Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«MAZALI YANGI YIL» aksiyasi

O‘tkazilish davri: 2025-yil 20-noyabrdan 2026-yil 5-yanvargacha, shu jumladan.

Aksiya jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan va Mobiuz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar uchun mo‘ljallangan.

AKSIYA ISHTIROKCHILARI UCHUN TALABLAR:

Aksiyada ishtirok etish huquqiga quyidagi talablarga javob beruvchi jismoniy shaxs – abonentlar ega:

  • Abonent O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi (ya’ni yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan) chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak;

  • Abonent oldindan to‘lov tizimiga ega jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasi foydalanuvchisi bo‘lishi lozim;

  • Abonentning shartnomasi Aksiya o‘tkazish davrida va g‘oliblarni aniqlash vaqtida amal qiladi;

  • Abonentning SIM-kartasi aksiyani o‘tkazish davrida hamda g‘oliblarni aniqlash paytida faol (bloklanmagan) bo‘lishi kerak.

Aksiyada ishtirok etish va sovrin olish huquqiga ega bo‘lmaydilar:

  • O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • 16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • Aksiya davrida «UMS» MChJʼda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar hamda opa-singillar, turmush o‘rtoqlar, farzandlar, shu jumladan asrab olinganlar, shuningdek turmush o‘rtoqlarning ota-onalari, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari);

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJʼning vakolatli dilerlari, ularning xodimlari (dilerlar, diler vakillari, operatorlar);

  • «Tourist SIM» tarif rejasidagi abonentlar;

  • Abonentlar – yuridik shaxslar.

AKSIYA SHARTLARI:

Abonent quyidagi amallarni bajargani uchun sovrin o‘yinida ishtirok etish imkonini beruvchi bitta imkoniyatga ega bo‘ladi:

1 ta imkoniyat — Aksiya davomida «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga ulanganlik uchun;

1 ta imkoniyat — Mobiuz mobil ilovasi orqali o‘z raqamini yoki boshqa Mobiuz abonentining raqamini har to‘liq 30 000 so‘mga to‘ldirgani uchun;

Qancha ko‘p amal bajarilsa — shuncha ko‘p imkoniyat to‘planadi.

To‘plangan imkoniyatlar sonini tekshirish Mobiuz mobil ilovasida mavjud.

  • Aksiya doirasida «Mazza Yangi Yil» tarif rejasiga ulangan abonent, aksiya davomida boshqa tarif rejasiga o‘tganda ham ushbu ulanish uchun berilgan imkoniyatni saqlab qoladi;

  • Shartnoma bekor qilinganda barcha imkoniyatlar bekor qilinadi;

  • Raqamni qayta rasmiylashtirish yoki tiklash amalga oshirilgan taqdirda, ilgari berilgan imkoniyatlar bekor qilinadi va tiklanmaydi;

  • To‘plangan imkoniyatlarni boshqa foydalanuvchiga o‘tkazish mumkin emas;

  • Abonent balansini to‘ldirish uchun ishlatgan va buning evaziga imkoniyat olgan mablag‘lar qaytarilmaydi hamda ular aloqa xizmatlariga sarflanishi kerak;

  • Amalga oshirilgan amallar uchun berilgan imkoniyatlar mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan asosiy raqamga biriktiriladi.

2026-yil 5-yanvardan so‘ng har bir to‘plangan imkoniyatga 6 raqamdan iborat noyob raqam – ID-kod biriktiriladi.

Har bir ishtirokchiga tegishli ID-kodlarning umumiy miqdori aksiya davomida to‘plangan barcha imkoniyatlar soniga teng bo‘ladi.

Abonent o‘zining noyob ID-kodlarini *10# USSD-buyrug‘i orqali bilib olishi mumkin.

Ishtirokchilar uchun noyob ID-kodlarni tekshirish davri haqida qo‘shimcha ravishda SMS-xabar orqali ma’lum qilinadi.

SOVRIN — TOSHKENT SHAHRIDAGI RESTORANDA YULDUZ (XONANDA SHOHRUHXON) BILAN KECHKI OVQAT!

Barcha to‘plangan ID-kodlar Toshkent shahridagi restoranda yulduz (xonanda Shohruhxon) bilan kechki ovqat o‘yinida ishtirok etadi!

Aksiya g‘olibi kechki ovqatga o‘zi bilan bir hamroh shaxsni taklif qilishi mumkin.

G‘OLIBNI ANIQLASH:

  • Aksiya g‘olibini aniqlash 2026-yil yanvar oyida o‘tkaziladi;

  • O‘yinni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida Aksiya ishtirokchilariga qo‘shimcha ravishda sayt va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot joylashtirish hamda/yoki SMS xabarnoma yuborish orqali xabar beriladi;

  • Aksiya g‘olibini aniqlash sanasi, vaqti va joyi Kompaniya tomonidan o‘zgartirilishi mumkin;

  • G‘olibni aniqlash jarayoni aksiya shartlarini bajargan ishtirokchilarning ID-kodlari orasida onlayn tasodifiy raqamlar generatori yordamida amalga oshiriladi;

  • G‘oliblarni aniqlash jarayoni jonli efirda randomayzer yordamida o‘tkaziladi;

  • Sovrinni o‘ynash jarayonini Mustaqil komissiya kuzatadi;

  • Mustaqil komissiyaning vazifalariga aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonida ishtirok etish hamda ushbu jarayonning shaffof bajarilishini nazorat qilish kiradi. Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonining shaffof emasligiga oid holatlar yoki shubhalar aniqlangan taqdirda, Mustaqil komissiya jarayonni to‘xtatib turish va shaffoflikni buzuvchi sabablar bartaraf etilgach, uni qayta tiklashni talab qilish huquqiga ega;

  • Kompaniya Aksiya g‘olibi bo‘lgan abonentni g‘olib aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi.

YULDUZ BILAN KECHKI OVQATDA G‘OLIBNING ISHTIROK ETISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYI VA SHARTLARI:

1. Kompaniya yutuq o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida Toshkent shahridagi restoranlardan birida yulduz bilan kechki ovqatni tashkil etishni zimmasiga oladi;

2. Yulduz bilan kechki ovqat o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida aksiya g‘olibiga oldindan xabar beriladi;

3. Kechki ovqatda ishtirok etishdan avval aksiya g‘olibi quyidagilarni taqdim etishi lozim:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nusxasi;

  • Kompaniya xodimlari bilan qarindoshlik aloqalari mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlar hamda foto va video tasvirga olishga rozilik;

  • Abonent (Aksiya g‘olibi) bilan «UMS» MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi.

4. Aksiya g‘olibining zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan va/yoki huquqiy ahamiyatga ega boshqa harakatlarni, jumladan, talab etilgan hujjatlarni topshirishdan bosh tortishi g‘olibning yulduz bilan kechki ovqatda ishtirok etishdan voz kechishi deb hisoblanadi;

5. Yulduz bilan kechki ovqat xarajatlarini to‘lash «UMS» MChJ tomonidan amalga oshiriladi;

6. Agar aksiya g‘olibi Toshkent shahrida yashamasa, «UMS» MChJ g‘olibning Toshkentga kelishi bilan bog‘liq xarajatlarni (Toshkentga borish va qaytish yo‘l haqi, mehmonxona joylashuvi va boshqalar) qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi;

7. Aksiya g‘olibi bo‘lgan shaxsning «UMS» MChJ xodimlari yoki ushbu kompaniya bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshlik aloqalari mavjudligi aniqlangan taqdirda, shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgan hollarda yulduz bilan kechki ovqat o‘tkazilmaydi;

8. Kompaniya quyidagi holatlarda aksiya natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi:

  • G‘olibning aksiya shartlariga mos kelmasligi aniqlanganda;

  • Ushbu Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki topshirishdan bosh tortgan holatda;

  • Ushbu Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarda g‘olib tomonidan yolg‘on ma’lumot taqdim etilgani aniqlangan taqdirda.

9. Aksiya g‘oliblari sovrinni olishdan bosh tortgan yoki uni belgilangan muddatda talab qilmagan taqdirda, Kompaniya sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;

10. Aksiya natijalari bekor qilingan taqdirda, Kompaniya sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;

11. «UMS» MChJ yulduz bilan kechki ovqat qiymatiga teng miqdorda pul mablag‘ini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi;

12. «UMS» MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan barcha talab va shartlar bajarilmagan taqdirda g‘olibga sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

13. «UMS» MChJ quyidagilarga javobgar emas:

  • mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘olibning yutgan ID-kodi haqidagi ma’lumot bilan ishtirokchilarning tanishish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda mobi.uz;

  • sovrin ID-kodi biriktirilgan abonent raqami aksiyaga oid qo‘ng‘iroq va/yoki SMS xabarnoma yuborish vaqtida bloklangan holatda bo‘lgan taqdirda;

  • sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra olmasligi yoki kechikib olgan holatlarda;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan sovrinni olish qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik (yoki o‘z vaqtida bajarmaslik) holatida;

  • g‘olib ishtirokidagi kechki ovqatni tashkil etish bo‘yicha majburiyatlarni uchinchi shaxslarning harakatlari yoki fors-major holatlar tufayli bajarib bo‘lmasligi holatida.

IZOHLAR

  • Aksiyada ishtirok etgan va o‘zining shaxsiy hamda aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan ishtirokchi Kompaniyaga o‘z shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga reklama xabarlarini yuborish huquqini va roziligini beradi. Bunday xabarlar har qanday qonun bilan taqiqlanmagan shaklda — qo‘ng‘iroq, foto, video yoki matnli xabar tarzida yuborilishi mumkin, bunda ishtirokchidan qo‘shimcha rozilik olinmaydi va u bunga hech qanday mukofot olmaydi;

  • Aksiya ishtirokchilari ushbu Hujjatda belgilangan muddatlarda Aksiyada ishtirok etish va sovrinni olish bilan bog‘liq barcha harakatlarni bajarishlari shart;

  • «UMS» MChJ Aksiya g‘oliblarini aniqlashni hamda ushbu Qoidalarga muvofiq belgilangan tartib va muddatlarda sovrinni taqdim etishni ta’minlashi shart;

  • "UMS" MChJ Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari bundan mustasno;

  • Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi Aksiyaning Ta’riflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek sovrinni olish tartibi bilan to‘liq tanishganini va ularga roziligini tasdiqlaydi.

  • «UMS» MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, «UMS» MChJ tegishli ma’lumotni rasmiy mobi.uz veb-saytida joylashtirish majburiyatini oladi;

  • Aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda, «UMS» MChJ bu haqida rasmiy mobi.uz veb-saytida tegishli e’lon joylashtiradi.

Ro‘yxatga qaytish