Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz Toshkent metrosi tunnellarida aloqa va internetni ishga tushirdi

Endi Mobiuz abonentlari nafaqat stansiyalarda, balki Toshkent metropolitenining butun yo‘nalishi bo‘ylab, jumladan tunnellarda ham aloqada bo‘lishlari mumkin.

2023-yil mart oyida Mobiuz metrodagi barcha stansiyalarda ovozli aloqa va mobil internetni ta’minlagan edi. Loyihaning yangi bosqichi qamrovni kengaytirdi: signal endi poyezd stansiyalar orasida harakatlanayotgan paytda ham barqaror saqlanadi.

Bu shuni anglatadiki, yo‘lovchilar:

  • uzilishlarsiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin;
  • messenjerlardan foydalanishlari mumkin;
  • butun safar davomida onlayn qolishlari mumkin.

Mobiuz innovatsiyalar yordamida kelajakka yo‘l ochmoqda, odamlarni bog‘lab, aloqada qolish, rivojlanish va raqamli servislaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Metro tunnellari — bu yo‘ldagi yana bir qadam.

Toshkent metropoliteni tarixi haqida bu yerda o‘qing


Ro‘yxatga qaytish