my.gov.uz davlat xizmatlari portalida raqamni onlayn qayta rasmiylashtirish
Hurmatli abonentlar!
Davlat xizmatlari portali my.gov.uz’da endilikda raqam egasini onlayn o‘zgartirish xizmati mavjudligini maʼlum qilamiz.
Endi xizmat ko‘rsatish ofislariga bormasdan turib raqam egasini onlayn tarzda o‘zgartirishingiz mumkin. Buning uchun portalda ariza qoldirish kifoya, shundan so‘ng jarayon masofadan turib amalga oshiriladi.
Yangi servis qulaylikni oshirish va vaqtingizni tejashga qaratilgan bo‘lib, xizmatdan tez va oson foydalanish imkonini ta’minlaydi.
Raqam egasini o‘zgartirish uchun Davlat xizmatlari portali my.gov.uz’da «Telefon raqamini rasmiylashtirish» xizmatidan foydalaning.