Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Tourist SIM+» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi

Hurmatli abonentlar! 

Abonentlarni manfaatliroq bo‘lgan «Xotirjam 40» tarif rejasiga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida - «Tourist SIM+» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish 16.08.2023y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz. 

Izohlar: 

1.      «Tourist SIM+» tarif rejasidagi abonentlar 15.08.2023y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.

O‘tishning narxi - 0 so‘m. 

        Tarifni tanlash 

2.      Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 16.08.2023y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:

 

Arxivdagi tarif

Eski tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga)

Yangi tarifga o‘tkazish

Yangi tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga)

Tourist SIM+

42 000

Xotirjam 40

40 000

 

3.      Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.

4.      Yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda, «Xotirjam 40» TR bo‘yicha MB va SMS to‘plamlarining hisoblanishi to‘liq hajmda beriladi.

5.      Abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda «Tourist SIM+» bo‘yicha foydalanilmagan MB va SMS o‘tkaziladi va 1 kalendar oylik muddatga qo‘shiladi.

6. «Tourist SIM+» TRdan «Xotirjam 40» TRga o‘tkazilgan abonent xorijiy fuqarolarda, JSHSHIR mavjud bo‘lmaganda «Light Rouming», «Business Rouming» xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun abonent, xorijiy fuqaro pasporti va JSHSHIR bilan Mobiuz shaxsiy ofisiga murojaat qilishi kerak.


Ro'yxatga qaytish