Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Sirdaryo viloyati abonentlari diqqatiga

Hurmatli abonentlar, Sirdaryo viloyati aholisi!

Mobiuz mobil operatori Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida yuzaga kelgan holat bo‘yicha sizlarga hamdard. Hozirda sizlarga har tomonlama mehr va e’tibor kerakligini yaxshi bilamiz.

Shunday ekan, bugundan boshlab Mobiuz’ning Sirdaryodagi abonentlari uchun chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxlanmaydi. Kompaniyaning har qanday tarif rejasida (daqiqalar yakunlangandan keyin) viloyat aholisi may oyi yakunigacha O‘zbekiston bo‘yicha ckeksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin.

Biz sizlar bilan, qadrli sirdaryoliklar! Biz birgamiz!

Ro'yxatga qaytish