«odnoklassniki.ru sayti uchun Okʼlar xaridi» xizmatining vaqtincha to‘xtatilishi
Hurmatli abonentlar!
Texnik sabablarga ko‘ra «Lux Content» MChJ tomonidan taqdim etiladigan «odnoklassniki.ru sayti uchun Okʼlar xaridi» kontent-xizmatining 8385 (SMS), 1315 (SMS), 7375 (SMS) qisqa raqamlarida 2026-yil 30-iyungacha vaqtincha to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.
Ko‘rsatilgan muddatgacha mazkur xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun rahmat.



