xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida tushuntirish xati yozib berishi shart.

Agar Operator xabar yuborgan sanadan boshlab 3 (uch) kalendar kun ichida:

— abonent aloqa xizmatidan foydalanish tafsilotlari yuzasidan izoh berish uchun Operatorning bosh ofisiga kelmasa;
— abonent aloqa xizmatidan foydalanish tafsilotlari yuzasidan tushuntirish xati yozishdan bosh tortsa;
— Operatorning o‘z fikriga ko‘ra, abonentning izohi ishonchli, yetarli yoki uzrli bo‘lmaganda

Operator aloqa xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatish va keyin shartnomani bekor qilish yoki abonentni boshqa tarif rejasiga o‘tkazish huquqiga ega (Operatorning xohishiga ko‘ra).

Agar abonentga tegishli xabar yuborilganidan keyin 10 (o‘n) kun ichida Operator undan bunday o‘zgartishlarni qabul qilishni butkul yoki qisman rad etishi to‘g‘risida yozma javob olmasa, abonent bu o‘zgartishlarni qabul qilgan hisoblanadi. Basharti, yuqorida aytilgan muddat ichida Operator abonentdan bunday o‘zgartishlarni qabul qilishni butkul yoki qisman rad etishi to‘g‘risida yozma javob olsa, u holda abonent bilan shartnoma yuqorida aytilgan o‘n kunlik muddat tugagan kuni abonentning tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.

01.04.2015 yildan boshlab «Absolut» tarif rejasiga ulanish mumkin.

Shuni ham eslatib o‘tamizki, «Absolut» tarif rejasidan foydalanib turgan abonentlar amaldagi boshqa har qanday tarif rejasiga o‘tishlari mumkin.

«Absolut» tarif rejasi haqidagi batafsilroq ma’lumotni siz kompaniya ofislaridan olishingiz mumkin.

Tarif haqida batafsilroq >>>

Ro'yxatga qaytish