Hurmatli abonentlar!
Sizga yangi – VoWiFi texnologiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud ekanligini, ma’lum qilishdan mamnunmiz!
VoWiFi (Voice over Wi Fi) — bu Wi Fi routerdan tayanch stansiyasi sifatida foydalanib, WiFi-tarmoq orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabarlarni yuborishga imkon beruvchi texnologiya.
Bunda xizmatlarning tariflanishi, xuddi Mobiuz tarmog‘idagi kabi bo‘ladi.
Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida va *181# USSD-buyrug‘i yordamida, bepul ulash mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun uni mobil telefonning sozlamalarida faollashtirish kerak (texnologiya qurilmangiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holatda). Xizmat ishlashi uchun abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan WiFi tarmoqning amal qilish hududida, hamda Mobiuz mobil tarmog‘ining amal qilish hududida bo‘lishi kerak.
Xizmat haqida batafsil ma’lumot havola bo‘yicha.



