Biz ijtimoiy tarmoqlarda
DC-HSPA+ texnologiyasini ishga tushirish

Sizlarga yaxshi xabarimiz bor: UMS o‘z tarmog‘ida DC-HSPA+ texnologiyasini ishga tushirdi.

DC-HSPA+, bu – ma’lumot jo‘natish tezligini sekundiga 42 megabitgacha yetkazish imkonini beruvchi g‘aroyib texnologiya. Bu esa, endi Siz HD-videoni bemalol ko‘rish, “og‘ir” multimedia fayllarni tezda yuklab olish, videoqo‘ng‘iroq orqali muloqotda bo‘lish hamda mobil internet asosida boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishingizni bildiradi.
Siz sekundiga 42 Megabitgacha tezlikda mobil internetdan foydalana olishingiz uchun telefoningiz DC-HSPA+ texnologiyasi bo‘yicha ishlay olishi kerak.
Hozirgi kunda DC-HSPA+ texnologiyasidan faqat Toshkent shahrida foydalanish mumkin.

Talablarga mos mobil aloqa.

Ro'yxatga qaytish