Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Gap Yo‘q Pro» tarif rejasida SMS to‘plamning qo‘shilishi!

Hurmatli abonentlar!

«Gap Yo‘q Pro» tarif rejasida 1000 SMS/oyiga to‘plami (abonent to‘lovini har kunlik yechib olishda kuniga 34 SMS) qo‘shilganini, ma’lum qilishdan mamnunmiz. 

«Gap Yo‘q Pro» tarif rejasiga 11.08.2022y. dan ulangan yangi abonentlarga, tarif rejasiga kiritilgan daqiqa, MB, SMS to‘plamlari ulanish paytida to‘liq hajmda taqdim etiladi.  

   Gap Yo‘q Pro tarif rejasiga 11.08.2022y. gacha ulangan yoki o‘tgan abonentlarga, SMS-to‘plam 11.08.2022y. quyidagi hajmda (abonent to‘lovini yechib olish turiga ko‘ra) taqdim etiladi:
   - agar abonent 11-avgustda abonent to‘lovni har oylik yechib olishda bo‘lsa, SMS to‘plam kalendar oyida qolgan kunlarning soniga mutanosib hajmda taqdim etiladi.
Ushbu to‘plamning amal qilish muddati – yakka tartibdagi hisoblashli kalendar oyi tugagunga qadar. Yangi to‘plamning to‘liq hajmda hisoblanishi – abonent yangi hisoblash oyining boshidan.

   - agar abonent 11-avgustda abonent to‘lovni har kunlik yechib olishda bo‘lsa, 34 SMS to‘plami taqdim etiladi. Ushbu to‘plamning amal qilish muddati – 11.08.2022y. kuni tugagunga qadar.

Tarif haqida batafsil >>

Ro'yxatga qaytish