Biz ijtimoiy tarmoqlarda
IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
2018-yil 22-oktyabridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 847-son qaroriga  muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi.

Mazkur hujjatga muvofiq tizim operatori "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi etib belgilandi.

2019-yil 17-sentyabridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 778-son qaroriga muvofiq mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish tartibi ishlab chiqildi.

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirilganidan so‘ng fuqaro va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabr “O‘zbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 828-son qarori iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish, telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda tizimni takomillashtirish va qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda, mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish onlayn tarzda amalga oshirilayotganda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda foydalanilayotganligi kuzatilmoqda. Bu holatda mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun respublika hududiga qurilmani olib kirgan jismoniy shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Tizim operatoriga murojaat qilishi kerak. Shuningdek, Tizim operatoriga anketani to‘ldirish va mobil qurilmani taqdim qilish talab qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor dahasi, 18-A uy, 240-ATS.
Call-centre: 1170
Batafsil: www.uzimei.uz
Ro'yxatga qaytish