Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«SMS rouming» xizmati

Hurmatli abonentlar!

Abonentga Mobiuz rouming-hamkorlari tarmoqlarida SMS yuborish xizmatidan foydalanish, imkoniyatini taqdim qiluvchi «SMS rouming» xizmatini ulash imkoniyat mavjud ekanligini, ma’lum qilishdan mamnunmiz.

Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar, balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda va raqamda taqiqlar/bloklashlar bo‘lmaganda foydalanishlari mumkin.

Muhim! «SMS rouming» xizmati ulanganda, O‘zR hududida va roumingda, kiruvchi va chiquvchi ovozli chaqiriqlar, hamda «Mobil internet» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

Xizmatni faollashtirish narxi — 0 so‘m.

Jismoniy shaxslarga xizmat qayta aloqa shakli, virtual qabulxona yoki kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali shaxsan murojaat qilinganda ulanadi.

Ushbu xizmatni yuridik shaxslarga ulash yozma ariza bo‘yicha amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot havola bo‘yicha

Ro'yxatga qaytish