Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Kunlik abonent to‘lovi yechib olinishi bekor qilinadi

2026-yil 1-avgustdan boshlab tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi faqat to‘liq bir oylik abonent to‘lovi miqdorida yechib olinishini ma’lum qilamiz.

Agar 1-avgust holatiga ko‘ra sizda kunlik abonent to‘lovi yechib olinayotgan bo‘lsa va balansingizda to‘liq oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqamingiz bloklanadi hamda kunlik daqiqalar, MB va SMS hajmlari taqdim etilmaydi.

Raqamni qayta faollashtirish uchun balansni bir oylik to‘liq abonent to‘lovi miqdorigacha to‘ldirish zarur.
Ro‘yxatga qaytish