Hurmatli abonentlar!
Toshkent viloyatida yashovchi abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida Mobiuz kompaniyasi quyidagi manzilda yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisini ochmoqda: Toshkent viloyati, Bekobod shahar, O‘zbekiston MFY, Sirdaryo ko‘chasi, 630-uy (mo‘ljal: Bekobod shahri dehqon bozori).
Ofisning ish vaqti: dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha, tushlik vaqti — 13:00 dan 14:00 gacha. Shanba va yakshanba — dam olish kunlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiy bayram kunlari bundan mustasno.
Ofislarning to‘liq ro‘yxati va ularning ish tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.