Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Mobi 150» tarif rejasidagi o‘zgarishlar

Hurmatli abonentlar!

29.11.2022y. dan «Mobi 150» tarifida abonent to‘lovini hisob-kitob qilish va Unlim daqiqalar, MB, SMS to‘plamlarini hisoblash tizimi o‘zgartirilishini (7500 so‘m/kuniga miqdoridagi har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tish va har kunlik O‘zbekiston bo‘yicha Unlim daqiqalar , 3 334 MB, 334 SMS to‘plamlarini hisoblanishini hisobga olgan holda) ma’lum qilamiz.

  • Amaldagi va 29.11.2022y gacha ulangan abonentlar uchun:

- Agar Mobi 150 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 29.11.2022 gacha noyabr uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari hisoblanishining muddati 01.12.2022y. bo‘ladi.

Agar 01.12.2022y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, MB, SMS va Unlim daqiqalar ham 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.

Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlarini hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga).

- Agar Mobi 150 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 29.11. gacha noyabr uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS va Unlim daqiqalarni hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

Yangi ulanishda (29.11.2022y. dan):

- Agar yangi ulanishda abonent balansidagi mablag‘ 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq bo‘lsa, MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga hisoblanadi. Abonent to‘lovi to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi;

Agar abonent balansidagi mablag‘ 150 000 so‘mdan kam bo‘lsa, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokda bo‘ladi. Blokdan chiqish uchun balansni 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak. Balansni kerakli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirish paytida abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlarini hisoblash, to‘liq hajmda (bir oy uchun) 1 kalendar oylik muddatga (balans to‘ldirilgan kundan boshlab) amalga oshiriladi.

  • Tarifga o‘tilganda (29.11.2022y. dan):

- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejasini, avvalgi tarif bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlarining Mobi 150 TR bo‘yicha butun oy uchun hajmdagi MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari qo‘shilishi bilan birga, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Mobi 150 TR bo‘yicha abonent to‘lovi ham to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

1-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 165 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga va bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetadi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshadi. Mobi 150 TR bo‘yicha bir oylik abonent to‘lovi va o‘tish narxi, o‘tish amalga oshirilishi bilan, darhol yechib olinadi. Mobi 150 TR uchun keyingi abonent to‘lovini yechish sanasi – 5-yanvar. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 150 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar amal qilish muddati 5-yanvargacha bo‘lgan holda qo‘shiladi.

- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 7500 dan 149 999 so‘mgacha bo‘lsa, tarif rejasini, abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish va har kunlik MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlarini hisoblash bilan bo‘lgan, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish amalga oshirilmaydi.

2-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 100 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi lekin bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish amalga oshiriladi. Mobi 150 TR bo‘yicha 1 kun uchun abonent to‘lovi (7500 so‘m) va o‘tish narxi uchun to‘lovni yechib olish o‘tish amalga oshirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi. Mobi 150 TR uchun keyingi har kunlik abonent to‘lovini yechish – 6-dekabrda. Bu holatda Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi. Faqat amal qilish muddati 5-dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan, Mobi 150 TR bo‘yicha kunlik to‘plamlar (O‘zbekiston bo‘yicha Unlim daqiqalar , 3 334 MB, 334 SMS to‘plamlari) hisoblanadi.

- Agar o‘tish paytida balansda faqat o‘tish narxining qiymatiga teng mablag‘ bo‘lsa (4210,35 yoki 10 000 so‘m), tarifni o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin raqam balans to‘liq oy yoki kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun (tegishli hajmdagi to‘plamlarning hisoblanishi bilan) yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilmaguncha mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi.

3-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 5000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi,lekin oylik ham, kunlik abonent to‘lovi uchun ham yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, o‘tish uchun mablag‘ yechib olinadi (4210,35 so‘m), biroq o‘tish amalga oshirilgandan keyin, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi. Blokdan chiqish uchun balansni 7500 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak.

Balans 7500 so‘mdan 149 999 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldirilganda Mobi 150 TR bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi yechib olinib, tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.

Balans 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirilganda, to‘liq oy uchun abonent to‘lovi yechib olinadi va tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TRdagi to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 150 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar qo‘shiladi. Amal qilish muddati – balans to‘ldirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.  

- Agar o‘tish paytida balansdagi mablag‘ o‘tish narxidan (4210,35 yoki 10 000 so‘m) kamroq bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.

4-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 3000 so‘m mablag‘ mavjud. Bu holatda o‘tish amalga oshmaydi, chunki o‘tish narxi uchun ham, tarif uchun abonent to‘loviga ham mablag‘ yetmaydi.

Ro'yxatga qaytish