Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«O‘qituvchi 1» va «O‘qituvchi 2» tariflaridagi o‘zgartirishlar!

«O‘qituvchi 1» va «O‘qituvchi 2» tarif rejalaridagi hurmatli abonentlar!

 

27.07.2023y. dan «O‘qituvchi 1», «O‘qituvchi 2» tarif rejalarida abonent to‘lovini hisob-kitob qilish va daqiqalar, MB va SMS to‘plamlarini hisoblash tizimi o‘zgartirilishini (har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tishni hisobga olgan holda) ma’lum qilamiz:

 

Tarif

Oyiga

Kuniga

 

“O‘qituvchi 1”

To‘liq yechib olishda:

 

Abonent to‘lovi oyiga 16 000 so‘m.

2000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha barcha tarmoqlarga;

4 000 MB;

100 SMS.

Har kunlik yechib olishga o‘tilganda:

 

Abonent to‘lovi kuniga 800 so‘m.

67 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha barcha tarmoqlarga;

134 MB;

3 SMS.

 “O‘qituvchi 2”

To‘liq yechib olishda:

 

Abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘m.

2000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha barcha tarmoqlarga;

8 000 MB;

100 SMS.

Har kunlik yechib olishga o‘tilganda:

 

Abonent to‘lovi kuniga 1500 so‘m.

67 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha barcha tarmoqlarga;

267 MB;

3 SMS.

 

  • Amaldagi va 27.07.2023y. gacha ulangan abonentlar uchun:

- Agar «O‘qituvchi 1» va «O‘qituvchi 2» tarif rejalaridagi amaldagi va ulangan abonentlarda 27.07.2023y. gacha iyul uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va daqiqalar, MB va SMS hisoblanishi 01.08.2023y. bo‘ladi.

Agar 01.08.2023y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.

Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. Daqiqa, MB, SMS to‘plamlari to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va daqiqa, MB, SMS to‘plamlarini hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga).

 

- Agar «O‘qituvchi 1» va «O‘qituvchi 2» tarif rejalaridagi amaldagi va ulangan abonentlarda 27.07.2023y. gacha iyul uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni oylik abonent to‘lovi yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va daqiqa, MB, SMS hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

 

  • Yangi ulanishda (27.07.2023y. dan):

- Agar yangi ulanishda abonent balansidagi mablagbir oylik abonent toloviga teng («O‘qituvchi 1» - 16 000 so‘m; «O‘qituvchi 2» - 30 000 so‘m) yoki undan koproq bolsa, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga hisoblanadi. Abonent to‘lovi to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Agar abonent balansidagi mablagbir oylik abonent tolovidan kamroq bolsa («O‘qituvchi 1» - 16 000 so‘m; «O‘qituvchi 2» - 30 000 so‘m), mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokda bo‘ladi. Blokdan chiqish uchun balansni oylik abonent to‘lovi yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak. Balansni kerakli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirish paytida abonent to‘lovini yechib olish va daqiqa, MB va SMS to‘plamlarini hisoblash, to‘liq hajmda (bir oy uchun) 1 kalendar oylik muddatga (balans to‘ldirilgan kundan boshlab) amalga oshiriladi.

 

  • Tarifga o‘tilganda (27.07.2023y. dan):

- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) bir oylik abonent to‘lovi («O‘qituvchi 1» - 16 000 so‘m; «O‘qituvchi 2» - 30 000 so‘m) yoki undan ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejasini, avvalgi tarif bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlarining «O‘qituvchi 1»/«O‘qituvchi 2» TR bo‘yicha daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari butun oy uchun hajmdagi qo‘shilishi bilan birga, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. «O‘qituvchi 1»/«O‘qituvchi 2» tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi ham to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

1-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «O‘qituvchi 2» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 40 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga va bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetadi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshadi. «O‘qituvchi 2» TR bo‘yicha bir oylik abonent to‘lovi va o‘tish narxi, o‘tish amalga oshirilishi bilan, darhol yechib olinadi. «O‘qituvchi 2» TR uchun keyingi abonent to‘lovini yechish sanasi – 29-avgust. «Mobi 20» bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari va «O‘qituvchi 2» TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar amal qilish muddati 29-avgustgacha bo‘lgan holda qo‘shiladi.

 

- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m)  + 800 so‘mdan 15 999 so‘mgacha («O‘qituvchi 1» TRga o‘tish uchun) yoki 1500 so‘mdan 29 999 so‘mgacha («O‘qituvchi 2» TRga o‘tish uchun) bo‘lsa, tarif rejasini, abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish va har kunlik daqiqa, MB, SMS to‘plamlarini hisoblash bilan bo‘lgan, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish amalga oshirilmaydi.

2-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «O‘qituvchi 2» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 25 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi lekin bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish amalga oshiriladi. «O‘qituvchi 2» bo‘yicha 1 kun uchun abonent to‘lovi (1500 so‘m) va o‘tish narxi uchun to‘lovni yechib olish o‘tish amalga oshirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi. «O‘qituvchi 2» TR uchun keyingi har kunlik abonent to‘lovini yechish – 30-iyul. Bu holatda Mobi 20 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi. Faqat amal qilish muddati 29-iyul kunining oxirigacha bo‘lgan, «O‘qituvchi 2» TR bo‘yicha kunlik to‘plamlar (Mobiuz tarmog‘i ichida 67 daqiqa, 267 MB, 3 SMS) hisoblanadi.

 

- Agar o‘tish paytida balansda faqat o‘tish narxining qiymatiga teng mablag‘ bo‘lsa (4210,35 yoki 10 000 so‘m) bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin raqam balans to‘liq oy yoki kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun (tegishli hajmdagi to‘plamlarning hisoblanishi bilan) yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilmaguncha mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi.

3-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «O‘qituvchi 2» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 4500 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi,lekin oylik ham, kunlik abonent to‘lovi uchun ham yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, o‘tish uchun mablag‘ yechib olinadi (4210,35 so‘m), biroq o‘tish amalga oshirilgandan keyin, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi. Blokdan chiqish uchun balansni 1500 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak.

Balans 1500 so‘mdan 29 999 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldirilganda «O‘qituvchi 2» TR bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi yechib olinib, tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 20 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.

Balans 30 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirilganda, to‘liq oy uchun abonent to‘lovi yechib olinadi va tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 20 TRdagi to‘plamlar qoldiqlari va «O‘qituvchi 2»TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar qo‘shiladi. Amal qilish muddati – balans to‘ldirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.

 

- Agar o‘tish paytida balansdagi mablag‘ o‘tish narxidan (4210,35 yoki 10 000 so‘m) kamroq bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.

4-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «O‘qituvchi 2» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 500 so‘m mablag‘ mavjud. Bu holatda o‘tish amalga oshmaydi, chunki o‘tish narxi uchun ham, tarif uchun abonent to‘loviga ham mablag‘ yetmaydi.

Ro'yxatga qaytish