«Jozibali 30, Chilla Lite+, Mobi 16, Gap yo‘q mini» tarif rejalarida abonentlarga xizmat ko‘rsatishdagi o‘zgarishlar
Hurmatli abonentlar!
2026-yil 26-yanvardan boshlab «Jozibali 30, Chilla Lite+, Mobi 16, Gap yo‘q mini» tarif rejalarida abonentlarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Izohlar:
1. 2026-yil 09-yanvardan 2026-yil 26-yanvargacha (shu jumladan) «Jozibali 30, Chilla Lite+, Mobi 16» tarif rejalaridagi abonentlar mustaqil ravishda muqobil «Jozibali 35» tarif rejasiga (USSD-buyruq *111*121#) yoki o‘tish uchun mavjud bo‘lgan istalgan amaldagi tarifga o‘tishlari mumkin.
«Jozibali 30, Chilla Lite+, Mobi 16» tarif rejalaridan o‘tish narxi — 0 so‘m.
2. 2026-yil 09-yanvardan 2026-yil 26-yanvargacha (shu jumladan) «Gap yo‘q mini» tarif rejasidagi abonentlar mustaqil ravishda muqobil «Mobi 20» tarif rejasiga (USSD-buyruq 111120#) yoki o‘tish uchun mavjud bo‘lgan istalgan amaldagi tarifga o‘tishlari mumkin.
«Gap yo‘q mini» tarif rejasidan o‘tish narxi — 0 so‘m.
3. Agar abonent boshqa tarif rejasiga mustaqil ravishda o‘tishni amalga oshirmasa, 2026-yil 26-yanvardan boshlab Operator abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq tarif rejasini bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:
|
Arxiv tarif |
Arxiv tarifning oylik abonent to‘lovi |
Yangi tarifga |
Yangi tarifning oylik abonent to‘lovi |
|
Jozibali 30 |
45 000 |
Jozibali 35 |
45 000 |
|
Chilla Lite+ |
45 000 |
Jozibali 35 |
45 000 |
|
Mobi 16 |
45 000 |
Jozibali 35 |
45 000 |
|
Gap yo‘q mini |
45 000 |
Mobi 20 |
45 000 |
4. Tarif rejasi kompaniya tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilgan taqdirda, yangi tarif rejasining birinchi oyi uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.
5. Yangi tarif rejasiga o‘tilganda, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda taqdim etiladi.
6. Yangi tarif rejasiga o‘tilganda, foydalanilmagan daqiqa, MB va SMSʼlar 1 kalendar oy muddatga ko‘chiriladi va jamlanadi.



