Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz 1 iyun munosabati bilan fototanlov e’lon qilmoqda!

Mobiuz mobil operatori 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalar. Yoz. Mobiuz” nomli maxsus fototanlovni e’lon qiladi!

Tanlov Mobiuz Gifts Telegram-kanalida quyidagi manzil bo‘yicha o‘tkazilmoqda: https://t.me/joinchat/AAAAAEWGHa1Q1vveargLBw.

Unda ishtirok etish uchun:

  • o‘z farzandingiz (farzandlaringiz)ning qiziq va original tarzda, Ishtirokchilar suratlariga talablariga mos ravishda suratga oling;

  • 2020-yilning 1 iyunidan 5 iyunigacha uni kompaniyaning maxsus Telegram-botiga (https://t.me/mobiuz4me_bot) yuboring.

G‘oliblar 2020-yilning 10-iyunida aniqlanadi.

Tanlov haqida batafsil
Ro'yxatga qaytish