eSIM o‘zi nima?

eSIM – abonent aniqlanishi va uning abonentlik qurilmasiga (keyingi o‘rinlarda «Qurilma») Mobiuz uyali aloqa tarmog‘iga kirishni ta'minlashga yordam beruvchi, smartfon ichiga o‘rnatilgan abonentlik moduli.

eSIMdan foydalanish imkoniyati jismoniy va yuridik shaxslarga, ularda eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmaning mavjud bo‘lishi sharti bilan taqdim etiladi.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Xizmatdan foydalanish uchun yangi abonent- jismoniy shaxs, Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Kompaniya shaxsiy ofisiga murojaat qilishi kerak.

Shuningdek, amaldagi Mobiuz abonentlari ham ularda mavjud bo‘lgan standart turdagi SIM-kartani Kompaniya ofislariga shaxsan tashrif buyurgan holda eSIMga almashtirishlari mumkin. Buning uchun abonent o‘zi bilan eSIMdan foydalanishni rejalashtirayotgan eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishi zarur. eSIMga almashtirilgan standart (avvalgi) SIM-karta ishlashdan to‘xtaydi.

  • Yuridik shaxslar (yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar) xizmatdan foydalanish uchun Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomani tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami bilan Kompaniya shaxsiy ofisiga murojaat qilishlari kerak :

  • Ulanish uchun arizaning asl nusxasi (Mobiuz namunaviy blanki yoki tashkilot xos ish blankasida);

  • Ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi Guvohnoma nusxasi (Guvohnoma);

  • Qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi Guvohnoma nusxasi;

  • Korxona rahbari yoki ishonchli shaxs (rahbar pasportining nusxasi bo‘lishi shart) pasportining asl nusxasi;

  • Vakolatli vakil nomiga Ishonchnoma.

Tashkilotning vakolatli vakili o‘zi bilan abonent eSIMdan foydalanishni rejalashtirayotgan, eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmani olib kelishi kerak.

eSIMga ulanish narxi qancha?

Ulanish narxi (butun Respublika bo‘yicha): 20 000 so‘m. Xizmat narxi shartnoma tuzish paytidagi dastlabki bo‘nak to‘loviga kiradi, raqamning yangi egasi tomonidan to‘lanadi.

Agar raqamning yangi egasi ulanish uchun haqni to‘lamasa, raqam boshlang‘ich bloklashdan chiqmaydi; mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi.

«Muhim! Dastlabki bo‘nak to‘lovi va «eSIM taqdim qilish» xizmati uchun haq abonent shaxsiy hisobiga QR-kodni skaner qilishdan oldin o‘tkazilishi kerak. Xodimga 100% to‘lov kelib tushmaguncha QR- kodni berib yuborish taqiqilanadi!»

SIM-kartani eSIMga almashtirishning narxi - 20 000 so‘m.

SIM-kartani eSIMga almashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Kompaniya ofisiga kelish kerak.

SIM-karta faqat Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan abonentning shaxsan o‘zi murojaat qilganda almashtiriladi .

Izoh:

Diqqat! eSIM profilining QR-kodi abonent shaxsiy ma'lumotlarini himoyalash maqsadida - bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan takroran foydalanish imkoniyati mavjud emas.

SIM-kartani almashtirish uchun Kompaniya ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelish kerak bo‘ladi.

SIM-karta faqat Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan abonentning shaxsan o‘zi murojaat qilganda almashtiriladi.

Agar abonent yuridik shaxs bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish rasmiy xat asosida amalga oshiriladi. Agar abonent nomidan uning qonuniy vakili murojaat qilsa, SIM-karta ishonch bildiruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda berilgan muayyan huquqlar va xatti-harakatlar ta’riflangan ishonchnoma asosida almashtiriladi. Bunday hollarda ishonchli vakil ishonchnomaning asl nusxasi bilan birga o‘z pasportini ham taqdim etishi kerak.

eSIMda «Raqamni tiklash» xizmatining narxi - 41 000 so‘m

(Raqamni tiklash+ eSIM narxi)

eSIMdagi raqamni tiklash uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Kompaniya ofisiga kelish kerak bo‘ladi.

Raqam faqat Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan abonentning shaxsan o‘zi murojaat qilganda tiklanadi.

«Raqamni tiklash» xizmatining narxi - 21000 so‘m.

«eSIMga ulanish» xizmatining narxi - 20000 so‘m.

Izoh:

«Raqamni tiklash» xizmati abonent bilan yangi Shartnoma tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Abonentning ushbu xizmatdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga vakolati yo‘q.

«Raqamni tiklash» xizmatidan faqat abonentlik raqami shartnomaning oxirgi bekor qilinishigacha nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan abonent foydalanishi mumkin. Raqamni tiklash faqat abonent raqami abonentlik shartnomasini bekor qilish paytigacha tegishli bo‘lgan shaxs nomiga amalga oshiriladi. Raqamni tiklash shaxs tomonidan ishonchli vakiliga berilgan notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishonchnomada abonentlik raqami va xizmatning nomi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.

eSIM bilan «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmatining narxi :

1. Abonent raqamni yangi egasining nomiga rasmiylashtirish maqsadida murojaat qilgan holatda, raqam oldin eSIMda ulanganligi va abonent avval profil yuklab olingan qurilmani ishlatishi sharti bilan «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmatining narxi – 21000 so‘mga teng bo‘ladi;

2. Abonent raqamni yangi egasining nomiga rasmiylashtirish maqsadida murojaat qilganda va abonent eSIM profilini boshqa qurilmaga yuklab olishni xohlasa, «SIM-kartani almashtirish» xizmati yordamida yangisiga almashtirish (profil bir martalik bo‘lgani va amal qilmasligi sababli (eSIMdan eSIMga qayta rasmiylashtirilganda), yangi eSIM profili yuklab olinadi).

Abonent tomonidan: «Raqam egasini o‘zgartirish» - 21 000 so‘m, shuningdek «SIM-kartani almashtirish» - 20000 so‘m xizmatlari uchun haq to‘lanadi.

Izoh:

Raqamni qayta rasmiylashtirish amaldagi va yangi abonentlarning (yoki amaldagi abonent- jismoniy shaxs tomonidan,Ishonchnomaga ega bo‘lgan vakili ) shaxsiy ishtirokida amalga oshiriladi. Abonentlar pasportning asl nusxasi bilan tashrif buyurishlari kerak.

Raqam egasini o‘zgartirish arizasi berilgan paytdan boshlab 10 kalendar kuni davomida Kompaniya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ko‘p beriladigan savollar

еSIM o‘zi nima?

eSIM ham SIM-karta, biroq u smartfon ichiga o‘rnatilgan va shu bilan birga oddiy SIM-karta kabi barcha vaziflarni bajaradi - mobil aloqa va internet bilan ta’minlaydi.

eSIM profili nima?

eSIM profili – QR-kod orqali yuklab olinadigan, raqam uchun tarif sozlamalaridir.

Bitta QR-kod bir nechta qurilmalarda ishlashi mumkinmi?

QR-kod bir martalik noyob eSIM profilidir va uni takroran ishlatish imkoniyati mavjud emas. Mazkur cheklash abonent shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadlari bilan bog‘liq va undan uchinchi shaxslar tomonidan firibgarlik maqasdlarida takroran foydalanishga imkon bermaydi.

eSIMga nechta raqam ulash mumkin?

Bitta qurilmada eSIMga 5 tagacha raqam (profil) ulash mumkin . eSIM uchun profillar soni qurilma modeliga bog‘liq (qurilma xususiyatlarini tekshiring yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing).

Oddiy SIM-kartadan nimasi bilan farq qiladi?

eSIM smartfon ichiga o‘rnatilgani sababli uni chiqarish, buzish yoki yo‘qotib qo‘yish mumkin emas. Bitta eSIMga 5 tagacha raqam (profil) o‘rnatish mumkin. Istalgan paytda, smartfon sozlamalari orqali 5 ta raqamdan qaysi biri faol bo‘lishini tanlash mumkin.

eSIM ulanganda IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi?

Ha. Ulanishdan oldin mobil qurilma IMEI-kodining holatini tekshirib ko‘rish kerak. Batafsil ma’lumot: https://mobi.uz/ru/support/imei/#

eSIM mobil qurilmasining IMEI-kodini qanaday qilib ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

1. Tizim operatorining saytida (www.uzimei.uz);

2. SMS-xabar va USSD so‘rov orqali (*1170#);

3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (www.my.gov.uz)

4. UZIMEI tizimi operatorida;

5. Pochta aloqa bo‘linmalarida.

Batafsil ma'lumot: https://mobi.uz/ru/support/imei/#

eSIMdan foydalanish uchun jismoniy SIM-karta ham bo‘lishi shartmi?

eSIM — bu mustaqil modul va smartfonda SIM-karta bo‘lishi shart emas.

SIM-karta uchun mavjud bo‘lgan barcha mobil aloqa xizmatlari eSIMda ham qo‘llab-quvvatlanadimi?

Ha. еSIM SIM-karta o‘rnini to‘liqligicha bosa oladi va mobil aloqa xizmatlarining barchasini qo‘llab-quvvatlaydi.

eSIMda himoya mavjudmi?

eSIM smartfonni bloklash bilan himoyalangan. Qurilma yo‘qotib qo‘yilganda yoki o‘g‘irlanganda, telefon yomon niyatli insonlar raqamga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Mening qurilmam eSIMni qo‘llab-quvvatlaydimi?

Sizning smartfoningiz eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashini bilish uchun qurilma xususiyatlarini tekshiring yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

eSIMni qo‘llab-quvvatlaydigan ommabop qurilmalar ro‘yxati :

Apple

iOS 12.1 yoki undan yangiroq versiyalardagi iPhone XS, XS Max, XR, 11, 11 Pro, 11 Pro Max, SE 2020, 12, 12 mini, 12 Pro, 12 Pro Max;

iOS 12.1 yoki undan yangiroq versiyalardagi iPad Air 3, iPad Pro 3, iPad Mini 5 ;

Istisnolar: Xitoy, Makao va Gonkogdagi SIM-karta uchun ikkita slotli iPhone XS, XS Max va XR.

Apple Watch bilan eSIM hozircha ishlamaydi.

Samsung

Samsung Galaxy S20, S20+, Note 20, Note 20 Ultra, S20 Ultra, S21 5G, S21+ 5G, S21 Ultra 5G, Fold, Z Flip, Z Fold2;

Huawei

Huawei P40, P40 Pro;

Motorola Razr 5G.

eSIMni aqlli-soatlarga o‘rnatish mumkinmi?

Hozirgi kunda Mobiuz ofislarida eSIMdagi raqamlarni aqlli-soatlarga ulash imkoniyati mavjud emas.

Mobiuz ofislarida eSIMdagi raqamlarni faqat eSIM texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanishi ishlab chiqaruvchi tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan smartfonlarga ulash mumkin (Sizning qurilmangiz eSIMni qo‘llab-quvvatlashini bilib olish uchun qurilma xususiyatlarini tekshiring yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing).

eSIMni qanday ulash mumkin?

eSIMni ulash uchun Siz Mobiuz ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz kerak. Raqam, tarif tanlanadi va to‘lov amalga oshiriladi. Operator QR-kodni skaner qilish orqali tarif sozlamalarini o‘z ichiga olgan raqamni (profil) qurilmangizga yuklab beradi. Bundan keyin eSIM smartfoningizga ulangan bo‘ladi.

eSIMni masofadan turib ulash mumkinmi?

Mazkur bosqichda jarayon sinov tariqasida olib borilmoqda va eSIMni ulash bo‘yicha barcha ishlar MOBIUZ shaxsiy ofislarida o‘tkazilmoqda. Bu birinchi bosqich. Keyinroq biz abonentlarga eSIMni masofadan turib ulash imkoniyatini taqdim qilish masalasini albatta ko‘rib chiqamiz.

eSIMga o‘tishning narxi qancha?

eSIMga bitta raqamni (profil) ulashning narxi – 20 000 so‘m.

Nima uchun oddiy SIM-kartalardan farqli ravishda eSIMga ulanish pullik?

Bu noyob QR-kodlarni xarid qilish,SIM-kartalardan qimmatroq bo‘lishi bilan izohlanadi.

Nima uchun eSIMni ulash narxi tarifga kiritilmagan?

Barcha amaldagi tariflar eSIM texnologiyasi yoki SIM-kartadan qat’iy nazar bir xil narxga ega. Lekin, shu bilan birga noyob QR-kodlarni xarid qilish,SIM-kartalardan qimmatroq.

eSIM ulashni yuridik shaxsga rasmiylashtirish mumkinmi?

Mobiuz shaxsiy ofislarida eSIMdagi raqamlarni ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga ulash mumkin.

eSIMda Mobiuzning qaysi tariflarini ulash mumkin?

Amalda qilayotgan tarif rejalarining barchasiga ulanish mumkin.

Bir vaqtning o‘zida eSIM va SIM-kartadagi raqamlardan foydalanish mumkinmi?

Ha. Qaysi SIM-kartadan qo‘ng‘iroq qilish, xabarlar yuborish va internetdan foydalanishni tanlash mumkin .

iPhoneda bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartadan foydalanish mumkin.
Bir vaqtda ikkita tarif faol bo‘lishi mumkin. Asosiysi ― jismoniy SIM-kartada, qo‘shimchasi ― eSIMda.

Samsungda bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartadan foydalanish mumkin. Bir vaqtda ikkita tarif faol bo‘lishi mumkin. Asosiysi ― jismoniy SIM-kartada (agar SIM-kartalar uchun joylarga ikkita SIM-karta qo‘yilgan bo‘lsa, faol bo‘ladigan SIM-kartani tanlash kerak, ikkinchisi esa ishlamaydi), qo‘shimchasi ― eSIMda.

eSIM roumingda ishlaydimi?

eSIM,xuddi oddiy SIM-karta kabi,roumingda ishlaydi. Rouming xalqaro rouming xizmatlariga o‘rnatilgan tariflarga muvofiq taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot: https://mobi.uz/ru/roaming/before_trip/

SIM-kartani eSIMga va eSIMni SIM-kartaga almashtirish mumkinmi?

Ha. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilish kerak.

eSIMga o‘tganda SIM-kartada saqlanib kelgan kontaktlar avtomatik ravishda o‘tadimi ?

Yo‘q. SIM-kartada saqlanadigan kontaktlarni oldindan qurilmaga saqlab qo‘yish kerak.

Hozirgi paytda SIM-kartada ishlatilayotgan raqamni eSIMga o‘tkazish mumkinmi?

Ha. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilish kerak.

SIM-kartadan eSIMga o‘tganda mening tarifim saqlanib qoladimi?

Ha. Sizning raqamingiz bo‘yicha barcha tariflar va xizmatlar qoladi.

eSIM ishlashi uchun internet kerakmi?

Yo‘q. eSIM oddiy SIM-karta kabi ishlaydi. Internet faqat eSIMni faollashtirish yoki o‘chirish paytida kerak bo‘ladi.

eSIMdagi raqamni (profil) turli qurilmalarda ishlatish mumkinmi?

Yo‘q. eSIM profilini yuklab olish bir marta, bitta qurilmaga amalga oshiriladi. Profil qurilmadan o‘chirib tashlanganda, eSIMga raqamni (profil) takroran ulash uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilish kerak.

Agar Sizga eSIM raqamini (profil) boshqa qurilmada ishlatish zarur bo‘lsa, eski qurilmada raqamni (profilni) o‘chirib tashlash va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilgan holda, joriy raqamga yangi qurilma uchun yangi eSIM profili bilan buyurtma berish kerak.

Agar men eSIM profilimni adashib o‘chirib yuborgan bo‘lsam, nima qilish kerak?

Agar qurilmadagi eSIM profilingizni tasodifan o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilishingiz kerak. Sizga raqamli yangi QR-kod taqdim qilishadi. Muhim! QR-kod bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan va uni takroran ishlashtishning imkoniyati mavjud emas. Mazkur cheklash abonent shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadlari bilan bog‘liq va undan uchinchi shaxslar tomonidan firibgarlik maqasdlarida takroran foydalanishga imkon bermaydi. eSIMni almashtirish narxi - 20 000 so‘m.

Agar men telefonimni boshqa odamga berib yuborsam mening eSIM profilim nima bo‘ladi?

Agar smartfoningizni boshqa odamga sotayotgan yoki sovg‘a qilayotgan bo‘lsangiz, eSIM profilini o‘chirib tashlash kerak. Aks holda Siz smartfoningizni eSIMdagi mobil raqamingiz bilan birga berib yuborasiz.

Telefon yo‘qotib qo‘yilgan bo‘lsa eSIMni qanday qilib bloklash mumkin? Agar men uzoq vaqt davomida aloqadan foydalanmaslikni rejalashtirayotgan bo‘lsamchi?

eSIM raqamli smartfon yo‘qotib qo‘yilganda ― (+998) 97 130 09 09, 0890 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofislariga murojaat qiling.

Agar eSIMni bir qancha vaqtga o‘chirib qo‘yishni xohlasangiz, buni qurilma sozlamalaridan amalga oshiring.