Hurmatli abonentlar!
24.02.2026-yildan boshlab «Veteran» tarif rejasida abonentlarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.
Izohlar:
1. 24.02.2026 gacha (shu jumladan) «Veteran» tarif rejasidagi abonentlar o‘zlari mustaqil ravishda o‘tish uchun mavjud bo‘lgan istalgan amaldagi tarif rejasiga o‘tishlari mumkin.
«Veteran» tarif rejasidan o‘tish narxi - 0 so‘m.
2. Agar abonent boshqa tarif rejasiga mustaqil ravishda o‘tishni amalga oshirmasa, 24.02.2026 dan Operator abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, tarif rejasini bir tomonlama tartibda quyidagi jadvalga muvofiq o‘zgartirish huquqiga ega:
|
Arxiv tarif |
O‘tkaziladigan tariff rejasi |
|---|---|
| Veteran | S |
3. Tarif rejasi kompaniya tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilgan taqdirda, «S» tarif rejasining abonent to‘lovi bo‘yicha doimiy asosda 100% chegirma taqdim etiladi.
4. Yangi tarif rejasiga o‘tkazilganda, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda taqdim etiladi.5. Yangi tarif rejasiga o‘tkazilganda, foydalanilmagan daqiqalar 1 kalendar oy muddatga ko‘chiriladi va jamlanadi.



