Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Billing tizimini yangilash ishlari
Hurmatli abonentlar!

Hozirgi kunda Mobiuz mobil operatori respublika bo‘yicha tarmoqlar va uskunalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni olib bormoqda. Asosiy maqsadimiz – mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va abonentlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Mazkur ishlarning uzviy qismi sifatida billing tizimini yangilash va abonentlarni yangi platformaga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shunday ekan, 2019-yil 19-sentabr soat 00:00 dan 26-sentabr 08:00 gacha abonentlar raqamlarini yangi billing platformasiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Bu kunlar davomida ovozli trafik va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini narxlashda vaqtinchalik kechikishlar (offline narxlash) kuzatilishi mumkin. Shuningdek, hisobni to‘ldirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlari (USSD-buyruqlar: hisobni tekshirish, xizmatlarni ulash va o‘chirish, tarif rejalarini o‘zgartirish), 0890 raqami orqali qo‘ng‘iroqlarga ishlov berish tizimlari ishida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Xizmatlarimizni takomillashtirish bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar – bu kelgusida zamonaviy va sifatli xizmatlarni ko‘rsatishimizning kafolati ekanligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Yaqin muddatlarda sizlarni foydali yangiliklar va hushxabarlar kutmoqda!
Ro'yxatga qaytish