MobiWin aksiyasi 2025-yil 20-avgustdan 2025-yil 20-noyabrgacha (shu jumladan) mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar orasida amal qiladi.
AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Aksiyada quyidagi talablarga javob beradigan jismoniy shaxslar – Abonentlar ishtirok etishi mumkin:
-
Abonent O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan) chet el fuqarosi/yashash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs hisoblanadi;
-
Abonent – mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan, oldindan to‘lov tizimiga ega jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasi foydalanuvchisi;
-
Abonent shartnomasi Aksiya o‘tkaziladigan davrda ham, g‘oliblar aniqlanadigan vaqtda ham amal qilishi kerak;
-
Abonentning SIM-kartasi Aksiya o‘tkaziladigan davrda ham, g‘oliblar aniqlanadigan vaqtda ham faol (bloklanmagan) bo‘lishi kerak;
-
Aksiyada mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan asosiy raqam foydalanuvchi-abonentlari ishtirok etadi.
Quyidagilar Aksiya doirasida ishtirok eta olmaydi va mukofotga da’vo qila olmaydi:
-
Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
-
16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
Jismoniy shaxslar, aksiya o‘tkaziladigan davrda mehnat munosabatlarida bo‘lgan “UMS” MCHJ xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar hamda opa-singillar, turmush o‘rtog‘i, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, shuningdek turmush o‘rtoqlarning ota-onalari, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari);
-
“UMS” MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzgan jismoniy shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
-
“UMS” MCHJning vakolatli dilerlari, ularning xodimlari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar);
-
Abonentlar — yuridik shaxslar va "Tourist SIM" tarif rejasiga ulangan abonentlar.
ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulanish hamda mobil ilovada Aksiya qoidalarida nazarda tutilgan aloqa xizmatlarini faollashtirish bo‘yicha amallarni bajargan abonentga sovrinlar o‘yinida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Aksiya davrida tarmoqqa yangi ulanish bo‘yicha imkoniyatlar faqat abonent mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgach hisobga olinadi.
Bajarilgan amallar qancha ko‘p bo‘lsa, imkoniyatlar ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
|
Amallar |
Beriladigan imkoniyatlar soni |
|---|---|
|
Mobil ilovada birinchi ro‘yxatdan o‘tish |
2 |
|
Aksiya davrida (aksiyada ishtirok etadigan) jismoniy shaxslar uchun tarif rejalariga ulanish |
2 |
| Mobil ilova orqali o‘z raqamingiz yoki boshqa Mobiuz abonenti raqami balansini har to‘liq 20 000 so‘mga to‘ldirish * |
5 |
|
Mobil ilovada «Restart»ni faollashtirish |
2 |
|
Mobil ilovada 100 000 MB internet-to‘plamini ulash |
2 |
|
Mobil ilova orqali har to‘liq 20 000 so‘mga balansni to‘ldirish |
5 |
|
Mobil ilovada 50 000 MB internet-to‘plamini ulash |
1 |
|
Mobil ilovada bank kartasini birinchi marta bog‘lash |
1 |
* O‘zgarishlardan oldin olingan barcha imkoniyatlar, aksiya shartlari bajarilgan taqdirda, abonentda saqlanib qoladi.
Zarur amallardan birini bajargandan so‘ng abonent mobil ilovada 30 kun amal qiladigan 1000 MB bonus to‘plamini ulashi mumkin. Abonent uni aksiya davri davomida faqat bir marta ulashi mumkin.
Muhim! Aksiya ishtirokchisi bo‘lish va imkoniyatlarni to‘plash uchun mobil ilovada shartlarni qabul qilib, ishtirok etishga rozilikni tasdiqlash zarur. Imkoniyatlar aksiya ishtirokchisining roziligi tasdiqlangandan keyingina hisoblanadi.
-
Aksiya doirasida tarmoqqa ulanish bo‘yicha berilgan imkoniyat aksiya davrida tarif rejasini aksiyada ishtirok etadigan tarifga o‘zgartirgan taqdirda ham saqlanadi;
-
Aksiya davrida tarif rejasi aksiyada ishtirok etmaydigan tarif rejasiga o‘zgartirilsa, imkoniyat bekor qilinadi va qayta tiklanmaydi;
-
Shartnoma bekor qilinganda imkoniyatlar ham bekor qilinadi;
-
Raqam egasi o‘zgartirilsa yoki shartnoma bekor qilingandan so‘ng raqam tiklansa, ilgari abonent raqamiga biriktirilgan imkoniyatlar bekor qilinadi;
-
Aksiya davrida ulangan raqam egasi o‘zgartirilsa yoki raqam tiklansa, imkoniyat bekor qilinadi va qayta tiklanmaydi;
-
Imkoniyatlarni boshqa foydalanuvchi/abonentga o‘tkazish mumkin emas;
-
Abonent balansni to‘ldirib, evaziga olgan imkoniyat(lar) uchun mablag‘lar qaytarilmaydi va aloqa xizmatlariga sarflanishi lozim;
-
1000 MB bonus to‘plami "Mobiuz 8 yil" va "Tourist SIM" tarif rejalarida mavjud emas;
-
Bajarilgan amallar uchun imkoniyatlar mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan asosiy raqamga biriktiriladi;
-
Agar mobil ilovaga bir nechta raqam ulangan bo‘lsa, faqat bitta (asosiy) raqam verifikatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, «MobiWin» aksiyasida ham faqat asosiy raqam ishtirok etishi mumkin;
-
2025-yil 30-oktabrdan boshlab mobil ilova orqali har to‘liq 20 000 so‘mga balansni to‘ldirganda 5 ta imkoniyat beriladi. Abonent tomonidan 2025-yil 30-oktabrgacha olingan barcha imkoniyatlar o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.
AKSIYA SOVRIN JAMG‘ARMASI
|
Aksiyaning sovrin jamg‘armasi |
|||
|
Bosqich |
Sovrin |
G‘oliblar soni |
Ishtirok etuvchi imkoniyatlar (ID) |
|
1 bosqich |
HP Probook 450 G10 noutbuklari |
10 |
20.08.2025 dan 20.09.2025 gacha (shu jumladan) olingan imkoniyatlar |
|
2 bosqich |
Iphone 16 Pro Max smartfonlari |
15 |
20.08.2025 dan 20.10.2025 gacha (shu jumladan) olingan imkoniyatlar |
|
3 bosqich |
10 000 000 so‘m miqdoridagi pul sovrinlari |
20 |
20.08.2025 dan 20.11.2025 gacha (shu jumladan) olingan imkoniyatlar |
|
4 bosqich |
Bosh sovrin — BYD SONG PLUS Champion avtomobili |
1 |
Aksiyaning to‘liq davrida 20.08.2025 dan 20.11.2025 gacha (shu jumladan) olingan imkoniyatlar |
G‘OLIBLARNI ANIQLASH
G‘oliblarni aniqlash 4 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich – 2025 yil sentabrda;
2-bosqich – 2025 yil oktabrda;
3-bosqich – 2025 yil noyabrda;
4-bosqich – 2025 yil dekabrda.
-
G‘oliblarni aniqlash sanasi, vaqti va o‘tkazilish joyi Kompaniya tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Marosimlarning o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida ma’lumot Aksiya ishtirokchilariga qo‘shimcha ravishda rasmiy veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish va/yoki SMS-xabarnoma orqali yetkaziladi;
-
Abonentlar o‘yin o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida kamida 3 kun oldin rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot e’lon qilish orqali xabardor qilinadi;
-
ID ko‘rsatilishi mobil ilovada abonentlar uchun mavjud bo‘ladi. ID-kod — 7 ta raqamdan iborat noyob son. ID-kodlar ketma-ket tarzda 0000001 raqamidan boshlab beriladi;
-
G‘oliblarni aniqlash aksiya shartlarini bajargan ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasida onlayn tasodifiy raqamlar generatori yordamida amalga oshiriladi;
-
Bosqichlardan birida g‘olib chiqqan abonent raqamiga tegishli ishtirokchi ID kodi aksiya shartlariga muvofiq bo‘lsa, keyingi o‘yinlarda ham ishtirok etishi mumkin;
-
G‘oliblarni aniqlash jarayoni randomaizer yordamida jonli efirda o‘tkaziladi;
-
Aksiyaning bosh sovrini o‘yinini o‘tkazish jarayonini Mustaqil komissiya nazorat qiladi. Mustaqil komissiyaning vazifalariga aksiyaning g‘oliblarini aniqlash jarayonida ishtirok etish, shuningdek ushbu jarayonning shaffof amalga oshirilishini kuzatish kiradi. Aksiyaning g‘oliblarini aniqlash jarayonining shaffofligiga doir faktlar va/yoki shubhalar yuzaga kelgan taqdirda, Mustaqil komissiya a’zolari jarayonni to‘xtatib turish va shaffoflikni buzayotgan sabab hamda holatlar bartaraf etilgach, uni qayta boshlashni talab qilish huquqiga ega;
-
Kompaniya g‘olib aniqlangan kundan 5 (besh) ish kuni ichida Aksiya g‘olibi bo‘lgan abonentni telefon qo‘ng‘irog‘i va SMS-xabarnoma orqali xabardor qiladi;
-
Sovrinlarni topshirish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
SOVRINNI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYI VA SHARTLARI
1. Aksiya g‘olibi aksiya yakunlari chiqarilgan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida sovrinni rasmiylashtirish uchun zarur barcha hujjatlarni (7-bandga qarang) taqdim etishi shart;
2. Kompaniya sovrin hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida sovrinni Aksiya g‘olibiga topshirishni o‘z zimmasiga oladi;
3. Sovrinni olishga faqat Aksiya g‘olibi bo‘lgan, yutgan ID kodi biriktirilgan abonent raqami uning nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxs da’vo qilishi mumkin;
4. Pul sovrinlari G‘oliblarga naqd pulsiz shaklda, G‘olibning bank hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish orqali, to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlar ushlab qolingan holda beriladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq pul sovrinidan ushlab qolinadi;
5. Moddiy sovrinlar (smartfonlar va noutbuklar) pul yoki boshqa har qanday ekvivalentda berilmaydi;
G‘olib – moddiy sovrin egasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lash majburiyatini oladi.
“UMS” MChJ Aksiya sovrin jamg‘armasida nazarda tutilmagan soliqlar va yig‘imlarni o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi;
6. G‘oliblar “UMS” MChJning shaxsiy ofislariga murojaat qilib sovrinlarni olishlari mumkin
Agar G‘olib belgilangan muddatlarda (1-bandga qarang) sovrinni olish maqsadida “UMS” MChJʼning shaxsiy ofislariga murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni berishni rad etish huquqiga ega
Bunday holda Kompaniya sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;
7. Sovrinni olishdan avval G‘olib shaxsan “UMS” MChJning shaxsiy ofisiga murojaat qilib quyidagilarni taqdim etishi kerak:
-
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportining asl nusxasi;
-
STIR, JSHSHIR;
-
G‘olibning bank rekvizitlari ko‘rsatilgan va G‘olibning bank hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazishga rozilikni o‘z ichiga olgan imzolangan tilxat (pul sovrini bo‘lgan holatda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qolishga rozilik) yoki moddiy sovrin bo‘lgan holatda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashga rozilik, shuningdek Kompaniya xodimlari bilan qarindoshlik aloqalari yo‘qligi to‘g‘risidagi bayonot va foto hamda video suratga olishga rozilik;
-
Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasida tuzilgan abonent shartnomasi.
8. Agar sovringa da’vogar (Aksiya g‘olibi)ning “UMS” MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar yoki “UMS” MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi aniqlansa, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgani ma’lum bo‘lsa, sovrin berilmaydi;
9. Agar Aksiya doirasida sovrin topshirilgandan so‘ng sovringa da’vogar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgani aniqlansa, Kompaniya sovrin qiymatini sud tartibida undirish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
10. Kompaniya quyidagi hollarda Aksiya g‘olibining natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi:
-
G‘olibning Aksiya shartlariga mos kelmasligi aniqlansa;
-
7-bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmaslik yoki rad etish;
-
7-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarda G‘olib tomonidan yolg‘on ma’lumot taqdim etilgani haqida ma’lumot aniqlansa.
11. Agar Aksiya natijalari bekor qilinsa, Kompaniya sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;
12. Agar Aksiya g‘olibi Toshkent shahrida istiqomat qilmasa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi bilan bog‘liq xarajatlarni (Toshkentga borish va qaytish yo‘l haqi, mehmonxonada joylashish, ovqatlanish va boshqalar), shuningdek sovrinni g‘olibning yashash manziliga yoki boshqa manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z zimmasiga olmaydi;
13. Sovrinni rasmiylashtirish yoki olish jarayonida G‘olib sovrin va Abonentning shaxsiy ma’lumotlari to‘liq ko‘rsatilgan, ushbu jarayon bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlarni imzolash majburiyatini oladi. Aksiya g‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki sovrinlarni olish uchun talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etish, shuningdek boshqa huquqiy ahamiyatga ega harakatlarni bajarishdan bosh tortishi, g‘olibning sovrinni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi;
14. Pul sovrinini rasmiylashtirish yoki olish jarayonida G‘olib kompaniyaning rasmiy sahifalarida foydalanish va e’lon qilish uchun sovrinni olish jarayonining foto va video tasvirga olinishi bo‘yicha o‘z roziligini beradi;
15. UMS MChJ YHXBB organlarida mulk huquqini rasmiylashtirish, notarial rasmiylashtirish xarajatlari hamda soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi;
16. “UMS” MChJ pul mablag‘lari va sovrinlarni naqd shaklda to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi;
17. Agar Aksiya g‘oliblari sovrinni olishdan har qanday sababga ko‘ra voz kechsa yoki uni talab qilmasa, Kompaniya talab qilinmagan sovrinlarni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;
18. “UMS” MChJ ushbu Qoidalarning barcha talab va shartlarini G‘olib bajarmagan taqdirda, unga sovrin berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
19. “UMS” MChJ quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi:
-
ishtirokchilarning mobi.uz saytida joylashtirilgan yutgan ID haqida ma’lumot bilan tanisha olmasligi;
-
g‘olibning sovrinli ID kodi biriktirilgan abonent raqamiga qo‘ng‘iroq va/yoki SMS-xabarnoma yuborish vaqtida bloklangan holatda bo‘lishi;
-
sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlarni ishtirokchilarning o‘z aybi yoki boshqa sabablar tufayli olmasligi yoki o‘z vaqtida olmasligi;
-
Aksiyada ishtirokchilar tomonidan sovrinlarni olish qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik (yoki o‘z vaqtida bajarmaslik);
-
Agar Aksiya g‘oliblari sovrinlarni talab qilmasa yoki ulardan voz kechsa;
-
G‘oliblarga sovrinlarni topshirish majburiyatlarini uchinchi shaxslar aybi va/yoki fors-major holatlari sababli bajarib bo‘lmasligi.
20. Bosh sovrin g‘olibi avtomobilni olgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida avtomobil kuzoviga qo‘yilgan MOBIUZ savdo belgisi va logotipini yoki boshqa har qanday brendlash belgilarini olib tashlamaslik majburiyatini oladi.
IZOHLAR
-
Aksiyada ishtirok etib, o‘zining shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan ishtirokchi Kompaniyaga uning shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy yo‘nalishdagi saytlar orqali reklama xabarlari yuborish huquqini va roziligini (ruxsatini) beradi. Bu xabarlar taqiqlanmagan har qanday shaklda — qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishida — ishtirokchilardan qo‘shimcha rozilik olmasdan va buning uchun ularga hech qanday haq to‘lamasdan yuborilishi mumkin;
-
Aksiya ishtirokchilari ushbu Hujjatda belgilangan muddatlarda Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq barcha amallarni bajarishlari shart;
-
“UMS” MChJ Aksiya g‘oliblarini aniqlashni o‘tkazishi va ularga ushbu Qoidalarga muvofiq belgilangan shartlar va muddatlarda sovrinlarni taqdim etishi shart.
-
“UMS” MChJ ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari holatlarda Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqa o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
-
Aksiyada ishtirok etgan holda, ishtirokchi Aksiya ta’riflari, muddatlari, shartlari va izohlarini, shuningdek sovrinlarni olish tartibini to‘liq o‘rganganini va ularga rozi ekanini tasdiqlaydi.
-
“UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotni rasmiy mobi.uz saytida joylashtirish majburiyatini oladi.
-
Agar Aksiya muddatidan oldin to‘xtatilsa, “UMS” MChJ rasmiy mobi.uz saytida tegishli xabarni e’lon qilish majburiyatini oladi.
FAQ – Tez-tez so‘raladigan savollar
Aksiyada kim ishtirok etishi mumkin?
Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalari foydalanuvchilari.
Yutuqlar o‘yinida ishtirok etish (noyob ID olish) uchun nima qilish kerak?
Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish va kerakli amallarni bajarish zarur.
Agar men yangi abonent bo‘lsam, tarmoqqa ulanayotganim uchun ham imkoniyatga ega bo‘lamanmi?
Agar siz aksiya o‘tkazilish davrida Mobiuz abonentiga aylangan bo‘lsangiz, unda ilovada ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga avtomatik tarzda 2 ta imkoniyat – ulanish uchun va 2 ta imkoniyat – ilovada ilk ro‘yxatdan o‘tganingiz uchun beriladi.
1 000 MB bonusni qanday olish mumkin?
Aksiya shartlaridan birini bajarganingizdan so‘ng, mobil ilovada 1 000 MB bonus to‘plami mavjud bo‘ladi. Uni aksiya o‘tkazilish davri davomida bir marta faollashtirishingiz mumkin.
Bir nechta sovrin yutishim mumkinmi?
Ishtirokchining g‘olib chiqqan bosqichlardan birida yutgan abonent raqamiga tegishli ID keyingi bosqichlardagi yutuqli o‘yinlarda ham, aksiya shartlariga mos bo‘lsa, ishtirok etishda davom etishi mumkin.
Yutuqli o‘yin qanday tarzda o‘tkaziladi?
G‘oliblarni aniqlash Kompaniyaning rasmiy sahifalarida jonli efirda, aksiyada ishtirok etish shartlarini bajargan ishtirokchilarning ID kodlari orasida tasodifiy sonlar generatori yordamida amalga oshiriladi. Tadbir o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida Aksiya ishtirokchilariga qo‘shimcha ravishda, sayt va ijtimoiy tarmoqlarda axborot joylashtirish yoki SMS-xabarnoma yuborish orqali ma’lum qilinadi.
Aksiya g‘olibi bo‘lgan yoki bo‘lmaganimni qanday tekshirishim mumkin?
Kompaniya g‘olib deb topilgan abonentni g‘olib aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi. Shuningdek, SMS-xabarnoma yuboriladi. Har bir bosqich natijalari kompaniyaning rasmiy veb-sayti mobi.uz da e’lon qilinadi.
Aksiya qachongacha amal qiladi?
Aksiya 2025-yil 20-avgustdan 2025-yil 20-noyabrgacha (shu jumladan) amal qiladi.
Aksiyada ishtirok etish imkoniyatini (noyob ID) faqat aksiya amal qilish davrida olish mumkin.



