Biz ijtimoiy tarmoqlarda
"Gap Yo‘q Mini" tarif rejasidagi o‘zgartirishlar

Hurmatli abonentlar!

20.10.2023y. dan “Gap Yo‘q Mini” tarif rejasida, tarifga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlari kattalashtiriladi: O‘zbekiston bo‘yicha barcha tarmoqlarga Cheksiz daqiqalar, oyiga 7 500 MB (kuniga 250 MB) + Telegram messenjeriga cheksiz kirish imkoniyati.

Shuningdek, tarifga oyiga 1 000 SMS (kuniga 34 SMS) hajmidagi SMS-to‘plam qo‘shiladi.

Abonent to‘lovi oshiriladi va oyiga 25 000 so‘mni (har kunlik yechib olishga o‘tilganda kuniga 1 250 so‘m) tashkil qiladi.

25 000 so‘m/oyiga (1 250 so‘m/kuniga) miqdoridagi abonent to‘lovini yechib olish, hamda o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda MB to‘plamlarini hisoblash – navbatdagi abonent to‘lovini (oylik/kunlik) yechib olish sanasidan amalga oshiriladi.

Ro'yxatga qaytish