Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Oʻzbekistonda ilk bora – Mobiuz'dan VoWiFi texnologiyasi!

Hurmatli abonentlar! 

Mobiuz 2023-yilning oktabr oyida, ICTWEEK 2023 koʻrgazmasi doirasida, VoWiFi texnologiyasining sinov tariqasida ishga tushirilishini namoyish qildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi arafasida biz sinash yakunlanganligini va tez orada xizmat tijoriy tartibda ishga tushirilishini e'lon qilamiz! 

VoWiFi oʻzi nima? 

VoWiFi (Voice over Wi Fi) — bu Wi-Fi-routerdan tayanch stansiyasi sifatda foydalanib, WiFi tarmoq orqali qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va SMS yuborish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya boʻlib, Mobiuz xizmatlaridan qulay tarzda foydalanish uchun ishonchli va barqaror signalni ta'minlaydi. 

Bunda xizmatlarning tariflanishi, xuddi mobil tarmoqdagi kabi boʻladi. 

Xizmatni bepul ulash mumkin boʻladi. 

Biz tez orada xizmatdan foydalanish haqidagi batafsil ma'lumotni va ulanish usullarini joylashtiramiz!   

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Ro‘yxatga qaytish