Biz ijtimoiy tarmoqlarda
“Omad Plus” tarif rejasidagi o‘zgartirishlar

Hurmatli abonentlar! 

25.09.2023y. dan “Omad Plus” tarif rejasida, tarifga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlari kattalashtirildi: O‘zbekiston bo‘yicha 1600 daqiqa (kuniga 53 daqiqa), 1600 MB + 00:00 dan 08:00 gacha 1600 MB (kuniga 53 MB + 00:00 dan 08:00 gacha 53 MB). 

Tarif doirasidagi SMS to‘plam oyiga 160 SMS (kuniga 5 SMS) tashkil qiladi. 

Abonent to‘lovi oshirildi va oyiga 16 000 so‘mni (har kunlik yechib olishga o‘tilganda kuniga 800 so‘m) tashkil qiladi. 

16 000 so‘m/oyiga (800 so‘m/kuniga) miqdoridagi abonent to‘lovini yechib olish, hamda o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda daqiqa, MB, SMS to‘plamlarini hisoblash – navbatdagi abonent to‘lovini (oylik/kunlik) yechib olish sanasidan amalga oshiriladi.

Ro'yxatga qaytish