Hurmatli abonentlar!
«Raqamni Mobiuz tarmog‘iga ko‘chirish» xizmati bo‘yicha aksiya muddati 2026-yil 31-dekabrgacha (shu jumladan) uzaytirilayotganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
O‘zbekistondagi istalgan mobil aloqa operatoridan raqamni Mobiuz tarmog‘iga ko‘chirib, «Xotirjam 100», «Orzu 110», «Orzu 150» yoki «Mobi 150 Yillik» tarif rejalaridan biriga ulanganda, raqamni ko‘chirish xizmati bepul taqdim etiladi.
Siz faqat tanlangan tarif uchun to‘lov qilasiz.
Shartnoma bekor qilingan yoki Mobiuz tarmog‘iga o‘tilgan sanadan boshlab 12 oy tugamasdan abonent raqami boshqa operatorga ko‘chirilgan taqdirda, MNP xizmati uchun 70 000 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.