Hurmatli abonentlar!
Andijon viloyatida 7 ta yangi tayanch stansiya ishga tushirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Shuningdek, ikki ta amaldagi maydonda Easy Macro uskunalari almashtirildi. Ishlar quyidagi hududlarda amalga oshirildi:
- Andijon shahar — Yangi Turmush MFY, Birlashgan MFY;
- Baliqchi tumani — Adolat MFY, Yangi O‘zbekiston MFY;
- Buloqboshi tumani — Qumariq MFY;
- Jalaquduq tumani — Olmazor MFY, Tuyalas MFY;
- Paxtaobod tumani — Yuqori MFY;
- Xo‘jaobod tumani — Mustahkam MFY;
- Asaka tumani — Yuqori Buz MFY, Do‘rmon MFY.



