
Hurmatli abonentlar!
Abonentlarni shartlari manfaatliroq bo‘lgan amaldagi tarif rejalariga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida - «Terminal+», «Mobi 50», «Yorqin» tarif rejalaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish 04.07.2022y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.
Izohlar:
1. «Terminal+», «Mobi 50», «Yorqin» tarif rejalaridagi abonentlar 20.06.2022y. dan 03.07.2022y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida, tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.
3. 20.06.2022y. dan «Terminal+», «Mobi 50», «Yorqin» tarif rejalaridan, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘tishning narxi - 0 so‘m.
4. Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 04.07.2022y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:
Arxivdagi tarif |
Arxivdagi tarifning bir oylik abonent to‘lovi |
Yangi tarifga o‘tkazish |
Yangi tarifning bir oylik abonent to‘lovi |
---|---|---|---|
Terminal+ |
12 000 |
Omad Plus |
12 000 |
Mobi 50 |
50 000 |
Mobi 50+ |
50 000 |
Yorqin |
60 000 |
Mobi 60 |
60 000 |
5. Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.
6. Yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda beriladi.
7. Abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda sarflanmagan daqiqa, MB va SMS to‘plamlari o‘tkaziladi va 1 kalendar oylik muddatga qo‘shiladi.