Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«MobiDRIVE» aksiyasi doirasida sovrin o‘ynalishining birinchi bosqichi

Hurmatli abonentlar!

11.09.2024y. sanasida, kompaniyaning rasmiy sahifalaridagi jonli efirda, «MobiDRIVE» aksiyasi doirasida sovrinning o‘ynalishi o‘tkazilgan va aksiya birinchi bosqichining g‘olibi aniqlangan edi.

G‘olib abonentning aksiyada ishtirok etish shartlariga mos kelmasligi, ya’ni aynan abonentning SIM-kartasi g‘olibni aniqlash paytida bloklangan bo‘lgani, aniqlangani munosabati bilan birinchi sovrin o‘ynalishining natijalari haqiqiy emas deb tan olindi va bekor qilindi.

Birinchi bosqichning natijalarini takroriy ravishda aniqlash 19.09.2024y. soat 15:20 da, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MSJ, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-bino manzili bo‘yicha Mobiuz ICTWEEK 2024 ko‘rgazma maydonchasida o‘tkaziladi.

Siz g‘olibni aniqlash jarayonini, Instagram va YouTube rasmiy sahifalaridagi jonli efirda ham kuzatib borishingiz mumkin.

Ro'yxatga qaytish