Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Abonent to`lovi yechilishi 2017 yilning 2 yanvariga ko`chiriladi
Hurmatli abonentlar!
 
Agar sizlar hisobingizni 2017 yilning 1 yanvarigacha to`ldirishga ulgurmagan bo`lsangiz, bu ishni 2017.01.01 kuni soat 23:59gacha qilishingiz uchun UMS imkoniyat yaratadi!

 - Jismoniy va yuridik shaxslarga mo`ljallangan barcha tarif rejalarining abonent to`lovlarini hamda qo`shimcha xizmatlar uchun to`lovlarni yechib olish 2017. 01.01dan  2017.02.01ga ko’chiriladi.
2017 yilning 1 va 2 yanvar kunlarida yechilish uchun belgilangan to`lovlar mablag`lari umumlashtirilib, 2017.02.01 kuni soat 00:00dan keyin yechiladi.

“Start”, “Besh”, “Baraka” tarif rejalarida kunlik abonent to`lovi va qo`shimcha xizmatlar uchun to`lovlar 1 va 2 yanvar kunlari uchun umumlashtirilgan miqdorda  2017.02.01 kuni soat 00:00dan keyin yechiladi.

 - Yechib olish hajmi abonentning tarif rejasiga ko`ra va/yoki qo`shimcha davriy xizmatlarning abonent to`loviga bog`liq.
 - Tarif rejalari bo`yicha daqiqa, MB, SMSlar 2017 yil 1 yanvar kuni belgilanadi va ulardan bandlanmagan holatda foydalanish mumkin. Yuqorida aytib o`tilgan daqiqa, MB, SMSlardan yanvar oyining ohiriga qadar bandlanmagan holatda foydalanish mumkin.

Ro'yxatga qaytish