Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Omad Plus» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi

Hurmatli abonentlar! 

24.11.2023y. dan «Omad Plus» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.

 

Izohlar: 

1. «Omad Plus» tarif rejasidagi abonentlar 10.11.2023y. dan 23.11.2023y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida, xuddi shunday «Mobi 16» tarif rejasiga (USSD-buyruq *111*116# chaqiriq) yoki o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga mustaqil ravishda o‘tishlari mumkin.

«Omad Plus» tarif rejasidan o‘tishning narxi - 0 so‘m.

Tarifni tanlash

 

2. Abonent boshqa tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 24.11.2023y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:

 

Arxivdagi tarif

Arxivdagi tarifning abonent to‘lovi (oyiga)

Yangi tarifga o‘tkazish

Yangi tarifning abonent to‘lovi (oyiga)

Omad Plus

16 000

Mobi 16

16 000

 

3. Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.      

4. Yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda, daqiqalar, MB va SMS to‘plamlarining hisonlanishi to‘liq hajmda beriladi.

5. Abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqalar, MB va SMS o‘tkaziladi va 1 kalendar oylik muddatga qo‘shiladi.

Ro'yxatga qaytish